3.9 .Mashina chok turlari
Tikuv buyumlarini biriktiruvchi asosiy vosita mashinada tikiladigan
ipli choklardir. M ashina choklar vazifasi va joylashishiga ko ‘ra
quyidagilarga boMinadi: birlashtiruvchi choklar, ziy choklar va bezak
choklar.
Birlashtiruvchi choklar
Birlashtiruvchi choklar kiyim detallarini birlashtirishga xizmat
qiladi. Bu choklarda detallar chokning ikki tomonida yotadi, masalan,
orqa, yon, yelka, yeng qirqimlarini birlashtiruvchi choklar.
Biriktirma chok, yorma chok, qo ‘yma chok, bostirma chok,
tutashtirm a chok, q o ‘sh chok va ichki choklar birlashtiruvchi
choklarga kiradi.
40
Birktirma chok (30-rasm, a) kiyim tikishda eng ko‘p uchraydigan
choklardan biri bo‘lib, u yeng qirqimlarini, old va orqa bo‘laklarining
yon qirqimlarini, shim va yubkalaming yon qirqimlarini birlashtirishda
ishlatiladi. Tikilgan chokni yupqalashtirish uchun chokni yorib, yoki
chokni bir tomonga yotqizib dazmollanadi.
Ayollar yengil kiyimi va bolalar kiyimining asosiy detallarini
tikishda biriktirma chokning kengligi 1,0 — 1, 5sm bo‘lishi kerak.
Yorma choklar. (30-rasm, b). Qirqimlari ikki tomonga yotqizilgan
yoki dazmollab qotirilgan biriktirma choklar ikki tom ondan bezak
baxyaqatorlar bilan tikilishi mumkin. Namlab-isitib ishlash qiyin
bo‘lgan gazlam alardan kiyim tikishda, choklarni biriktirish va
puxtalashda, shuningdek yubkalarning old, orqa bo ‘laklarini bezash,
hamda ulashda shunday choklar ishlatiladi. Bunday chok solish uchun
detallami biriktirma chok bilan tikib olib, shu chok ikki tomonga
yoriladi va gazlamaning o ‘ng tom onidan biriktirma chokning ikki
yoniga undan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritib chiqiladi.
O o‘vma choklarning (30-rasm, v) ochiq va berq qirqimli xillari
b o ‘ladi. O chiq qirqim li q o ‘ym a ch o k lar kiyim dagi qotirm ali
detallaming boMaklarini ulash uchun ishlatiladi.
Bunday chokni tikish uchun detaining cheti ikkinchi detaining
chetiga qo'yiladi va qirqimlardan bir xil masofada mashinada biriktirib
tikiladi. Bir detal ikkinchi detal ustiga 0, 6 — 1,0 sm o ‘tib turishi
kerak. Baxyaqator detallarning qirqimidan 0 , 3 “ 0,5 sm ichkaridan
tushiriladi.
Berq qirqimli qo ‘yma choklar to ‘g‘ri va shakldor koketkalarni,
qoplama cho‘ntaklami ulash uchun ishlatiladi. Bunday chokni tikish
uchun bir detaining cheti bezak baxyaqator eniga 1, 0-1,5 sm (engil
kiyimda), 0,5-0,7 sm (ustki kiyimda) qo ‘shilgan masofaga bukib,
ko‘klanadi, dazmollanadi, so‘ngra ikkinchi detaining o ‘ngiga qo‘yib
bostirib ko‘klanadi va modelda ko'zda tutilgan masofada bostirib
baxyaqator yuritiladi. Baxyaqator bilan qirqimlar orasidagi masofa
gazlamaning qalinligiga va titiluvchanligiga qarab olinadi.
Bostirma chok (30-rasm, g) ham , biriktirma choklar kabi, yon,
yelka qirqim larini, kiyim old b o ‘lagi va ort b o 'lag in i, yubka
bo‘laklarini, yenglami va boshqa detallam i ulash uchun ishlatiladi.
41
Ikkita berq qirqimli bostirma chok hosil qilish uchun ikki detal
o ‘ngini ichkariga qilib qo ‘yiladi, qirqimlari tekislanadi va bezak
baxyaqator kengligiga 0,5-1,5 sm qo‘shilgan masofada biriktirib tikiladi.
C h o k q irq im la ri o ld in ikki to m o n g a y o rib , y o tq iz ila d i va
dazmollanadi, so‘ngra qirqimlardan biri boshqa tom onga qayiriladi,
dazm ollab qotiriladi va o ‘ng tom onidan m odelda ko‘rsatilagan
masofada bezak baxyaqator bilan puxtalanadi. Ip gazlama, shoyi,
rezinalangan plashlik va plyonka qoplangan kapron materiallar, tabiiy
va sun’iy charm, zamsha, porolon va boshqa materiallardan tikiladigan
kiyimlaming choklari dazm ollanm asdan bostirib tikiladi.
Bitta berk qirqimli va cheti berk bostirma chok hosil qilish uchun
pastki detal ustki detalga nisbatan bezak chok eniga 0,4-0,7 sm (ustki
kiyimda), 0,7-1,0 sm (engil kiyimda) qo‘shilgan masofada chiqariladi
va ustki detal qirqimidan 0,5 sm ichkaridan tikiladi. So‘ngra detal
ikki tom onga yotqiziladi, chok qirqimlari esa kalta detal tom onga
qayriladi va modelda ko‘zda tutilgan masofada bezak baxyaqator bilan
puxtalanadi.
Tutashtirma chok (30-rasm, d) qotirmalik materiallardan bichilgan
detallam i ulash uchun, shuningdek yupqa chok chiqarish talab
qilingan hollarda bort qotirmasidagi vitachkalami birktirib tikish
uchun ishlatiladi. Bunday chokni tikish uch u n ikki detaining
qirqimlari yupqa gazlama yoki boshqa gazlama bo‘lagi ustiga qo‘yiM i
va qirqimdan 0,5 sm ichkaridan bostirib tikiladi, keyin detallarning
qirqimlari siniq baxyali mashinada ulanadi.
Q o‘sh chok (30-rasm,e) kiyimlar, choyshablar, shuningdek ip
gazlamadan yengil bolalar kiyimini tikishda ishlatiladi. Bunday chok
tikish uchun detallar oldin teskarisini ichkariga qilib qo ‘yiladi va
0,3-0,4 sm ichkaridan biriktirma chok bilan tikiladi, so‘ngra tikilgan
d e tallar ag ‘d arilib , o ‘ngini ichkariga qaratib q o ‘yiladi, chok
to ‘g‘rilanadi ham da d etallar ch etid an 0 ,5 -0 ,7 sm ichkaridan
baxyaqator yuritiladi. Ichki choklar (30-rasm , j) ich kiyimlar,
maxsus kiyimlar va astarsiz kostyumlar tikishda ishlatiladi. Tayyor
chokning eni 0,5-0,7 sm. Bunday chokni tikish uchun ikki detal
o ‘ngini ichkariga qilib q o ‘yiladi, ostki detaining qirqimi tayyor
holdagi chok eniga 0,3-0,5 sm qo‘shilgan masofaga chiqariladi, ostki
42
detaining qirqimi ustiga qayriladi va qirqimdan 0,1-0,2 sm ichkaridan
biriktirib tikiladi. So‘ngra detal ikki tom onga yoyiladi, chok kichik
qirqimni berkitadigan qilib qayriladi va shu qayrilgan chetidan 0,1-
0,2 sm masofada ikkinchi baxyaqator yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |