Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

Fenologik kuzatishlar. 
Tabiatda sodir bo’ladigan fasliy o’zgarishlarni va 
ular bilan bog’liq ravishda o’simlik va hayvonot dunyosini o’zgarishini kuzatish 
geografik bilimlarni oshirishda va ularni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega, 
fenalogik kuzatishlar maktab hovlisida, geograik maydonchalarda olib borilishi 
mumkin. 
Fenalogiya-tabiatdagi mavsumiy hodisalar, ularning boshlanish muddatlari 
va shu muddatlarni belgilovchi sabablar to’g’risidagi bilimlar tizimidir. Fenalogiya
atamasini fanga Belgiyalik botanik SH.Morran 1853 yil kiritgan. 
Fenalogik kuzatishlar quyidagi qismlardan iborat: 


109 
a) yuksak o’simliklarda kurtaklarning bo’rtishi va yozilishi, barg chiqarishi, 
g’unchalash, gullash, urug’ va mevalarning pishib yetilishi, kuzda barglarning 
sarg’ayishi va to’qilishi; 
b) sut emizuvchi hayvonlarni kuzatishda quyidagilarga e’tibor beriladi: 
qishki uyqudan uyg’onishi, juftlashishi, bolalash, mavsumiy tullash va x.k; 
v) qushlarni kuzatishda quyidagilarga e’tibor beriladi: bahorda uchib kelishi, 
in qurishi, tuxum qo’yish, jo’ja ochish, kuzda uchib ketish; 
g) baliqlar quyidagicha kuzatiladi: bahorgi serharakat hayot, uvildiriqlar 
tashlash, mavsumiy ko’chib yurish va x.k. 
Fenalogiya fani quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: umumiy va xususiy 
fenologiyaga bo’linadi. Umumiy fenologiya tabiat taraqqiyotini yil fasllarini bir 
me’yorda almashib turishi bilan bog’liq xoldagi yaxlit xodisa sifatida o’rganiladi.
Xususiy fenologiya fitofenologiya va zoofenologiyaga bo’linadi. 
Tabiatdagi mavsumiy xodisalarning boshlanish muddatlarini belgilab 
beruvchi omillar va qonuniyatlarni ekologik fenologiya o’rganadi. Mazkur omillar 
endogen va ekzogen guruhlarga bo’linadi. Endogen omillar Yerning ichki kuchlari 
bilan bog’liq. Tashqi ekzogen omillarni belgilab iqlim beradi. Masalan, o’simlik 
va hayvonot dunyosini bahorgi uyg’onishini va qishki uyquga ketishini joyning 
issiqlik me’yori belgilab beradi. 
Fenologik – geografik qonuniyatlarni aniqlash uchun fenologik kuzatishlar 
olib boriladi. Fenologik qonuniyatlar asosida qishloq xo’jalik tarmoqlari bo’yicha 
qilinadigan mavsumiy ishlar va tadbirlarni mintaqaviy taqvimi tuziladi. Bunday 
taqvimdan tabiatni muxofaza qilish tadbirlari ishlab chiqishda foydalaniladi. 
Kuzatish metodi o’quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantiradi. Uzoq 
muddatli kuzatishlar katta ahamiyatga ega, uning natijasida o’quvchilar mustaqil 
ravishda tegishli xulosalar qilishi mumkin. 
O’z o’lkasini tabiati va aholisini xo’jalik faoliyatini kuzatish oqibatida
geografiya o’qitish metodikasida o’lkashunoslik tamoilini amalga oshirishga 
imkon beradi. 
Kuzatish boshqa hududlarni dikqat bilan o’rganishga imkon beradi. Masalan, 
jahon tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o’rganishda, materiklar va davlatlarning 
geografik sharoitlari o’quvchilarni o’z yashash joyi sharoiti bilan taqoslashga 
imkon beradi. 
Geografik kuzatishlar o’quvchilarni tabiatdagi voqea va xodisalarni ko’p 
qirrali xususiyatlari bilan tanishtiribgina qolmasdan balki tabiiy geografik va 
iqtisodiy geografik voqea va xodisalarni bir-biri bilan o’zaro bog’liqligini ham 
ochib beradi. 
Geografik voqea va xodisalarni kuzatish muddatlari ham turlicha. Ayrim
xodisalarni (ob-hovo) uzoq muddat kuzatishga to’g’ri keladi, boshqa hodisalarni 
esa qisqa vaqtda kuzatish mumkin (yomg’ir yog’ishi, shamol, chaqmoa boshqalar). 
Dastlab geografik bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradigan voqea va hodisalarni 
kuzatmoq darkor. Ko’p geografik tushunchalarni tegishli kuzatishsiz o’rganib 
bo’lmaydi (ob-havo, iqlim, relyef shakillari, ichki suvlar). 
Geografik kuzatish ko’nikmalarini shakllartirish murakkab vazifalardan 
hisoblanadi va unda quyidagi talablarga javob berish lozim: 


110 
1.O’quvchilarga kuzatishni maqsadi, vazifalari, mazmuni va obyekti haqida
so’zlab berish lozim. Bunda kuzatish dasturini ishlab chiqish katta ahamiyat kasb 
etadi. 
2. O’quvchilarga tegishli asboblar bilan ishlashni o’rgatish lozim (Kompas, 
barometr, flyuger, nivelir va x.k.) 
3. Kuzatish natijalarini aniq qayd etishni o’rganish lozim (daftarga, kuzatish 
jurnaliga) 
4. Kuzatish natijalarini umumlashtirish va qayta ishlash ko’nikmalarini 
shakillantirish. Masalan, o’rtacha sutkalik, oylik va yillik haroratlarni xisoblash, 
daryo oqimini hisoblash; bosim chizmalarini tuzish; korxonani ishlab chiqarish
aloqalari chizmasini tuzish. 
5. O’quvchilarni geografik voqea va xodisalar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni 
aniqlashga o’rgatish. Masalan, iqlimiy sharoit va qishloq xo’jaligi o’rtasidagi 
bog’liqlik. 
6.O’quvchilarni kuzatish ishlariga qiziqish uyg’otish zarur. Buning uchun 
kuzatish ishlarini muntazam nazorat qilib turish zarur. Ularga kuzatish ishlarini 
oldindan aytmaslik kerak. 
Kuzatishning mazmuni xilma-xil bo’lmog’i lozim va sinfdan sinfga o’tgan 
sari murakablashib borishi zarur. Dars jarayonida kuzatish natijalaridan muntazam 
foydalanib borish kerak. 
O’quv yili boshida mavzular bo’yicha kuzatish natijalaridan foydalanish 
rejasini tuzmoq zarur. Geografik voqea va xodisalarni kuzatish malakalari ortishi 
bilan o’quvchilarni mustaqil ish olib borish qobiliyatlari ortib boradi kuzatish 
davomida o’quvchilarni mustaqilligini oshirish tartibi quyidagilardir: 
-o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida kuzatish olib borishadi. Kuzatish 
sinfda, geografiya maydonlarida yoki joylarda olib boriladi. Asosan havo harorati, 
yog’inlar, shamollar quyoshning balandligi kuzatiladi; 
-o’qituvchi bergan reja asosida o’quvchilarni tabiatda va ishlab chiqarishda 
olib boriladigan mustaqil ishlari (meteorologik, gidrologik, fenologik, xo’jalik) 
kuzatish natijalarini o’quvchilar mustaqil ravishda qayta ishlashadi va 
umumlashtiriladi; 
-o’quvchilarni kuzatish ishlari dasturini ishlab chiqishda qatnashishi. Ular 
tomonidan uzoq vaqt kuzatish ishlari olib borilishi va ularni natijalarini 
umumlashtirishi (diagramma, harita, chizmalar tuzish) 
Kuzatish metodlarini takomillashtirishning asosiy yo’li o’quvchilarni 
mustaqilligini oshirishdir. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish