73
O’quv jarayonida o’qituvchining maqsadi bilim berish, o’quvchilarning maqsadi
bilim olishdir. Mazkur maqsadlarga erishish uchun pedagogikada qator o’qitish
metodlari ishlab chiqilgan.
13.1.1.O’qitish metodlarini sinflashtirish
O’qitish metodlari juda ko’p belgilar asosida sinflashtirilgan. Shuning uchun
o’qitish metodlarini sinflashtirishni qator variantlari mavjud.
Dastlab o’qitish metodlarini sinflashtirish
nemis olimi Oberlender
tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur sinflashtirish XX- asrning 30-yillarigacha
foydalanildi.
Oberlender geografiya o’qitish metodlarni qo’yidagicha sinflashtirgan:
-
analitik metodlar.
Avval Yer bir butun obyekt sifatida o’rganiladi, so’ngra
uning ayrim qismlari o’rganiladi. Masalan, «Materiklar va okeanlar tabiiy
geografiyasida avval Yerning umumiy xususiyatlari va qonunyatlari ochib beriladi.
So’ngra alohida materik va okeanlarning tabiiy geografik xususiyatlari o’rganiladi;
-
sintetik metodlar
. Avval alohida joylar o’rganiladi, so’ngra Yer bir butun
o’rganiladi;
-
konstruktiv metodlar
. Bunda o’quvchi harita chizish davomida yer yuzasi
relyefini haqida bilimlarni egallaydi;
-
bog’lovchi metodlar.
Bunday metodlar bilan ishlanganda o’rganilayotgan
xodisalar o’rtasidagi aloqa va bog’liqliklarni o’rganishga katta e’tibor
beriladi;
masalan, balandga chiqqan sari harorat va bosimni pasayishi va x.k.
- guruhlashtiruvchi metodlar
. Bir xil geografik xodisalarni qiyoslashga
asoslangan. Masalan, daryolarning to’yinishi, yog’inlarni taqsimlanishi, sanoatni
ayrim tarmoqlarini joylanishi va h.k.:
Keyinchalik ushbu metodlar boshqa olimlar tomonidan takomillashtira
boshlanadi. D.D. Semenov, E.Yu. Petri, A.S. Sokolov, V.P. Budanov, S.P. Arjanov
tomonidan qayta ishlab chiqildi. S.P. Arjanov geografiya o’qitish
usullariini
quyidagi guruhga bo’ladi: analitik, sintetik, kontsentrik, assotsiyalashtiruvchi,
guruhlashtiruvchi, taqqoslash, tajriba, o’zaro aloqa,
evristik, degmatik, sintetik-
genetik, tajriba- evristik.
Xalq komissariatining 1934 yil 15 may «Geografiyani boshlang’ich va o’rta
maktablarida o’qitish haqida» qaroridan so’ng mavjud o’qitish metodlari qattiq
tanqid ostiga olinadi.
«O’qitish metodi» degan tushunchani yangi mazmuni va mohiyati ishlab
chiqildi. V.G. Erdeli tomonidan geografiya o’qitish metodlarini ikki guruhga
bo’lish tavsiya etiladi:
A) barcha fanlarda qo’llaniladigan metodlar;
B) faqat geografiya fanida qo’llaniladigan metodlar (masalan, harita bilan
ishlash
metodlari).
A.A Polovinkin 1938 yili «Tabiiy geografiya metodikasi» nomli darsliklarda
quyidagi metodlarni ajratadi: og’zaki bayon, harita, diapozitiv; plastilin; darslik va
globus bilan ishlash; ekskursiya va tajriba metodlari. V.P. Budanov 1939 yil
«Tabiiy geografiyani o’qitish metodikasi » nomli kitobida o’qitish metodikasiga
quyidagicha ta’rif beradi: «O’quvchilarni yangi bilim va ko’nikmalarni
74
o’zlashtirishni o’qituvchi tomonidan boshqarilishi». V.P. Budanov quyidagi
metodlarni ajratadi: jonli so’z; darslik bilan ishlash, globus va harita bilan ishlash,
ko’rgazmali, kuzatish va tajriba. XX asrning 50–yillaridan so’ng ushbu muammo
N.N. Baranskiy, A.V.Darineskiy, V.A. Juchkevich, V.A.Korinskaya O.
Mo’minovlar tomonidan rivojlantirildi.
Shuni ta’kidlab
aytish joizki, har doim turli davrlarda o’qitish metodlarini
sinflashtirish bitta yagona qoida asosida olib borildi, ya’ni bilish manbalariga
asosan. Shuning uchun hozirgi davrda geografiya o’qitish metoddikasida
metodlarni bilish manbalariga ko’ra sinflashtirish keng tarqalgan. Suhbat,
ma’ruza, haritalar bilan ishlash,
kuzatish, tajriba, darslik bilan ishlash, statistik
ma’lumotlar bilan ishlash metodlari umumta’lim maktablarida u yoki bu shaklda
keng qo’llanilamoqda. Oxirgi davrlarda o’qitish metodlarini ishlab chiqish
kuchayib ketdi. Geografiya o’qitish metodlarini bilish manbalariga ko’ra
sinflashtirish tanqid ostiga olina boshlandi, chunki ushbu
metodlar asosan tashqi
belgilarga qarab, o’quvchilarni o’quv faoliyatini hisobga olgan holda
sinflashtirilgan.
Endi geografiya o’qitish metodlarini metodologik asosini ko’rib chiqamiz.
Falsafa fanida «metod» tushunchasiga qo’yidagicha ta’rif beriladi; «Borliqni
amaliy va nazariy o’rganish». Ushbu ta’rifni asosan ilmiy va o’quv tomonlari
turlicha, shuning uchun ushbu ta’rifni to’g’ridan to’g’ri o’quv jarayoniga qo’llab
bo’lmaydi, chunki ularni maqsadlari va faoliyat shakllari turlicha. Ammo ularning
umumiy tomonlari ham bor. Ularning eng umumiy tomoni fan ham, o’qitish ham
bilish jarayoni hisoblanadi. Ilmiy bilishda obyekt bo’lib borliq, sub’ekt bo’lib
tadqiqotchi (olim) hisoblanadi. O’qitish jarayonida obyekt bo’lib o’quv
predmetining mazmuni, sub’ekt bo’lib o’quvchilar hisoblanadi. Ikkala sharoitda
ham alohida o’rinni subьektning faoliyati egallaydi. Mana shu narsa o’qitish
metodini falsafiy ta’rifini o’quv jarayoniga qo’llashga imkon beradi.
Endi o’qituvchi bilan o’quvchining maqsadlarini aniqlab olishimiz lozim.
O’qituvchining o’qitish maqsadlari qo’yidagilardan iborat:
- o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni egallashini ta’minlash;
- o’quvchilarni ongini rivojlanishini ta’minlash;
- egallangan bilim va ko’nikmalar asosida o’quvchilarni shakllanishini ta’minlash,
ya’ni ularni tarbiyalash.
O’qitish (o’quvchi)
ning metodi bitta maqsadga yo’naltirilgan, ya’ni
bilim
va
ko’nikmalarni egallash. Demak, o’quvchilarning maqsadi,
o’quvchilarning o’qitish metodining asosini tashkil qiladi. O’qituvchi o’quv
jarayonini boshqaribgina qolmasdan balki mana shu jarayonning ichida bo’lmog’i
lozim, ya’niy o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni egallashida bir paytning o’zida
ham boshqaruvchi ham yordam beruvchi bo’lishi zarur. Bularni barchasi o’qitish
metodlariga qo’yidagicha ta’rif berishga imkon beradi: «
O’qituvchilar
tomonidan o’quv mazmunini o’zlashtirishga imkon beradigan o’qituvchi va
o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatidir
».
Metod doimo o’quv mazmuniga mos kelishi lozim. Maktab geografiyasida
esa geografiya o’qitish metodlari so’zsiz geografiya
fanining bilish metodlariga
mos kelishi kerak. O’qituvchi va o’quvchining faoliyatiga quyidagilar kiradi:
kartografik ma’lumotlar va qo’llanmalar bilan ishlash usullari; kuzatish va tajriba
75
o’tkazish; statistik ma’lumotlar bilan ishlash; turli xil chizmalar bilan ishlash;
iqtisodiy xisob kitoblar. Demak, o’qituvchi va o’quvchining faoliyati o’qitish
metodini tashkil qilar ekan.
Hozirgi vaqtda geografiya ta’limida o’qitish metodlarini qo’yidagicha
sinflashtirish keng tarqalgan:
I.Bilim olishning asosiy manbalariga ko’ra
1.O’qitishning og’zaki usullari;
2.Kartografik qo’llanmalar bilan ishlash;
3.Ko’rgazmali qo’llanmalar bilan ishlash;
4.Kuzatish va tajriba metodlari;
5.Statistik ma’lumotlar bilan ishlash;
6.Darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash;
7.Amaliy metodlar;
8.Zamonaviy axbarot texnologiyalaridan foydalanish;
9.Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
II. Didaktik maqsadlariga ko’ra
1.Yangi bilimlarni o’rganish
2.Bilimlarni mustahkamlash
3.Bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish metodlari
III.Xulosa chiqarish Faoliyatiga ko’ra
1. Analitik
2.Sintetik
3.Induktiv
4.Deduktiv
IV. Fikrlash faoliyati va bilim olish faolligi xususiyati bo’yicha
1.Izoxli ko’rgazmali metod
2.Reproduktiv yoki olingan bilimlarni qayta tiklash metodi
3.Muammoli bayon metodi
4.Muammoli ta’lim metodi
5.Qisman izlanuvchan metodi
6.Izlanuvchan metod
S.T.Shapova lenko barcha usullarni uch guruhga bo’ladi:
1.Og’zaki metodlar
2.Ko’rgazmali metodlar
3.Amaliy metodlar
Bundan tashqari geografiyada yuqoridagi usullarni yana ikki guruhga
bo’lishimiz mumkin:
1.Yangi bilim olish metodlari
2.Olingan bilimlarni qayta tiklash metodlari
Do'stlaringiz bilan baham: