Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

Tayanch so’z va iboralar:
 
Metodologiya, metod, usul, eksperiment, 
pedagogik eksperiment, tajriba, eksperimental-emprik, nazariy tadqiqot 
ddabiyotlar bilan ishlash, statistik- matematik, qiyosiy tahlil, tarixiy, taqqoslash.
 
TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Metodologiya deganda nimani tushunasiz? 
2. Ilmiy-tadqiqot metodlarining vazifasi nimadan iborat? 
3. Tadqiqot metodlari qanday usullarga bo’linadi? 
4. Nazariy metodlarga qaysi usullar kiradi? 
5. Geografiya ta’limining rivojlanishini dastlabki bosqichlarida qanday metodlar 
ko’proq qo’llaniladi? 
6. Statistik-matematik usullarni ahamiyati nimadan iborat? 
7. Tarixiy usul haqida so’zlab bering. 
8. Tizimli tuzilish usullarini qanday hollarda qo’llash mumkin? 
9. Eksperimental-emprik usullar qanday qismlardan iborat ekanligini so’zlab 
bering. 
10. Kuzatish obyektiga nimalar kiradi? 
11. So’rovnoma usuli qanday hollarda qo’llaniladi? 
12. Pedagogik eesperiment haqida so’zlab bering. 
V BOB
. PISA 
TADQIQOTLARI HAQIDA UMUMIY TAVSIFLAR. PISA 
TADQIQOTINI O’TKAZISH VA TASHKIL ETISH METODIASI 
 
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo’lida shiddat bilan rivojlanib 
borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarni ijodiy g’oyalari 
va ijodkorligini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va 
malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg’or xorijiy 

Olingan natijalarni amaliy 
ahamiyatini ko’rsatish 
8.Tadqiqot natijalari o’quvchilar uchun darslik 
bilan 
ishlash 
bo’yicha metodik ko’rsatma 
tayyorlashda qo’llaniladi. 


37 
tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish 
muhim ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 
PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi” doirasida O’zbekistonda ta’lim sifatini baholashda yangicha 
monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga 
asoslangan tizim shakllantirilmoqda.
Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud 
tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishdagi xalqaro va 
xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan 
hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro loyihalarni amalga 
oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini 
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
SHu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 
8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro 
tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori bilan 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat 
qilish davlat inspektsiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro 
tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi. O’z navbatida, “Ta’lim 
sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi”ga 
ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishidagi fanlardan savodxonlik 
darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish hamda joriy 
etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish, ta’lim sifatini baholash sohasida 
xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish 
kabi vazifalar yuklatildi.
SHu bilan bir qatorda, Milliy markaz direktori – Xalqaro tadqiqotlarning 
milliy loyiha menejeri hisoblanib, xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda 
muvofiqlashtirishda O’zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etishi 
belgilab qo’yildi.
Mazkur vazifalarning amaliy ifodasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan 
Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o’rtasida o’quvchilar savodxonligini 
baholash bo’yicha xalqaro dasturda (Agreement for participation programme for 
international student assessment - PISA 2021) ishtirok etish to’g’risidagi 
kelishuvga erishildi.
PISA (Programme for International Student Assessment) – o’quvchilarning 
savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqot dasturi bo’lib, dasturning asosiy 
maqsadi 15 yoshli o’quvchi yoshlarning o’qish, (matnni tushunish), matematika va 
tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajalarini hamda ijodiy fikrlash 
ko’nikmalarini turli xil testlar yordamida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar 
o’quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, egallagan bilimlarini hayotda 
qo’llay olish layoqatiga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni 
shakllantirishga xizmat qiladi.


38 
Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA dasturi mamlakatlarga ta’lim 
tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o’z vaqtida axborot berish, tegishli 
dasturlarning ta’sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, ta’lim siyosati sohasida 
qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlaydi. Ta’lim sifatini baholashga 
yo’naltirilgan PISA xalqaro tadqiqotlar O’zbekiston ta’lim tizimida ilk marta 
o’tkazilayotganligi sababli ularni to’g’ri, samarali va ob’ektiv o’tkazish muhim 
ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 dekabrdagi 
“Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni 
tashkil 
etish 
chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 
997-son 
qarori 
chiqishi 
mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo’lida tez va 
sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan tarixiy voqea bo’ldi.
Qarorga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzurida 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish