Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Modulli ta’lim texnologiyalari fanidan amaliy mashg’ulot taqdimoti



Download 1,66 Mb.
Sana24.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#700620
Bog'liq
modulli texnologiyalar

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Modulli ta’lim texnologiyalari fanidan amaliy mashg’ulot taqdimoti

Bajardi:BT-104 sirtqi bo’lim talabasi Rahmonaliyeva Saodatxon

Mavzu: Masofadan o’qitish texnologiyasi. Masofaviy ta’lim modeli.

Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga an’anaviy tushunchalar qatorida yangi-yangi tushunchalar kirib kelmoqda. Quyida shu tushunchalardan asosiylarini keltirib o’tilgan: Masofaviy ta’lim- masofadan turib o’quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o’qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholiningbarcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko’rsatuvchi ta’lim kompleksidir. Masofaviy o’qitish- eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o’qitish vositalari va formalarini o’z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir.

Masofaviy o’qish- bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalariva texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun qoidalari asosida o’quv shart-sharoitlari va o’qituvchi bilanmuloqotni ta’minlab berib, o’quvchidan ko’proq mustaqil ravishda shug’ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o’qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo’lishiga bog’liq emas.

Demak, masofaviy talimda biz bir vaqtning o’zida bir nechta maruzalarda ishtirok etishimiz ve bir necha loyihalar uchun o’z fikrimizni bildirishimiz mumkin.

Masofaviy ta’lim orqali butun dunyo bo’yicha masofaviy o’qish imkoniga egamiz.

Masofaviy ta’lim modellari.

  • Birlamchi model;
  • Ikkilamchi model;
  • Aralashgan model;
  • Konsortsium;
  • Franchayzing;
  • Validatsiya;
  • Uzoqlashgan auditoriyalar;
  • Proektlar;

Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy o‘quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o‘qituvchiga biriktirilgan bo‘lishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional bo‘limlar bo‘lishi shart. Shunday o‘quv kurslarda o‘qituvchi va o‘quvchilarga o‘quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi.

Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim o‘quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir xil o‘quv dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va ularni baholash mezonlari mavjud. Shunday o‘quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga qaraganda ko‘p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yunalishlarni izlanishlarida qo‘llaniladi.

Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim turlarini integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. O‘quvchilar o‘quv kursning bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan o‘qiydi. Shu bilan birga bu ta’lim turiga virtual seminar, prezentatsiyalar va lektsiyalar utkazish ham kiradi.

Konsortsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashishni talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o‘quv kurslarni tashkil qilib ishini ta’minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga o‘quvchilarni ta’minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet o‘rnida ta’lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o‘quv kurslarni doimiy ravishda nazorat qilish va muallif huquqlarini tekshirish zarur bo‘ladi.

Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan o‘zlari yaratgan o‘quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta’lim sohasida yetakchi bo‘lgan o‘quv muassasa bu sohada ilk qadam quyadigan muassasaga o‘zining o‘quv kurslarni taqdim qiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa o‘quvchilari bir xil ta’lim va diplomlar olishadi. Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan bo‘lgan munosabatlariga o‘xshash. Bu modelda bitta universitet o‘quv o‘, diplomlarlarni kafolatlasa, qolgan bir nechta universitetlar o‘quvchilarni ta’minlaydi.

Uzoqlashgan auditoriyalar. Ushbu modelda informatsion va kommunikatsion imkoniyatlar keng foydalaniladi. Bitta o‘quv muassasada bo‘lib o’tgan o‘quv kurslar videokonferentsiyalar, radiotranslyatsiyalar va telekomunakatsion kanallar orqali sinxron telekursatuvlar ko’rinishida boshqa auditoriyalarga uzatiladi. Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu modelda o‘quvchilar kunduzgi ta’limda qatnashmaydi

Proektlar. Ushbu model davlat yoki ilmiy izlanish maqsadidagi dasturlarni bajarish uchun yaratiladi. Asosiy ish masofaviy ta’lim mutaxassislari va pedagoglar to‘plangan ilmiy-metodik markazga tushadi. Ushbu modelda yaratilgan kurslar aholining katta qismiga namoyish qilinib o‘z vazifasini bajargandan keyin to‘xtatiladi.

Masofaviy ta’limning yutuqlari va kamchiliklari. Metodik yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1.Dars jadvalining qulayligi. O‘quvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan vaqtda o‘quv jarayoniga qatnashishi mumkin. 2. Qulay foydalanish manzillari.O‘quvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish joyida va boshqa joylardan o‘quv jarayoniga qatnashishi mumkin. 3. Qulay o‘qish tempi. Ta’lim, o‘quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida o’tkaziladi.

4. Qulay o‘quv reja. O‘quv rejani talabalarga individual va davlat ta’lim talablariga mos holatda tashkil qilish mumkin. 5. Ma’lumotlar bazasini to‘planishi. Oldingi o‘qigan talabalar bilimlarini to‘plash va undan foydalanish imkoniyati. 6. Ko‘rgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyati. 7. Malakali o‘qituvchilarni tanlab ta’lim jarayoniga jalb qilish.


Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish