Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti mirzayeva farog



Download 449,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.11.2019
Hajmi449,18 Kb.
#26847
1   2   3   4   5
Bog'liq
kasbiy fanlarni oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish


 

 

VENN DIAGRAMMASI 

Venn  diagrammasi  bir-birini  kesadigan  ikki  yoki  undan  ortiq  doiralarda 

qo’llaniladi, ular o’rtasida yozish uchun etarli joy qolishi kerak. U g’oyalarni zidlash 

uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini ko’rsatib berishi kerak.  



17 

 

Grafik  organayzerning  turi,  ahamiyati  va  xususiyatlari:  tizimli  fikrlash, 

solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. 

O’quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi: 

1) o’quvchilar Venn diagrammasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida 

yoki  kichik  guruhlarda  Venn  diagrammasini  tuzadilar  va  kesishmaydigan  joylarni 

to’ldiradilar; 

2)  juftliklarga  birlashadilar,  o’zlarining  diagrammalarini  taqqoslaydilar  va 

to’ldiradilar; 

3)  doiralarni  kesishuvchi  joyida,  ikki-uch  doiralar  uchun  umumiy  bo’lgan, 

ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi. 

 

B-B-B  JADVALI – BILAMAN/ BILMOQCHIMAN/ BILIB OLDIM 

 

Grafik  organayzerning  turi,  ahamiyati  va  xususiyatlari:  mavzu,  matn, 

bo’lim  bo’yicha  izlanuvchilikni  olib  borish  imkonini  beradi.  Tizimli  fikrlash, 

tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. 

O’quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi: 

1)  jadvalni  tuzish  qoidasi  bilan  tanishadilar.  Alohida  yoki  kichik  guruhlarda 

jadvalni rasmiylashtiradilar; 

2)  “Mavzu  bo’yicha  nimalarni  bilasiz?”  va  “Nimani  bilmoqchisiz?”  degan 

savollarga  javob  beradilar  (oldindagi  ish  uchun  yo’naltiruvchi  asos  yaratiladi). 

Jadvalning birinchi va ikkinchi bo’limlarini to’ldiradilar; 

“Kasbiy faoliyat” 

tushunchasi 

Kasb bilan bog’liq 

operatsiyalarni amalga 

oshirishga doir faoliyat 



Pe

d

a

gog

ik

 

fa

ol

iya



k

o’

rin

ish

la

ri

 

“Innovatsion faoliyat” 

tushunchasi 

An’anaviy me’yorlar 

bilan yangi talablarning 

to’qnashuvi natijasida 

yuzaga kelgan faoliyat 


18 

 

3) ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar; 



4) mustaqil yoki kichik guruhlarda jadvalning uchinchi bo’limini to’ldiradilar. 

B-B-B  JADVALI 

Bilaman 

Bilmoqchiman 

Bilib oldim 

 

 

 

 

 

 



1.3.  KEYS-STADI METODI: AFZALLIKLARI VA IMKONIYATLARI 

MASHGULOTNING TUZILISHI 

Mashg’ulot rejasi:  

1. Keys-stadining kelib chiqish tarixi. 

2. Keys-stadi metodining kategorial apparati. 

3. Keys turlari va ularning o’ziga xosliklari. 

4. Keys topshiriqlarini ishlab chiqish qoidalari. 

 

Adabiyotlar: 

1. Golish L.V., Fayzullaeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish 

va rejalashtirish. – T.: TDIU, 2010. 

2. Yo’ldoshev  J.G’.,  Usmonov  S.  Ilg’or  pedagogik  texnologiyalar.  –  T.:  

O’qituvchi, 2004. 

3. Tolipov  O’.Q.,  Usmonboeva  M.  Pedagogik  texnologiya:  nazariya  va 

amaliyot. – T.: Fan, 2005.

 

O’quv  mashg’ulotining  maqsadi:  talabalarda  keys-stadi  metodi  va  uning 

o’ziga  xosliklariga  doir  bilimlarni  tarkib  toptirish  hamda  keys-stadi  metodini 

qo’llashga doir ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish . 



Pedagogik vazifalar: 

-  keys-stadi metodining kelib chiqish tarixini bayon etish; 

- keys-stadi metodining kategorial apparatini aniqlashtirish; 

- keys turlari va ularning qo’llanilish tavsifini izohlash; 



19 

 

- keys topshiriqlarini ishlab chiqish qoidalari bilan aniqlashtirish. 



Ta’lim metodi: ma’ruza, tushuntirsh, videometod. 

Talabalarning o’quv faoliyatini tashkil etish shakli: ommaviy, individual. 

Didaktik vositalar: slayd-prezentatsiya, tarqatma materiallar. 

Ta’limni  tashkil  etish  sharoiti:  maxsus  texnik  vositalar  bilan  jihozlangan 

xona. 


 

MASHG’ULOTGA DOIR TARQATMA MATERIALLAR 

 

 

1-tarqatma material. Keys-stadining kelib chiqish tarixi. 

 

Keys-stadi  inglizcha  sase  –  aniq  vaziyat,  stadi  –  ta’lim  co’zlarining 



birikuvidan  hosil  qilingan  bo’lib,  aniq  vaziyatlarni  o’rganish,  tahlil  etish  va 

ijtimoiy  ahamiyatga  ega  natijalarga  erishishga  asoslangan  ta’lim  metodidir. 

Mazkur  metod  muammoli  ta’lim  metodidan  farqli  ravishda  real  vaziyatlarni 

o’rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o’quv jarayonida 

ma’lum  bir  maqsadga  erishish  yo’li  sifatida  qo’llanilsa,  metod  xarakteriga  ega 

bo’ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm 

asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o’zida aks ettiradi.   

Ushbu  metod  dastlab  1920  yilda  Garvard  biznes  maktabida  qo’llanilgan. 

Garvard  biznes  maktabining  o’qituvchilari  biznes  yo’nalishidagi  aspirantura 

bo’limi  uchun  to’g’ri  keladigan  darsliklarning  mavjud  emasligini  tez  anglaydilar. 

Ushbu  masalani  echish  uchun  biznes  maktabining  o’qituvchilari  tomonidan 

qo’yilgan dastlabki qadam etakchi biznes amaliyotchilaridan interv’yu olish hamda 

mana  shu  menejerlarning  faoliyati,  unga  ta’sir  etuvchi  omillar  yuzasidan  batafsil 

xisobot yozish bo’ldi. Ma’ruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot to’qnash kelgan 

konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa bo’lib 

munozara  tashkil  etish  asosida  uning  echimi  topish  tarzida  taqdim  etilar  edi. 

Keyinchalik keys metodi biznes yo’nalishidagi ta’lim muassasalarida keng targ’ib 


20 

 

etilgan.  Hozirgi  kunda  esa,  kasbiy  kompetentlikni  rivojlantirish  nuqtai  nazaridan 



mazkur metod tarafdorlari ko’payib bormoqda.  

 

2-tarqatma material. Keys-stadi metodining kategorial apparati 



 

Keys-stadi  ta’lim  metodining  kategorial  apparatini  shakllantirish  undan 

foydalanishning  samaradorligini  sezilarli  darajada  oshirish  imkoniyatini  beradi 

hamda  ta’lim  jarayonida  metodning  texnologiyalashtirishga  imkon  beradi.  Keys-

stadi  metodining  asosiy  tushunchalari  qatoriga  “vaziyat”  va  “tahlil”,  ushbu  ikki 

tushunchaning  uyg’unlashuvidan  kelib  chiqqan  “vaziyat  tahlili”  kiradi.  Falsafiy 

nuqtai  nazardan  “vaziyat”  atamasi  o’z  ichiga  bir  qator  kontekstlarni  birlashtiradi. 

Shuning uchun, ushbu atama yuqori darajadagi barqarorsizlik bilan tavsiflanuvchi 

va  o’z  tarkibida  bir  qator  ziddiyatlarga  ega  bo’lgan  muayyan  holat  sifatida 

izohlanishi  mumkin.  Vaziyat  aksariyat  hollarda  o’zgarish  moyilligiga  ega  bo’lib, 

uning  o’zgarishi  ushbu  vaziyatda  ishtirok  etuvchi  sub’ektlarning  faoliyatiga  ko’p 

jihatdan  bog’liq  bo’ladi.  Vaziyat  insonlar  ta’siriga  nisbatan  ochiq  bo’lib, 

insonlarning xatti-harakatlari esa ushbu vaziyatda o’z maqsadlariga erishishlari va 

qiziqishlarini qondirishlariga bog’liq bo’ladi.  

Keys-stadi metodining yana bir bazaviy kategoriyasi bu “tahlil (analiz)”dir. 

Tahlil  etish  kategoriyasi  ob’ektni  xayolan  bo’laklarga  bo’lish  yoki  ilmiy  tadqiq 

etish  sifatida  tushunilishi  mumkin.  Analizning  turli  tasniflari  mavjud  bo’lib, 

umumiy  ma’noda  analiz  tasnifini  quyidagicha  aniqlashtirish  mumkin:  tizimli 

analiz, korrelyatsion analiz, faktorli analiz, statistik analiz va boshqalar. Analizning 

ushbu  barcha  turlari  keys-stadi  metodi  doirasida  qo’llanilishi  mumkin  bo’lib, 

mazkur  holat  metodning  imkoniyatlarini  yanada  kengaytiradi.  Keys-stadida 

vaziyatni  anglash,  tafakkur  qilish  jarayonida  amalga  oshishi  mumkin  bo’lgan  bir 

qator  analitik  faoliyat  turlari  ishtirok  etishi  mumkin.  Bu  esa  o’z  navbatida 

o’qituvchidan yuqori darajadagi metodologik madaniyatni talab etadi. 

 


21 

 

3-tarqatma material. Keys turlari va ularning o’ziga xosliklari 



 

Keys-stadining  muammoli  vaziyatining  determinatsiyasi  asosiy  manbalari 

turlicha tasnifga ega bo’lishi mumkin. Keys-stadini tuzishning amaliyotida asosan 

bir  manbaning  usutunlik  qilishi  kuzatiladi.  Ushbu  yondashuv,  manbalarning 

ta’siriga  ko’ra,  keys-stadi  texnologiyasi  doirasida  keyslarni  tasnifiga  asos  sifatida 

xizmat  qilishi  mumkin.  Bunda  amaliy  keyslarni  ajaratish  mumkin,  ular  mutlaq 

hayotiy  vaziyatlarni  tavsiflaydi;  bundan  tashqari  ta’limiy  keyslar  guruhini  ham 

ajratish  mumkin,  ularning  asosiy  vazifasi  ta’lim  berishdir;  ilmiy-tadqiqotchilik 



keyslari,  tadqiqotchilik  faoliyatini  yuzaga  keltirish  maqsadini  ko’zlovchi  keyslar 

sarasiga kiradi. 

Amaliy keyslarning asosiy vazifasi – hayotiy vaziyatni mukammal darajada 

aks  ettirishdir.  Mohiyatan  ushbu  keyslar  toifasi  vaziyatning  amaliy  modelini 

shakllantiradi. Keys-stadi metodi o’zida ta’limiy funktsiyani mujassam etsada, turli 

keyslarda  ushbu  funktsiyaning  namoyon  bo’lish  darajasi  xilma-xil  bo’ladi. 

Shuning  uchun  ta’limiy  funktsiyasi  etakchilik  qilayotgan  keyslar  hayotni  o’ziga 

xos tarzda  aks ettiradi.  Ayni  shunday  xususiyatlar tadqiqotchilikka doir keyslarga 

ham  xos  bo’lib,  uning  asosiy  mazmunini  insonning  vaziyatga  tegishli  yangi 

ma’lumotga  va  unda  o’zini  tutishning  yangi  usullariga  ega  bo’lish  tashkil  etadi. 

Uning  ta’limiy  funktsiyasi  ilmiy  tadqiqot  ko’nikmalarini  modellashtirish  metodi 

vositasida  egallashdan  iborat  bo’ladi.  Shuning  uchun  bunday  keyslar 

texnologiyasidan  kadrlarga  dastlabki  kasbiy  bilimlarni  berishda  emas,  bevosita 

kadrlar  malakasini  oshirishda,  ya’ni  mukammal  kasbiy  ko’nikma  va  malakalarga 

ega,  tadqiqotchilik  faoliyatiga  tayyor  sub’ektlar  bilan  ishlashda  foydalanish 

maqsadga muvofiq.  

 

 

 



 

22 

 

4-tarqatma material. Keys topshiriqlarini ishlab chiqish qoidalari 



 

Keys-stadi  metodi  o’zida  quyidagi  afzalliklarni  va  boshqa  o’qitish 

metodlaridan ajralib turuvchi jixatlariga ega: 1) u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tizim 

modelining mavjudligi hamda ushbu model holatining muayyan vaqt birligi ichida 

tahlil  etilishi;  2)  muammo  echimini  aniqlashga  jamoaviy  tarzda  erishish. 

Muammoning echimida turli muqobil javoblarning mavjudligi. Yagona echimning 

mantiqan  mavjud  emasligi;  3)  muammo  echimini  izlashda  yagona  maqsadning 

qo’yilishi; 4) Faoliyatni baholashning guruhiy tizimining mavjudligi. 

Har qanday keys quyidagi strukturaga ega bo’ladi: 

  vaziyat– muammo, hayotdan misol; 

  vaziyatning  konteksti  –  xronologik,  tarixiy,  joy  konteksti,  harakat 

ishtirokchilari o’ziga xosliklari; 

  muallif tomonidan keltirilgan izoh; 

  keys-stadi metodi bilan ishlashda topshiriqlar va savollar to’plami; 

  ilova.  

O’quvchilar tomonidan keysni echish bosqichlari: 

Jahon  tajribasi  ko’rsatishicha,  agar  o’quvchilarning  keysni  hal  etish 

texnologiyasi  ikki  bosqichdan  iborat  bo’lsa,  ta’limiy  maqsadlarga  erishishda 

yanada ko’proq samaraga erishish mumkin:  

Birinchi  bosqich  –  keysni  hal  etish  bo’yicha  individual  (auditoriyadan 

tashqari) ish. 

Ikkinchi  bosqich  –  keys  bilan  birgalikda  jamoa  bo’lib  (auditoriyada) 

ishlash. 

Keysni  echish  natijalarini  kichik  guruhlar  tomonidan  taqdimotini 

o’tkazish 

1) real vaziyat echimiga doir o’z variantlarini taqdim etadilar; 



23 

 

2)  tanlangan  harakatlar  yo’lini  izohlaydilar  va  echimning  to’g’riligini 



asoslaydilar; 

3) boshqa guruh a’zolarining savollariga javob beradilar va o’z takliflarini 

asoslaydilar. 

 

1.4.  O’QUV LOYIHASI – KASBIY FANLARNI O’QITISHNING 



SAMARALI METODI SIFATIDA 

MASHGULOTNING TUZILISHI 

Mashg’ulot rejasi:  

1. O’quv loyihasining o’ziga xosliklari. 

2. O’quv loyihasi turlari.  

3. O’quv loyihasi metodini qo’llashning samarali shakllari. 

4. Kasbiy fanlarni o’qitishda o’quv loyihasi metodidan foydalanish yo’llari. 

 

Adabiyotlar: 

1. 


Бухаркина М.Ю. Разработка учебного проекта. – М., 2003. 

2. 


Полат Е.С. Метод проектов. – М., 2001. 

3. 


Ступницкая M.A. Что такое учебный проект. – М., 2010.

 

4. 



Шапиро В.Д. и др. Управление проектами. – СПб.: “Два Три”, 2000. 

O’quv  mashg’ulotining  maqsadi:  talabalarda  o’quv  loyihasi  o’ziga 

xosliklari, turlariga doir bilimlarni tarkib toptirish hamda kasbiy fanlarni o’qitishda 

o’quv  loyihasi  metodidan  foydalanish  yo’llariga  doir  ko’nikma  va  malakalarni 

tarkib toptirish . 



Pedagogik vazifalar: 

-  o’quv loyihasining o’ziga xosliklarini yoritib berish; 

- o’quv loyihasining turlariga izoh berish; 

- o’quv loyihasi metodini qo’llashning samarali shakllarini ajratib ko’rsatish; 

-  kasbiy  fanlarni  o’qitishda  o’quv  loyihasi  metodidan  foydalanish  yo’llarini 

ko’rsatib berish . 



24 

 

Ta’lim metodi: ma’ruza, tushuntirsh, illyustratsiya. 



Talabalarning o’quv faoliyatini tashkil etish shakli: ommaviy, individual. 

Didaktik vositalar: slayd-prezentatsiya, tarqatma materiallar. 

Ta’limni  tashkil  etish  sharoiti:  maxsus  texnik  vositalar  bilan  jihozlangan 

xona. 


 

 

MASHG’ULOTGA DOIR TARQATMA MATERIALLAR 

 

 



1-tarqatma material. Loyihaviy ta’limning asosiy tushunchalari. 

1)  loyiha; 

2)  loyihalashtirish; 

3)  loyihaviy faoliyat; 

4)  o’quv loyihasi; 

5)  o’quv loyihaviy faoliyat;  

6)  loyihaviy ta’lim;   

7)  loyihaviy ta’limning texnologiyasi. 

 

Loyiha (design - dizayn) – ba’zi murakkab  ishlanmalarni yaratish bo’yicha 

hujjatlar  yig’indisi.  Loyiha  (projekt)  –  tushunchasi  kengroq  ifodalanib,  ma’lum 

natija  (loyihaning  beqiyos  mahsuli)ga  ega  maqsadli  faoliyatni  tashkil  etish  uchun 

biror-bir tashkiliy shaklni belgilash uchun foydalaniladi.  



 

“O’quv  loyihasi”  tushunchasi  keng  qamrovga  ega  bo’lib,  quyidagi 

mazmunga ega:  

  muayyan  iste’molchiga  mo’ljallangan,  muammolarni  izlash,  tadqiqot 

qilish  va  echish,  natijani  noyob  (moddiy  yoki  intellektual)  mahsulot  ko’rinishida 

rasmiylashtirishga  qaratilgan  talablarning  mustaqil  o’quv  faoliyatini  tashkil  qilish 

usuli; 

  nazariy  bilimlar  orqali  amaliy  vazifalarni  echishga  qaratilgan  o’quv 



vositalari va qurollari; 

25 

 

rivojlantiruvchi,  ta’lim  va  tarbiya  hamda  bilimlarni  kengaytirish,  chuqurlashtirish 



va malakalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik vosita. 

 

2-tarqatma material. O’quv loyihasi turlari va ularning o’ziga xosliklari  

Loyiha turi 

Loyiha maqsadi 

Loyiha mahsuli 

O’quvchilar

ning 

faoliyat turi 

Shakllantiri-

lishi ko’zda 

tutilgan 

kompetentlik 

Amaliy 


yo’naltirilgan 

Loyiha 


buyrtmachining 

vazifasini amaliy 

hall etish 

Metodik tavsiyalar, 

tadbir stsenariylari, 

stendlar 

Amaliy 

Faoliyatga doir 



Tadqiqotchi-

likka oid  

Qandaydir farazni 

ilgari surish va 

to’g’riligini isbotlash  

Belgilangan usulda 

rasmiy-lashtirilgan  

tadqiqot natijasi 

Mantiqiy, 

fikriy va 

operatsion 

faoliyat 

Fikrlashga doir 

Axboriy 


tavsifga ega 

Biror bir ob’ekt yoki 

hodisa haqidagi 

ma’lumotlarni 

to’plash 

Statistik 

ma’lumotlar, 

ijtimoiy fikrga doir 

so’rov natija-lari, 

biror masala yuzasi-

dan turli mual-

liflarning fikrlarini 

umumlash-tirish 

Axborotlar 

bilan 

ishlashga 



doir 

faoliyayat 

Axboriy 

Ijodiy 


Loyiha muammosiga 

badiiy qiziqishni 

oshirish 

Badiiy asar(she’r, 

hikoya)lar, insho, 

esse 


Ijodiy 

faoliyat 

Kommunikativ 

O’yinli va 

rolli 

Loyiha muammosini 



izlab topish va uning 

hal etishga doir 

vaziyatni taqdim 

etish 


Ishbop o’yin, 

viktorina, blits-

so’rov, ekskursiya 

Guruhiy 


faoliyat 

Kommunikativ 



 

 

3-tarqatma material. O’quv loyihasini amalga oshirish bosqichlari 

26 

 

Loyihai 



bajarish 

bosqichlari 

O’quvchilar 

tomonidan hal 

etiladigan 

muammolar 

O’quvchi 

faoliyati 

O’qituvchi 

faoliyati 

Ta’lim berish 

shakl va 

metodlari 

Izlanishga doir 

loyiha mavzusini 

tanlash; 

loyiha mavzusi               

bo’yicha 

ma’lumotlarni 

to’plash,o’rganish 

tahlil qilish; 

-muammoni 

muhakama qiladi; 

-vazifalarni 

ma’lumotlarni 

aniqlashtiradi va 

tahili qiladi 

-o’quvchilarga 

muammoni 

taklif etadi va 

muhokama 

qiladi; 


 

-muammoli 

suhbat; 


-hikoya; 

-maslahat; 

-mustaqil ish; 

-ekskursiya; 

Konstruktorlik 

-Loyiha vazifalarini 

optimal 

yechimlarini izlash; 

-dizayn talablariga 

ko’ra mahsulot 

variantlarini tanlash; 

-tehnologik va 

konstruktorlik 

hujjatlarini 

tayyorlash. 

-ma’lumotlar 

bilan ishlaydi; 

-tahlil va sintez 

qiladi,g’oyalarni 

baholaydi; 

-grafik ishlarni 

bajaradi; 

-hujjatlar bilan 

ishlaydi. 

-tashkil 

etadi,faollashtira

di,g’oyalarni 

topishga yordam 

beradi; 

-qaror qabul 

qilishga yordam 

beradi. 


 

-suhbat; 

-taxhlil; 

-rolli o’yin; 

-mustaqil ish. 

Texnologik 

-amaliy ish rejasini 

tuzish; 


-rejalashtirilgan 

texnik jarayonlarni 

bajarish; 

-zarur holda 

texnologiyaga 

o’zgartirish kiritish; 

-mahsulot ishlab 

chiqaradi; 

-nazoratni amalga 

oshiradi; 

-mahsulot sifatini 

nazorat qiladi; 

 

 

-moddiy bazani 

ta’minlaydi; 

-o’quvchilar 

faoliyatini 

boshqaradi; 

-maslahat berdi. 

-suhbat; 

-namoyish 

etish; 


-mashq; 

-mustaqil ish; 

-amaliy ish. 

Yakuniy 


-loyiha sifatini, 

loyihani bajarish 

jarayoni va 

natijalarini 

baholash; 

 

-Loyihani 



bajarish 

natijalarini tahili 

qiladi; 

-loyihani himoya 

qiladi; 

 

-loyihani 



muhokama va 

himoya qilish  

jarayonini 

tashkil etadi; 

-tinglaydi; 

-o’quvchilarning 

loyiha ustidagi 

faoliyatlarini 

baholaydi va o’z 

bahosiga izoh 

beradi. 

 

-maslahat, 



(rolli) ishchi 

o’yin; 


-taqdimot. 

 

27 

 

O’QUV LOHIYALARIDAN NAMUNALAR



*

 

1-o’quv loyihasi ishlanmasi. 

Mavzu: O’quvchilarda fuqorolik tarbiyasi va huquqiy tarbiyani 

shakllantirish.                                                                                                

Mundarija: 

1.  Loyiha muallifi. 

2.  Loyiha nomi : “O’quvchilarda fuqorolik tarbiyasi va hyuquqiy tarbiyani 

shakllantirish”. 

3.  Kurs va guruh. 

4.  Loyihaning qiasqacha anotatsiyasi 

5.  Loyiha savolari: 

5.1 Asosiy savol. 

5.2 Muammoli savollar. 

5.3 O’quv savollari. 

6.  Loyihani o’tkazish rejasi. 

7.  O’quv loyihasi tashrif qog’ozi. 

8.  Loyiha mahsulotiga misol. 

Loyiha muallifi: Zokirova Dilnoza 

Loyiha  nomi:  O’quvchilarda  fuqorolik  tarbiyasi  va  huquqiy  tarbiyani 

shakllantirish. 

Kirish qismi:

 

Loyihaning  qisqacha  annotatsiyasi:  Loyihada  konstitutsiyaviy  hujjatlar, 

ilmiy adabiyotlarga tayanib o’quvchilarda fuqorolik tarbiyasi va huquqiy tarbiyani 

shakllantirish borasida, o’tkazilishi mumkin bo’lgan usullar bayon etilgan. 


Download 449,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish