Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika fakulteti


III.1989-YILDA FARGʻONADA QONLI TOʻQNASHUV VA UNING OQIBATLARI



Download 337 Kb.
bet3/5
Sana26.08.2021
Hajmi337 Kb.
#155679
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5224471203233663662

III.1989-YILDA FARGʻONADA QONLI TOʻQNASHUV VA UNING OQIBATLARI.

Rasmiy ma’lumotlarga koʻra, birinchi boʻlib mesxeti turklari mahalliy aholiga sovuq qurol ishlatgan. Hatto militsiya xodimlari mesxeti turklariga murojat qilib “oʻzbeklarga tegmanglar, qoʻyib yuboringlar “ deyishsa ham, ular katta toʻqnashuvni keltirib chiqarishgan. Natijada 72 nafar oʻzbek, tojik, qirgʻiz millatlariga mansub kishilar, bir nechta militsiya xodimlari yarador holatda shifoxonaga keltirilgan. Vaziyat 24-may kuni butunlay keskinlashgan. 1

25-may kuni tartibni saqlash uchun Quvasoy shahriga Oʻzbekiston SSR Ichki ishlar vazirining qoʻshimcha kuchlari yuborildan.

Quvasoyda boʻlgan mojaroning oldini olish komissiyasi tarkibida Toshkentdan maxsus joʻnatilgan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy komiteti boʻlim mudiri Sh. Ziyoyev va mas’ul xodim P. Abduraxmonov 26-mayda “Fargʻona viloyatining Quvasoy shahrida yuzaga kelgan salbiy oqibatlar haqida” maxsus axborot tayyorladilar. Bunda Fargʻona viloyatidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammoni zudlik bilan hal etish chora tadbirlarini, bu voqealarning boshqa viloyatlarda yuz berishini oldini olish uchun harakat qilishni taklif etganlar.2

Lekin qayd etilishicha, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti sekretari M. Xolmuhammedov boʻlgan va u tomonidan hech qanday chora tadbir koʻrilmagan. Yuz bergan toʻqnashuvlarga loqaydlik, sovuqqonlik bilan qaragandan keyin, fojianing Fargʻona vodiysi va butun Oʻzbekiston hududlariga tarqalishi aniq edi. Shunday boʻldi ham, vaziyatning oʻta murakkablashuviga olib keldi.
F
argʻona viloyatidagi birinchi katta qonli toʻqnashuv Margʻilon shahrida joylashgan Toshloq rayonida yuz bergan. Oʻsha paytda Toshloq rayonida 20 ga yaqin har xil millat vakillari yashashgan. Ma’lumotlarga qaraganda, mesxeti turklarining soni 2300 tacha boʻlgan ekan.

3-iyunda Toshloqda fojiali voqealar boshlandi. Toshloq shaharchasidagi “Avrora” kinoteatri oldida bir guruh mahalliy yoshlar toʻplanib, etishlari boʻyicha Internatsional koʻchasidagi mesxeti turklarini urib ketishgan, deraza va eshiklarni sindirishgan ekan.

Fargʻona viloyat prokurori A.Otajonov va Toshloq rayon partiya komitetining ikkinchi kotibi V.Danilov namoyishchi yoshlarga murojaat etib, militsiya xodimlari bilan birgalikda bu beboshlikni toʻxtatishga xarakat qilishadi, ammo natija bermaydi. Namoyishchilar va militsiya xodimlari oʻrtasida yuz bergan toʻqnashuvdan keyin namoyishchilar Margʻilon shahri tomon surib chiqarilgan.1

Toshloq rayonida boʻlgan fojiali toʻqnashuvning guvohlaridan biri Toshloq rayon komitetining birinchi sekretari O.Sobirov roʻy bergan voqealarning sabablariga toʻxtaladi va shunday deydi: “Hozir ayrim kishilar bu voqealarni oʻzbeklarning mesxeti turklariga qarshi harakati deb ataydi. Aslida, bu voqealarning guvohi sifatida shuni aytmoqchimanki, rayonda boʻlib oʻtgan qonli voqealarga bunday baho berish butunly notoʻgʻri boʻlar edi. Chunki rayonimizda yashab kelgan mesxeti turklarining hayotini saqlab qolishda va ularning xavfsizligini ta’minlab, evakiatsiya qilshga yordam berganlar ham oʻzbeklar. Koʻplab mesxeti turklarini yosh bilan kuzatgan oʻzbeklr hali ham koʻz oʻngimda turipti”.1

3-iyunda Margʻilon tarafdagi “Комсомольск посёлка”da boʻlgan toʻqnashuvda 10 ta odam oʻldirilgan edi. (ularning 4tasi mesxeti turklar boʻlgan.)

Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezideumining 4-iyundagi “Fargʻona viloyatining mesxeti turklari yashaydigan rayonlarda komendantlik soati joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻsha kundan e’tiboran mesxeti turklari zich yashaydigan joylarda , Fargʻona va Margʻilonda komendantlik soati e’lon qilindi.

6-iyun kuni Margʻilonda 2 ta taqiqlangan miting boʻlib oʻtgan. Bu mitinglarda Margʻilon shahar komiteti a’zolaridan tashqari Oʻzbekiston “Birlik” xalq harakatining raisi Abdurahmon Poʻlatov, Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi Muhammad Solih (Saloy Madaminov), diniy ulamolar va boshqalar qatnashib aholini tinchlantirmoqchi boʻlishgan. Mitingda qatnashganlar mesxeti turklarini oʻzlarini vataniga qaytarishni va qamoqqa olingan yaqinlrini ozod qilinishini talb qilishgan.

7-iyun kuni SSSR Ichki ishlar ministrligi qoʻshini Qoʻqon militsiya mahkamasi, shaharning partiya komiteti binosi, bank, telegraf va boshqa muhim boʻlgan obyektlarni himoya qilish uchun qurshab olishdi. Lekin Qoʻqon shahriga kiradigan hamma yoʻllar ochiq boʻlgan ekan. 7-iyun tushdan keyin armatura, yogʻoch, tayoq va shunga oʻxshash boʻlgan narsalar bilan “qurollangan” odamlar oʻnlab yuk moshinalarida Qoʻqonga kirib kelishgani qayd qilingan edi. Ularni asosan yoshlar, ya’ni 16-25 yoshgacha boʻlgan yigitlar tashkil qilgan ekan. Ular Qoʻqondagi yoshlarni ham oʻzlariga qoʻshilishni talab qilishadi. Munglab odamlar Qoʻqon shahri markazidagi Lenin maydoniga, ichki ishlar boshqarmasi binosiga yigʻilib 1 kun oldin qamoqqa olingan yoshlarni ozod qilishni talab qilishadi.2 Shu vaziyatda militsiya xodimlari 16 yoshli oʻspirni otib oʻldirishadi. Xalq judayam gʻazablanib ketgan va militsiya hodimlarini tosh-boʻron qilishgan. Rasmiy ma’lumotlarga koʻra, Qoʻqonda shu kunning oʻzida 20 kishi halok boʻlgan,


77 kishi esa yaralangan ekan.

Shuni ta’kidlab oʻtish kerakki, Qoʻqonda yashovchi mesxeti turklarning asosiy qismi— 2000 kishi 6-iyundayoq xavfsiz joyga olib chiqib ketilgan edi.


7-iyunda 200 ta mesxeti turklari qolgan edi. Mahalliy aholi ularni oʻz uylarida saqlab qolganliklari uchun 7-iyunda birorta ham mesxeti turklar halok boʻlmagan.

Sovet rahbarlari oʻz jinoyatlarini yashirish uchun tinch namoyishchilarni “ekstremistlar”, “koʻzi qonga toʻlgan banditlar”, “millatchi”, “bosmachilar” kabi nohaq ayblab, xalqqa qarshi qilgan zoʻravonliklarini oqlamoqchi boʻlishgan. Natijada sovet askarlari va rahbarlari hech qanday jazosiz qoldirilgan. Respublika va mahalliy matbuotda Fargʻona fojialari bir tomonlama yoritilgan. Masalan, OʻzTAG ning 9-iyunidagi rasmiy axborotida shunday deyilgan: “Aroq va qora dori ichib, nasha chakib, jazavaga tushgan, qoʻliga temir tayoq, pichoq, ketmon va boshqa qurollarni olib Qoʻqon militsiya hodimlariga xujum qildi. Ayni vaqtda


500-600 kishi transport liniyasini algʻov-dalgʻob qilishga urinishdi. Bu beboshliklar oqibatida kecha 6 kishi halok boʻldi, 90 dan ortiq odam jarohatlandi, 61 kishi kasalxonaga yotqizildi”.1

Aslini olganda, Qoʻqonda 7-8- iyunda boʻlgan qonli voqealarni mesxeti turklari bilan bogʻliq boʻlgan Fargʻona fojialariga bogʻlash toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki Qoʻqonda mitingda chiqqan tinch aholining bir necha talablar bilan cjiqishadi:

1) Yangi Qoʻqondagi xim kombinati yopilsin.

2)Ishsizlar ish bilan ta’minlansin.

3) Yosh aholi uy bilan ta’minlansin.

4)Oylik ish haqqini oshirish masalasi koʻrilsin.

5)7-iyunda tinch aholiga oʻq otganlar javobgarlikka toʻrtilsin.

6) Paxta plani kamaytirilsin va harid narxi oshirilsin”.2

11-iyunda Toshkentning toʻqimachilik kombinatida ishlaydigan 100 ga yaqin fargʻonalik talaba yoshlar bilan namoyishga chiqishgan. Ular motam ramzi boʻlgan qora lenta bogʻlangan Oʻzbekiston SSR davlat bayrogʻini qoʻllarida ushlab, Lenin maydoniga yigʻilishgan ekan. Lenin maydoni hozirgi Mustaqillik maydoni hisoblanadi.

Ular Oʻzbekiston Komitetiga borib, bu yerdagi mas’ul xodimlar boʻlgan voqealar matbuotda nohaq yozilayotgani, faqat oʻzbeklarni ayblashayotgani, mesxeti turklarining ayblari yashirilayotganini aytishgan ekan. Bundan tashqari ular paxta yakkahokimligi, ekoligiya, jumhuriyat aholi turmush darajasi pastligini, Toshkent toʻqimachilik kombinatining qoniqarsiz ahvoli kabi muammolarni ko‘rish, mahalliy aholi uchun yetarli maosh topilmayotganligi haqida aytib o‘tishgan. Qo‘mitaning mas’ul hodimlari ularning takliflarini tegishli joyga yetkazishni va’da berishgan va o‘zlariyam buni inobatga olishlarini aytishgan.

O‘zbekistonda 11-iyun motam kuni deb e’lon qilingan. Shu kuni Fag‘ona viloyatining hamma hududida osoyishtalik saqlangan. Ommaviy tertibsizliklar chiqarishga urinish bo‘lmadi.

Lekin vaqt o‘tishi bilan fojiali voqealar Farg‘onadan tashqariga chiqdi. Rasmiy ma’lumotlarda yozilishicha, 12-iyunga o‘tar kechasi “ Namanganda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 300 dan ortiq ekstremistlar temir yo‘l vokzali tomon yo‘l oldi. Ko‘pchiligi mast bo‘lgan 200 ga yaqin kishi voksal oldiga kelgan, o‘sha yerda ularni militsiya naryadlari to‘xtatgan. Yana 450 kishilik boshqa olomon Yangiobod mahallasiga kirishga uringan. Osmonga o‘q uzib ogohlantirilgandan so‘ng tarqalishgan. Tartibsizlikning faol qatnashchilari 28 kishi qo‘lga olindi”.1

Markaziy Komitet komissiyasi 1989-yil 20-iyulda O‘zbekiston Kompartiyasiga Farg;ona voqelari haqida ma’lumotnoma beradi. U ma’limotnomada shunday deyilgan edi: “ May va iyun oyi voqealaridan ancha oldin millatlararo munosabatlar keskinlashtirilgan. Sovetlarga qarshi mahalliy aholi viloyat hududida boshqa millatga mansub odamlarni haydab chiqarishga da’vat etilgan...

Komissiya ommaviy tartibsizlikning keng miqyosda bo‘lganigini tasdiqlaydi. Fojiali voqealar natijasida 103 kishi hlok bo‘ldi, shundan 52 kishi mesxeti turklari, 36 kishi – o‘zbeklar, 1011 kishi mayib bo‘lgan yoki jarohatlangan. SSSR Ichki ishlar ministrligi harbiy xizmatchilaridan 137 kishi, militsiya xodimlarida 110 kishi yarador bo‘ldi...

Komissiya shahar va rayon partiya komitetlarining ba’zi sektorlari, shahar va rayon ijroiya komitetlarining raislari ommaviy tartibsizliklar davrida passivlik, beg‘amlik qildilar, o‘zlarini yo‘qotob qo‘ydilar, deb hisoblaydi...

3-iyunda tuzilgan hukumat komissiyasi o‘z faoliyatining dastlabki davrida mojaroni cheklab qo‘yish taktikasni ishlab chiq olmadi. 6-9 iyunda tartibsizliklar Qo‘qon shahriga ko‘chdi, bu yerda jinoiy harakatlar yanada avj olib, ayniqsa xavfli darajaga yetdi”.1

O‘zbekistondan mesxeti turklarini evakuatsiya qilish 9-iyunda boshlangan bo‘lgan ekan. Lekin mesxeti turklari Rossiyada qolishni istashmagan va o‘zlarining tarixiy vatanlariga qaytishni talab qilishgan. Biroq ularning talabi sovet hukumati tomomidan bajarilmadi.

Toshkentda 15-iyun kuni O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida respublika partiya-xo‘jalik faollarining yig‘ilishi bo‘ladi. O‘zbekiston Kompartiyasi markaziy Komitetning birinchi sekretari R.N. Nishonov Farg‘onadagi millatchilik ko‘rinishlari partiya, sovet va boshqa organlarning vaziyatni yaxshilash vazifalari haqida gapiradi, unda Farg‘onada bo‘lgan o‘zbek yoshlarining harakatini “millatchilik” bilan bog‘lagan. Bu yig‘ilishdan keyin mahalliy aholining harakatlari “millatchilik va buzg‘unchilik” sifatida qaralgan ekan.

Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetning birinchi sekretari Islom Karimov 25-iyun kuni Fargʻona viloyatiga borganlar.

21-iyulda Fargʻona viloyati partiya komitetining plenumi boʻldi. Plenumda voqea va partiya, sovet organlarini ma’suliyati haqida gapirilgan. O‘zbekiston kompartiyasi Markaziy Komitetining Farg‘ona viloyatidagi voqealar bilan bog‘liq tafsilotlarini tekshiruvchi komissiyaning ish yakunlari va xulosalari va vaziyatni barqarorlashtirish respublika partiya orgonlarining ish samaradorligining oshirish choralari to‘g‘risi” gi Qarorda I.A. Karimov tomonidan Farg‘ona voqealariga baho berilgan.1




Download 337 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish