O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA OLIYA VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MAXSUS PEDAGOGIKA FAKULTETI
Logopediya ta’lim yo‘nalishi
MUSTAQIL ISH
MAVZU: 1989-yilda Fargʻona voqeasi
Bajardi: Beknazarova Omina
Tekshirdi: O‘tanov Xurshid
TOSHKENT
Reja:
Kirish.
1. Ma’naviy, madaniy qaramlik va uning oqibatlari.
2. Fojianing asosiy sabablari.
3. 1989-yilda Fargʻonada qonli toʻqnashuv va uning oqibatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyot.
MA’NAVIY, MADANIY QARAMLIK VA UNING OQIBATLARI
Ikkinchi jahon urushi davrida SSSR Davlat Mudofaa Komiteti rahbari
I.B. Stalinning 1944-yil 14-noyabrdagi qaroriga koʻra, 120 000 mesxeti turklari Mesxetiya va Javesxetiya viloyatlaridan Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga koʻchirildi. Oʻrta Osiyoga deportatsiya qilingan mesxeti turklar oʻrtasida eng koʻpi Oʻzbekistonga toʻgʻri kelgan. Ba’zi ma’lumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda mesxeti turklarning soni 106 700 kishini tashkil qilgan.1
Urushdan keyingi bir necha yillar davomida Oʻzbekiston sanoati va qishloq xoʻjaligi, madaniyati , fan rivojlanishda ma’lum natijaga erishgan. Lekin, bu rivojlanish ziddiyatlar bilan toʻla boʻlgan ekan.
Ma’muriy buyruqbozlik tuzimi kuchayib borayotgan Oʻzbekistonda xalqning turmushi, aholiga koʻrsatiladigan maishiy xizmat jihatidan respublika sobiq ittifoqda oxirgi oʻrinlarda edi. Ta’lim-tarbiya va sogʻliqni saqlash sohasidagi baland parvoz koʻrsatkichlar sotsialistik tuzimning tashviqot-targʻiboti uchun foydalanilgan. Umuman olganda, jamiyatning inqirozi kuchayib borgan.2
Urushdan keyingi yillarda mamlakatda partiyaning yakka hukmronligi kuchayib borishi natijasida, oʻz-oʻzidan siyosiy qatagʻonlikning yangi bosqichi boshlangan. Ma’lumotlarga koʻra, agar 30-yillarda bu qatagʻonlikni ichki ishlar xalq komissari (НКВД) olib borgan boʻlsa, endi bu mudhish fojiani Kommunistik partiyaning markaziy komiteti va uning quyi tashkilotlari bajargan.
1983-yilning oxirida respublikada juda ogʻir vaziyat vujudga kelgan. Birinchidan, jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida sobiq markazdan ketma-ket har xil tergov guruhlari tashlangan. Respublikamizdagi rahbarlik lavozimlariga sovet ittifoqidan kadrlar kela boshlagan. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetning ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministerlar Soveti raisining birinchi oʻrinbosari Ogarok, Toshkent shahrining taqdiri Stalinga topshirildi.3
Oʻsha yillarda “Paxta ishi” va “Oʻzbeklar ishi” degan tergovlar boshlanib ketgan. Oʻzbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshavqat ishlarni boshlab yuborgan edi. Ularning zoʻravonligi oqibatida sudlar adolatsiz qarorlar chiqara boshlagan. Aybsiz odamlarni, ularning oilalarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy qiynoqqa solish juda avj olib ketganligini tarix varoqlaridan bilishimiz mumkin.
Oʻzbekistonda fuqarolarning huquqlari toptalayotgani haqida Moskvaga minglab xatlar yuborilgan. Ammo, bu xatlar tekshirilmagan, javob ham yozilmagan ekan.
1989-yil 23-iyun kuni respublika rahbarligiga birinchi prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov tayinlandi. Yangi rahbarning faoliyati Oʻzbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, toptalgan huquqlarini tiklash kabi oliyjanob va hayrli ishdan boshlandi, desak ham boʻladi.
“Paxta ishini” koʻrib chiqish uchun maxsus komissiya tuzilgan. Komissiyaning ish faoliyatiga 40 ming tomdan iborat ishni koʻrib chiqishni zimmasiga qoʻyadi. 1990-yil iyun oyiga kelib komissiya eng muhim bir qarorga keladi. 1990-yil 13-iyun kuni Moskva shahriga SSSR Bosh prokurori, SSSR Oliy Sudning va SSSR Adliya vazirligi nomiga yozilgan xatda komissiyaning qarori bayon etilgan.
Paxta komissiya faoliyatining eng muhim tomonlaridan biri shundaki, paxta ishlari bo’yicha sudlanganlarning koʻpchiligi hayotligida oqlandi, yuzlari yorugʻ boʻldi, toptalgan huquqlari tiklandi. Oʻz ish joylariga qaytishdi, musodara qilingan mulklari qatarib berildi, boshqa yetkazilgan moddiy zaraz qoplanildi.
KPSS MK aprel plenumi sovet jamiyatini “qayta qurish” , bu jamiyat hayotining barcha qatlamlarini “chuqur isloh qilish” yoʻlini e’lon qildi. Bunda avvalo, ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, oshkoralik, iqtisodiy oʻsishni fan-texnika yutuqlariga tayanib jadallashtirishga qaror qilindi.
Biroq uzoq yillar totalitar rejimga moslashgan davlat monopoliyasi, idoralari, byurokratik apparat koʻzda tutilgan rejalarni amalga oshirishga yoʻl qoʻymagan. Muammolardan xalq e’tiborini chalgʻitish uchun koʻp yillar davomida yigʻilib qolgan milliy noroziliklardan foylalanilgan. Kommunistik idora oʻzining hukmronligini saqlab qolish uchun ayrim respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |