Nonutqiy tovushlarni tanish
Maqsad: Bolalarda nonutqiy tovushlarni tanish malakasini xosil qilish.
Topshriq Diqqat bilan eshit, nima ovoz berganini ayt yoki ko‘rsat! Bolalarga eshituv orqali qaysi asbobdan yoki predmetdan tovush kelganligini aniqlash taklif etiladi: doira, shiqildoq, qo‘ng‘iroq.
Logoped tekshiruv uchun musiqa asboblari bilan, turli xil qutichalar (metall, plasmassali, yog‘ochli, shishali) bilan o‘ynashni taklif etadi,bunda unga urib turli tovushlarni eshitish imkoni yaratiladi,shuningdek bolaga tanish predmetlar taklif etiladi (qalam, qaychi, suvi bor piyola, suvi yo‘q piyola), bularni ko‘ruv tayanchisiz katta odam bu predmetlar bilan qanday funksiyani bajarayotganligini eshitib aytib berish taklif etiladi.
Topshiriq: ”O‘yinchoqlarga diqqat bilan qara va qaysi biri ovoz chiqarganini eslab qol. Hozir men ularni yashiraman, sen qaysi o‘yinchoqdan ovoz kelganini topasan”.
Do'stlaringiz bilan baham: |