Madaniyat tushunchasi. Madaniyatning tarkibiy qismlari, asosiy qonuniyatlari.
Madaniyatshunoslik fanini o‘rganishda madaniyat so‘zining ma’no-mazmunini bilish, idrok qila olish muhim o‘ringa ega. Madaniyat so‘zi Madina shahri nomi bilan bog‘liq holda kelib chqqan. Madina – to‘liq arabcha nomi Madinat-Rasulilloh, ya’ni payg‘ambar shahri hisoblanib, obodonchiligi, ko‘rkamligi bilan Arabistondagi aholi yashaydigan manzilgohlardan ajralib turar edi. Shuningdek, Madina Makkadan keyin musulmonlar ibodat qiladigan eng yirik shahardir. Shu tariqa madaniyat so‘zi bizning o‘lkamizga Madina shahri nomi bilan, islom dini bilan bog‘liq tarzda kirib kelgan.
Madaniyat – uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, asori-atikalar yig‘indisi.
Madaniyat – u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, maorif, san’at, axloq, din, huquq, siyosat, maishiy xizmat ko‘rsatish darajasini aks ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot darajasi.
Madaniyat – insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, umuminsoniy qadriyatlar majmui.
Madaniyat - har bir kishining tarbiyalanganligi, insoniylik fazilatlari va ijodiy faoliyatining ifodasidir.
E'tiboringiz uchun rahmat !!
Do'stlaringiz bilan baham: |