pasayishining taxminiy sabablari, naslida shunday muammoli shaxslar mavjudligi
haqidagi ma’lumotlar aniqlandi. Shuningdek, uning tug’ilish vaqtidagi noqulay
omillar, dunyoga kelganidan so’ng og’rigan kasalliklari, shunga ko’ra qanday
antibiotik dori-darmonlarning qabul qilganligi, so’nggi audiogramma bo’yicha
37
Zaif eshituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilarning talaffuz malakalarini
tadqiq qilish metodikasini ishlab chiqishda an’anaviy surdopedagogikada qabul
qilingan R.M.Boskisning eshitishida muammosi bo’lgan bolalar, shuningdek,
L.R.Mo’minova tomonidan nutqida muammolari bo’lgan maktabgacha yoshdagi
bolalar nutqini tadqiq qilish metodikalariga tayanildi.Ushbu bosqichda
o’quvchilarning talaffuz qilish malakalarini, lug’at zaxirasi (faol va nofaol
lug’ati)mustaqil nutqini o’rganish nazarda tutildi.
Zaif eshituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilarning talaffuzidagi me’yordan
chetga chiqishlar, eshitishning pasayishi bilan bog’liq holda, ushbu tovushlar
idrokining chegaralanishi oqibatida yuzaga keladi. Shu sababli o’quvchilarning
talaffuz malakalari haqidagi dalillarni ularning faol lug’ati, tilining grammatik
tizimi, shuningdek, mustaqil nutqini o’rganish jarayonida olingan ma’lumotlarga
tayangan holda keltirdik. Zaif eshituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilarning lug’at
zaxirasini o’rganish uchun so’zlar va ularga mos ravishda tadqiqot o’tkazishda
didaktik material bo’lib xizmat qiluvchi rasmli lug’at tayyorlandi. Luhat zaxirasini
o’rganish uchun tanlangan so’zlar o’zbek tilining asosiy lug’at zaxirasiga kiruvchi,
bolaning kundalik hayotida atrofdagilar bilan me’yordagi muloqotga kirishish
imkonini beruvchi, asosan, predmet nomi, harakati, sifat hamda xususiyatlarini
anglatuvchi, yosh davri lug’ati minimumiga mos (bilishi shart hisoblanuvchi),
mavzuviy tamoyilga asoslangan so’zlardan tarkib topdi.
Faol lug’atni o’rganishda rasmlar taklif etildi hamda ularning mazmuniga
ko’ra savollar berildi (Kim bu? Bu nima? Nima qilyapti? Qanday?). Zaif
eshituvchi bolalarga o’ttiz dona rangli rasmlar stol, sher, g’oz, konfet, qo’g’irchoq,
bayroq, jo’ja, shar, karam, qor, choy ,soat, qovun, buvi, palto, velosiped, bola,
daftar, gul, piyoz, olma, parta, samolyot, olma, tarvuz, gul, uy, daraxt, lola,qozon
rasmlari taklif etildi hamda ularning mazmuniga ko’ra savollar berildi. Rasm
mazmuniga oid berilgan savollarga bolalar tomonidan qanday javob berilgan
bo’lsa, qaror-qaydnomalarda shundayligicha hech bir o’zgarishsiz aks ettirildi. Zaif
eshituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilarning talaffuzidagi me’yordan chetga
38
chiqishlar, eshitishning pasayishi bilan bog’liq holda, ushbu tovushlar idrokining
chegaralanishi oqibatida yuzaga keladi. Shu sababli o’quvchilarning talaffuz
malakalari haqidagi dalillarni ularning faol lug’atini o’rganish jarayonida olingan
ma’lumotlarga tayangan holda keltirdik
Do'stlaringiz bilan baham: