Boshlang‘ich va asosiy maktab o‘qituvchisi ixtisosligini olganlar malaka oshirish kursiga qatnashib, imtihon topshirib real maktablarda dars berish imkoniga ega bo‘ladilar.
Gimnaziya
Gimnaziyalar umumta’lim o‘quv muassasalari hisoblanadi. Unda o‘qish 5-13-sinfgacha 9 yil davom etadi. 11-13gacha o‘qiydiganlar gimnaziyaning yuqori bosqichi deb ataladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan gimnaziya bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kirish huquqini beruvchi yetuklik attestati oladi11.
Umumiy yetuklik attestati beruvchi, hohlagan yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtiga kirish xuquqini beruvchi gimnaziyalar va “fan gimnaziya” lari mavjud. Bunday tipdagi maktablar ta’limning ikkinchi bosqichi IIga tegishlidir. Bu gimnaziyalarda aniq kasblar sohasiga zarur bo‘lgan bilimlarni berishga alohida e’tibor qaratiladi.
Fan gimnaziyalariga real maktabni bitirganlik haqidagi attestat bo‘lsagina qabul qilinadi. Bu gimnaziyalarda ta’lim davomiyligi 3yil. Bitiruvchilar fan yetuklik attestatini oladilar, bu esa ma’lum doiradagi fanlarni o‘rganish uchun oliy o‘quv yurtiga kirish xuquqini beradi.
Gimnaziyada o‘qitishdan maqsad: umumta’lim bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish va shular asosida o‘quvchilarni zamonaviy ma’lumotlarni olish va qayta ishlashning ilmiy metodlari bilan tanishtirish, oliy o‘quv yurtida muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. 5-10sinflar 11-sinfda boshlagna individuallashtirilgan ta’lim dasturi uchun poydevor yaratish vazifasini bajarishga mo‘ljallangan.
Gimnaziyaning o‘ziga xos xususiyati fanlarning differensial tuzilgani bo‘lib, o‘quvchiga tanlash imkoni beriladi. Masalan, chet tillar soni va ularni navbatma-navbat o‘rganish, 9-sinfda o‘quvchiga aniq yo‘nalishdagi fanlarni (tabiiy-matematik, ilmiy-iqtisodiy, musiqiy-badiiy) tanlash imkoni beriladi. Shunga ko‘ra gimnaziyalar maxsus xarakterga ega bo‘ladi va an’anaviy klassik, tabiiy-matematik va zamonaviy tillar turlariga bo‘linadi. Undan tashqari iqtisodiy, pedagogik, qishloq xo‘jaligi, texnik- texnologik, ijtimoiy-ilmiy, musiqiy gimnaziyalar va kommunal xo‘jalik gimnaziyalar bor.
Klassik gimnaziyalarda albatta lotin, yunon va birorta zamonaviy til o‘rganilishi shart. Tabiiy-matematik gimnaziyalarda matematika, fizika, ximiya chuqur o‘rganiladi. Gimnaziyaning yuqori sinflarida asosiy, ya’ni xamma uchun majburiy kurslar, hamda individual tanlangan o‘ta qiyin (yuqori) kurslar kiritilgan.
Umumiy ta’limni kamsitmagan holda bu tizim o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini yaxshi o‘rganishga imkon beradi. Yetuklik attestati olish uchun 4ta fandan imtihon topshiriladi. Imtihon topshiruvchi yuqorida aytilgan sohalar bo‘yicha olgan bilimlarini yaxshi ko‘rsata olishi, tanlangan yuqori qiyinlikdagi kursi bo‘yicha esa keng bilimlarni namoyish etishi lozim. Imtihon ham yozma ham og‘zaki bo‘lishi mumkin.
Avvallari gimnaziyalar Germaniyada faqat oqsuyaklar zadagonlar o‘qiydigan maktab edi, unga ko‘pchilik bora olmasdi. Lekin zamon o‘zgardi: xozirgi kunda boshlang‘ich maktabning 4-sinfini bitirgan 40% o‘quvchilar garchi yetuklik attestatini umumiy maktabda olish mumkin bo‘lsa ham gimnaziyada o‘qishni davom ettirishni xoxlaydilar. Zamonaviy gimnaziyalarda ta’lim jarayonini rejalashtirishda motivatsiya muhim omil sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |