Asosiy maktab
Asosiy yoki to‘liq xalq maktabi boshlang‘ich maktabni bitirib, real maktab yoki gimnaziyaga bormagan barcha o‘quvchilar uchun majburiydir. Bu maktabda oxirgi majburiy sinf 9-sinf, ba’zi FElarda 10-sinf hisoblanadi. Ko‘pchilik FElarda o‘quvchilarga qo‘shimcha 10-sinfga erkin qatnash imkoni berilgan.
Asosiy maktabning maqsadi – o‘quvchilarni ikkinchi bosqich I doirasidagi ta’lim va kasbiy ta’limni davom ettirishga tayyorlash va umumta’lim kurslariga qatnashishdir. Asosiy maktablarda o‘quvchilarni ishchi kasbi olami bilan tanishtirish orqali kasb tanlashga yordamlashishga e’tibor qaratiladi. Asosiy maktabda asosan eng kuchsiz o‘quvchilar, ijobiy ta’rif berganda, amaliy qiziqishlari bor bolalar qolishadi. Shunga ko‘ra asosiy maktablarda e’tibor texnik predmetlarga, chizmalar, qo‘l mehnati, uy yuritish, ya’ni, bo‘lajak kasbiy faoliyat bilan amaliy bog‘lanishga qaratiladi. Bunga o‘quvchilarning 8-sinfda o‘tadigan amaliyoti ham kiradi. Hunurmandchilik va sanoat muassasalaridagi “xaqiqiy” ish paytida ular aniq kasbiy talablar bilan tanishadilar.
Asosiy maktabdagi o‘qituvchilar o‘zlari o‘qimagan sohalar bilan ham shug‘ullanishga majbur bo‘ladilar. Masalan nemis va ingliz tili o‘qituvchilari texnikani ham o‘zlashtiradilar. Bunday kasbiy aralashuvning pedagogik vazifasi ham bor: sinf rahbari bolalar uchun ishonchli shaxsga aylanishi va o‘z tarbiyalanuvchilari bilan imkon boricha ko‘p vaqt birga bo‘lishidadir.
Asosiy maktab o‘qituvchilari o‘zlarini o‘qituvchi emas, ijtimoiy pedagog deb his qiladilar. Lekin asosiy maktabdagi o‘quvchilar yomon o‘zlashtirishiga qaramasdan ko‘pchiligi kasbiy ta’lim olishga muvaffaq bo‘lishadi.
Hozirgi kunda Ta’lim vazirligi asosiy maktabni isloh qilish zarurati xaqida fikr bildirmoqda. Bunda asosiy maktab o‘qituvchilari boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari kabi ixtisoslikka ega bo‘lishlari kerak deyiladi.
Real maktablar
Real maktablar ikkinchi bosqichga qarashli bo‘lib, odatda 5-10 sinflarni o‘z ichiga oladi. 7-sinfni bitirib, real maktabga o‘tishni xoxlagan asosiy maktab o‘quvchilari uchun real maktabning aloxida 3 sinf varianti mavjud. Real maktab yuqori darajali kengaytirilgan umumiy ta’lim beradi va o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, mas’uliyat xissi, insonlarga raxbarlik qilish ko‘nikmalariga yuqori talab qo‘yadigan kasb egalari bo‘lishi uchun kasbiy ta’lim kurslariga tayyorlaydi.
O‘quvchilar ularga tavsiya etilgan o‘quv yo‘nalishlaridan bitta asosiysini tanlab olish imkoniga ega. Bu tabiiy-matematik, texnik, lingvistik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-tibbiy, musiqiy-badiiy yo‘nalish bo‘lishi mumkin. Har bir maktabda tavsiya qilinayotgan fanlar aniq. U maktablararo va FElararo farqlanadi. Real maktabni yetarli yuqori darajadagi baholar bilan bitirgan bitiruvchi II bosqichdagi o‘quv muassasasiga kirish huquqiga ega10.
Barcha o‘quvchilar chet tilini bilishlari shart. Asosiy maktablarda chet tilini tanlash huquqi yo‘q, faqat ingliz tili o‘rganiladi. Real maktablarda esa bir necha chet tilini tanlash tavsiya etiladi, o‘quvchi bittasini tanlaydi. Real maktablarda o‘qish yuqori darajada olib boriladi, fanlarni tizimlashtirishga katta e’tibor beriladi. Haftasiga darslari soni 30dan 34 gacha bo‘ladi.
O‘quvchi 10-sinfni bitirgach, real maktabni bitirganligi haqida attestat oladi, bu kasbiy ta’limning qator maktablariga, shuningdek, gimnaziyaning 3ta yuqori sinfi bilan teng tipdagi maktablarga yo‘l ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |