73.Farmoyish – kechiktirib bo‘lmaydigan va tezda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadigan normativ hujjat.
74.Qaror -O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan normativ hujjat.
75.Buyruq-O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan normativ hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |