Nazorat uchun savollar
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya naza- riyasi nimalarni o‘rganadi?
2.Jismoniy tarbiya nazariyasi qaysi fanlar bilan bog‘liq?
3.Bolalar asab tizimi yakka xususiyatlarini bilish nima uchun zaru. 2–3 yoshli bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari nimada? 4 yoshli bolalar bilan qanday jismoniy mashqlar o‘tkaziladi?
№ 10 Mavzu: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darsining asosiy shakllari. Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va mazmuni
Reja:
1Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darsining asosiy shakllari Jismoniy tarbiya dasturi.
2.Maktabda jismoniy tarbiya darsiga bo‘lgan asosiy talablar va jismoniy tarbiya vazifalari.
3/Maktabda jismoniy tarbiya darsining tuznlishn va ularni o‘tkazish metodikasining ayrim xususnyatlari (1-4,5-9,10-11 sinflar).
Tayanch iboralar. Umumiy o‘rta ta’lim, jismoniy tarbiya darsi,
O‘quvchilarni jismoniy jihatdan nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularni bu boradagi jismoniy harakat ko‘nikma va malakalar bilan oshno qilish, mazkur fanning asosiy vazifalaridir. O‘quvchilar sog‘ligini yaxshilash, ularni jismoniy rivojlantirish, bolalarga jismoniy chiniqish va sport bo‘yicha bilim berish maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Bu vazifalarni bajarish, bolalar sog‘ligini asrash, ularni har tomonlama gormonik rivojlantirish, barkamol avlodni tarbiyalash eng kichik yoshdan bog‘chadan boshlab, uzluksiz ta’lim tizimi asosida boshlang‘ich sinflararo davom etilishi lozim.
Jismoniy mashqlar kishi organizmini sog‘lomlashtirishda g‘oyat katta ahamiyatga ega. Buni yaxshi tushungan holda biz uzoq o‘tmishda yashab ijod qilgan, jismoniy mashqlarni ilmiy asoslagan buyuk mutaffakkir Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosiga murojaat qildik. Darhaqiqat, uning fikrlari, mulohazalari, maslahatlari hozirgi zamonda ham katta ahamiyatga ega va bulardan o‘qitish jarayonida keng foydalanilsa ayni muddao bo‘lar edi.42
Abu Ali ibn Sino tib ilmiga va odam ornganizmini sog‘lomlashtirish masalalariga juda erta qiziqdi, o‘z zamonasining mashhur tabiblari bo‘lmish Abul Mansur Qamariy va Abu Sahl Masihiy rahbarligida bu ilmlarni o‘rgana boshladi va 16 yoshga yetganda taniqli tabiblar qatoridan joy oldi. Abu Ali ibn Sinoning jismoniy tarbiya sohasidagi fikrlari g‘oyat katta ahamiyatga egadir. U odam organizmini sog‘lomlashtirishning asosiy vositasi deb badantarbiya harakatlarini bilgan. «Sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya bo‘lib… mo‘tadil ravishda va o‘z vaqtida badan tarbiya bilan shug‘ullanuvchi odam buzilgan xiltlar tufayli keluvchi kasalliklarning va mijoz hamda ilgari o‘tgan kasalliklarning davosiga muxtoj bo‘lmaydi».! Uning bu fikrlari, ayniqsa hozir texnika rivojlanib odamlarning jismoniy harakatlari chegaralangan va buning natijasida ko‘pdan-ko‘p kasalliklar kelib chiqayotgan vaqtda jismoniy tarbiya darslarini nazariy qismida o‘quvchilar shu ma’lumotlar bilan tanishtirilib borilsa, juda ham foydali bo‘lardi.
Maktabda doimiy o‘tkazilayotgan haftada 2 soatli jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilarda haftali harakatga bo‘lgan ehtiyojiga javob bera olmaydi. U 2 soatli darslar faqat 11% javob berar ekan. O‘quvchilarni harakat talablarini qoniqtirish uchun darsdan tashqari turli sport tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazish lozim. (Kun tartibida jismoniy tarbiya, maktabda sport to‘garaklari, sport musobaqalar, sport bayramlari va boshqalar).
Jismoniy tarbiya dasturi. Umumta’lim maktablarda jismoniy tarbiya bo‘yicha tuzilgan dars turlari shu davrgacha bir necha marta o‘zgarib kelgan va davr, zamon talabiga binoan har 3-5 yilda o‘zgarib turadi. Shu jumladan 1984 yili yangi original majmua dasturi ishlab chiqildi.
Albatta hamma yangi ishlab chiqilgan dasturlar qandaydir oldinga siljishga olib keladi. Bizning jumhuriyatimizda, ham bunday siljishlar ro‘y berdi (uslublar o‘zgarishi, dars sifatini o‘zgarishi va h.k) lekin o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi pastligicha qolaveradi. Demak, bu original dastur ham o‘zini oqlamadi, ya’ni jumhuriyatimizga mos kelmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |