G‘arbiy Yevropa Federal yerlarida muddatidan uzoq o‘qiyotgan talabalar o‘qish uchun pul to‘laydilar. Ta’lim tizimidagi bu islohotlar qonun bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan.
Oliy o‘quv yurtlarining ko‘pchiligi davlat tasarrufida va hukumat tomonidan moliyalashtiriladi. 383 oliy o‘quv yurtlaridan 69 tasi xususiy.
Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi, abiturient uchun eng muhimi maktab yoki gimnaziyada kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishdir. Nufuzli mutaxassisliklarga o‘qishga qabul qilishda abiturient maktab attestatining o‘rtacha bali hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Universitetlardagi nufuzli mutaxassisliklarga o‘rinni taqsimlash bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari emas, ZVS degan maxsus bo‘linma shug‘ullanadi. O‘rtacha balldan tashqari ZVS ijtimoiy va shaxsiy sabablar, nogironlik, oilaviy ahvoli va boshqalarni ham hisoga oladi. Agar o‘rtacha ball yetarli bo‘lmasa, abiturientni navbatga qo‘yadi. Bir necha semestr kutganidan so‘ng unga universitetdan o‘rin berishadi.
Germaniya doimiy ravishda universitet reytinglarini aniqlab turadi. Bunda o‘qitish, pedagog kadrlar darajasi, shuningdek, u yoki bu oliy o‘quv yurtlarini bitirib, ishga joylashish kabi shart-sharoitlar hisobga olinadi.
Talabalar oddiy stipendiyadan tashqari turli Fondlar tomonidan joriy qilingan stipendiyalarni olish imkoniga ega. Partiya fondlari, Nemis xalqi fondi, Cherkovlar fondi, FE hukumati fondi, GFR hukumati bo‘limlari va kichik regional tashkilotlarlar fondlari shular jumlasidandir. Stipendiyalar odatda alohida toifa talabalarga, masalan, o‘ta iqtidorli talabalarga beriladi. Stipendiya nemis studentlariga ham, chet ellik talabalarga ham beriladi. Chet ellik talabalarga stipendiya beruvchi asosiy tashkilotlarga Akademik almashish Germaniya xizmati kiradi. Shu kabi yirik fondlarga Konrad Adenauer, Fridrix Erbert, FE fondlari kiradi.
Germaniyada ilmiy-tadqiqotlar universitetlar va ilmiy tashkilotlar hamda korporativ tadqiqot markazlarida olib boriladi. Universitetlardagi ilmiy tadqiqotlar federal byudjet, FE byudjeti tomonidan va tashkilotlar ajratgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Germaniyada ilmiy-tadqiqotlar shuningdek, 4ta yirik ilmiy tashkilotlarda olib boriladi. Bular Maks Plank jamiyati, Gelmgols jamiyati, Fraungofer jamiyati va Leybnis jamiyatlaridir.
Maks Planka jamiyatida 13000 xodim ishlaydi, undan 5000 tasi olimlar bo‘lib, jamiyatning yillik byudjeti 1,4 mlrdni tashkil etadi. Gelmgols jamiyatida 26,5 ming xodim ishlaydi, undan 8000 tasi olimlar bo‘lib, jamiyatning yillik byudjeti 2,35 mlrdni tashkil etadi. Fraungofer jamiyatida 26,5 ming xodim ishlaydi, jamiyatning yillik byudjeti 1,2 mlrdni tashkil etadi. Leybnis jamiyatida 13,7 ming xodim ishlaydi, jamiyatning yillik byudjeti 1,1 mlrdni tashkil etadi.
Universitetlar bir yilda ilmiy tadqiqotlarga 9,2 mlrd yevro sarflaydi. Yirik nemis va chet el kompaniyalari Germaniya hududidagi tadqiqot markazlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.
Germaniya universitetlari talabalari o‘rganadigan fanlar va dars jadvalini o‘zlari tanlaydilar, ya’ni har bir semestr uchun mustaqil dastur tuzadilar. O‘quv yili 15 oktyabrdan boshlanib, 2ta semestrdan iborat. Har bir semestr oxirida talaba o‘zi qatnashgan maxsus kurs va ma’ruzalarning maxsus sertifikatini yig‘adi, sertifikatlarning kerakli sonini to‘plagach, imtihon topshirishga ruxsat so‘raydi.
Oliy o‘quv yurtlarining ikkinchi tipi – maxsus oliy maktablarda o‘qish tizimli tashkil etilgan. Bunda talabalar aniq o‘quv rejasi va imtihonlar jadvaliga amal qiladilar, shu tariqa oliy ta’limni 4 yilda tugatishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |