Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim:
Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo, nutqni eshitish shakllanadi, keyinroq talaffuzni egallaydi);
Aniq talaffuzni hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona va aniq talaffuz qilish);
So‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;
nutqni orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash;
nutq sur᾿atini rivojlantirish;
nutqning ifodaliligini shakllantirish;
nutqiy aloqa ko‘nikalarini shakllantirish;
nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
nutqiy nafas olishni shakllantirish;
Nutqning to‘g‘riligi. Madaniy nutqning adabiy til me᾿yorlari (talaffuz, so‘z yasalishi, leksik, morfologik, sintakti, uslubiyme᾿yorlar)ga qat᾿iy mosligi nutqning to‘g‘riligi sanaladi: til birikmalarini to‘g‘ri, ifodali talaffuz qilish, so‘z va mantiqiy urg‘u, ohang, pauzaga e᾿tibor qaratish; fikrni tushunarli, mazmunli ifodalovchi so‘z, atama va birikmalarni to‘g‘ri tanlash va o‘z o‘rnida qo‘llash; so‘zlarni variantlik, ma᾿nodoshglik imkoniyatlaridan foydalanishda tinglovchining mafkurasi, dunyoqarashi, madaniy saviyasini hisobga olish; qo‘shimchalarni to‘g‘ri ishlatish, morfologik shakllarning ko‘p ma᾿noligini nazarda tutish, ularning ortiqchaligi, takroriyligiga yo‘l qo‘ymaslik; so‘zlarning o‘zaro birikish qonuniyatlariga amal qilish, gaplarni grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirish; so‘zlarni imlo qoidalariga ko‘ra to‘g‘ri yozish va shu kabilar.
Bu borada hazrati Mir Alisher Navoiyning quyidagi misralari mavjud, “Agar tilni asramaoq ko‘ngulga mehnatdur, ammo so‘zni siypalamoq boshqa ofatdur”. Yuqoridagi masala yuzasidan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga she᾿r yodlatishda, qayta hikoya qildirishda nutqidagi tovusglarni to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatish tarbiyachidan yuksak mahorat talab etadi.
Nutq aniqligi. So‘zning o‘zi ifodalayotgan narsa-hodisani aniq ifodalab, tildagi ma᾿nosiga to‘la muvofiq tarzda qo‘llanishi nutqning aniqligi hisoblanadi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi: narsa-voqealarni aniq nomlash, tushuncha va uni bildiruvchi so‘zning bir-biriga mosligini ta᾿minlash; ma᾿nodosh va ko‘p ma᾿noli so‘zlardan mosini tanlash hamda ulardan nutqda o‘rinli foydalanish; eskirgan so‘zlarning qo‘llanish o‘rni va qo‘llashni bilish; paronim so‘zlarning ma‘nolarini farqlagan holda to‘g᾿ri qo‘llashni bilish; kasb-hunarga oid atamalar va so‘zlarni o‘ o‘rnida to‘g‘ri va aniq qo‘lllash; so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma᾿nolari, ma᾿no qirralarini farqlash va shu kabilar.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda nutq aniqligini turli usul va yo‘llar orqali yaxshilash mumkin. Muntaza ravishda olib boriladiga faoliyatlar jarayonida ulardan aniqlikni talab qiliosh orqali nutq aniqligiga erishish mumkin. Masalan: “olma qanday daraxtda o‘sadi?”. Ushbu savolga bola aniq javob bera oladi “mevali daraxtda, olma daraxtida” kabi savolga javob beradi.
Nutqning sofligi. Nutqning sofligi adabiy til me᾿yorlariga va jamiyatning ma᾿naviy-axloqiy qoidalariga bo‘ysunishi bilan belgilanadi. Nutqning sofligii ta᾿minlash quyidagilarga bog‘liq: nutqda shevaga hos so‘zlar, ibora Grammatik shakl-qo‘shimchalar, urg‘u va talaffuzni qo‘llamaslik; boshqa tillarga hos so‘z va so‘zlarni o‘rinsiz qo‘llamaslik; jargon va argonlar, dag‘al, qo‘pol va parazit ibboralarni qo‘llamaslik; idoraviy yozishmalarda qo‘llanadigan, qoliplashgan so‘ va iboralardan voz kechish va shu kabilar. Nutqning sofligi maktabgacha katta yoshdagi bolalarni maktab ta᾿limiga tayyorlashda ham ahamiyatga molik hisoblanadi. Bolalar oilada, ko‘cha-kuyda, o‘zaro do‘stlari bilan so‘zlashganda ishlatadigan har xil qo‘pol so‘zlarini nutqidan olib tashlab, uning o‘rniga chiroyli so‘zlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lishligini tushuntirish zarurdir.
Nutqning boyligi. Nutqda tilning rang-barang unsurlari va imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanish orqali nutqning ta᾿sirchanligi, to‘g‘riligi hamda qiziqarliligini ta᾿minlash nutq boyligiga bog‘liqligini ta᾿minlash nutq boyligiga bog‘liq. Nutq boyligiga erishishda quyidagilarga amal qilinadi: fikr ifodasida bir xillikdan qochish; yetarli so‘z boyligiga ega bo‘lish, so‘zlarning turli ma’nolari, gap modellari, ohang turlarini bilish va o‘rrinlisini tanlay olish; aynan bir xil tushuncha yoki fikrni ifodalashda turli-tuman so‘zlar, gap qurilishlari, ohangni qo‘llay bilish; til birliklarini o‘rinsiz takrorlamaslik, bunda leksik, morfologik va sintaktik ma’nodoshlikdan o‘rinli foydalanish va shu kabilar. Nutqning boyligi bu lug‘at boyligi bo‘lib maktabgacha katta yoshdagi bolalarni so‘z zahirasi bilan belgilanadi. Bolalarni so‘z zahirasi qancha ko‘p bo‘lsa shuncha nutq boyligi belgisi sanaladi.
Nutqning ifodaliligi. Nutqning tuzilishi, gapning ifodali so‘z, jumla va iboralardan tarkib topishi, badiiy-tasviriy vositalariga ko‘ra tinglovchi diqqatini jalb qila olishi nutqning ifodaliligi sanaladi. Nutqning ifodali, ta’sirli bo‘lishi quyidagilarga asoslanadi: so‘zlar talaffuzida unli tovushni cho‘zish, undoshlarni ikkilantirish, ularni takrorlash, bo‘g‘inlarga bo‘lish, so‘z va qo‘shimcha urg‘usini to‘g‘ri qo‘yish; ohang tezligi, yuqori-pastligini o‘zgartirish; frazeologik ibora, maqol, matal va hikmatlardan o‘rinli foydalanish; ko‘chma ma’noli so‘zlar, sifatlash, metafora va boshqa ko‘chmalarni qo‘llash va shu kabilar.
Maktabgacha katta yoshda nutqning garamatik to‘g᾿riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi, aniq va to‘g‘ri so‘zlasga intilish bilan bog‘liq. to‘g᾿ri so‘zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari – morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-tumanligini o‘zlashtirishda: stellar, stellar, qavatlar va boshqa.), so‘z hosil qilishda, (non uchun – nondon, tuz uchun – tuzdon va boshqa.) sintaksisda (og‘zaki nutq qurilmasini yengib o‘tish: va bog‘lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g‘ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi.
Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
Metodikaning mazmuni va uni amalga oshirishning yetakchi g‘oyalari sifatida quyidagilar chiqadilar:
bolaning qadr-qimmatini va uning o‘ziga hosligini tushunish, bola nutqini “yaqin rivojlanishi hududi”ga qarab rivojlantirishni ko‘zda tutgan holda;
rivojlanish hususiyatlarini hisobga olish;
pedagogik muloqotning bola bilan emotsional aloqa o‘rnatishga, u bilan
dialogik hamkorlik qilishga yo‘naltirilganligi;
maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni maxsus o‘rgatishning asosini kommunikativ yondoshuv tashkil etishi lozim bo‘lgan nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida amalga oshirilayotgan ijodiy jarayon sifatidagi ahamiyatini tan olish.
Tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi. Nutqni rivojlantirish mwtodikasi zamonaviy ona tili (o‘zbek, rus tillari va boshq.) kurslariga, adabiyotshunoslik asoslarini o‘zida jamlagan bolalar adabiyotiga, umumiy, bolalar va pedagogik psixologiya, umumiy va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasiga tayanadi.
Nutqdagi buzulishlar – inson ahvolini baholashda til predmetlari yordam berishi mumkin bo‘lgan yagona holat emas. Ayrim vaziyatlarda (ruhiy zo‘riqish, siqilish paytida) yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan odamlarda fiziologik parametrlar bo‘yicha ayrim nuqsonlar sezilmaydi. Ammo ularning nutqi mutaxassis bo‘lmagan odam tushunishi qiyin bo‘lgan darajada o‘zgaradi. Ko‘pincha faqat til mezonlariga bunday holat yuz berishida dalolat berishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish – bu murakkab ruhiy jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayonda bolalarda umuman muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir.
Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirishda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar adabiy asarlarni qabul qilishlarida va tushunishlarida ularga quyidagi holatlar xos: 1. Qahramonlarga qayg‘urish hamda ularga hammdard bo‘lish, shu tufayli bevosita tashqi ifodalangan emotsionallikning pasayishi. 2. Voqealar zanjirini tiklash va asar ichida hamda asarlar o‘rtasida turl xil mavzuli aloqalar o‘rnatish qobiliyati. 3. Qahramonlikning tashqi harakatlarini ko‘rish va qahramonlar xulq-atvoridagi ochiq motivlarni tushunish, ularning yashirin niyatlari ma’nosiga va xarakatlarining nooshkora motivlariga kirishishga urinish. 4. Hosil bo‘lgan voqea bolaning shaxsiy kundalik hayotidan hikoya emas, balki ko‘proq ertakka o‘xshash bo‘lishi uchun adabiy vaziyatni talqin qilish va o‘zgartirishga urinish. 5. Janr asosi (ertak, hikoya, she’r) va maqbulmavzularining (haayvonlar, sehrgarlik ko‘rinishlari, bolalar va boshq.) paydo bo‘lishi. 6. Tilning ayrim ifodali vositalarini payqash qobiliyatlarini paydo bo‘lishi. 7. Adabiy asarlarning xaraktelli tuzilmasi va shakli haqidagi tasavvurlarni o‘z ijodida ifodalash (kompozitsiyalarining uch qismliligi, adabiy qahramonlikning asosiy harakatlari va boshq.)
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish sohasida pedagoglar va ota-onalar oldiga quyidagi vazifalar turibdi:
bolalarni yuqori badiiy saviyadagi adabiyotlarga oshno qilish, ularda adabiy-badiiy taassurotlar zahirasini shakllantirish;
ifodali badiiy nutqni shakllantirish;
bolalarga kichik prozaik matnlar mazmunini emotsional va ifodali tarzda yetkazish hamda kichik she’rlarini yoddan aytib berishni o‘rgatish. Ma’lum adabiy asarlarni sahnalashtirishda ishtirok etish.
Maktabgacha yoshdagi katta bola erishgan eng muhim yutuqlar – bu jaranglayotgan nutqqa nisbatan qizg‘in qiziqish, til borlig‘ini eng oddiy tarzda anglashni shakllantirishdan iboratdir.
Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik jihatdan to‘g‘rilikni shakllantirish ravon nutq tuzilishini o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqdir.
Maktabgacha davrdagi katta yoshda inson hayotining eng muhim davrlaridan biri, uning birinchi dorilfununi nihoyasiga еtadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |