EChISh. Har bir uchastka bo’yicha ishchilar soni quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Ch ═(Tn100): (FvPvn)
Bu erda: Tn-uchastka bo’yicha ishlar hajmining normadagi mehnat sig’imi; Fv-Hisobot davridagi bitta ishchining ish vaqti jamg’armasi;
Pvn- rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish normalari bajarilishining o’rtacha foizi. Bizning misolimizda Ch1═4569100:176118═22 kishi; Ch2═5860100:176124═27 kishi; va Ch3═2513100:176111═13 kishi.
MISOL. Agar ishchilar o’z operativ vaqtlarining 10% ini o’z-o’zlariga hizmat ko’rsatishga sarflayotgan bo’lsalar, asosiy ishchilarga hizmat ko’rsatish uchun zarur bo’ladigan yordamchi ishchilarning minimal,biroq etarli sonini aniqlang. Tsexdagi asosiy ishchilar soni 300 kishi, smenadagi operativ vaqt 410 minut.
EChISh. O’z-o’ziga hizmat ko’rsatishga ketayotgan operativ vaqt sarflari yig’indisi 12300 minut (3004100,1) Zarur bo’lgan yordamchi ishchilar soni 330 kishi. (12300:410).
Masalalar.
Detalni tayyorlash jarayoni 5ta o’zaro bog’liq va ketma-ket bajariladigan operatsiyalardan iborat bo’lib, ularning mehnat sig’imi 16,22,4,31 va 15 minut. Agar smena ichidagi detallar ishlab chiqarish rejasi 240 dona bo’lsa, har bir operatsiyani bajarish uchun va umuman ishlab chiqarish zanjiriga zarur bo’lgan ishchilar sonini aniqlang. (Tsm-8soat)
Tsexning uchta o’zaro bog’liq ishlab chiqarish uchastkalarida normalangan ishlar mehnat sig’imi 2050,3440 va 1890 norma-soatni tashkil qiladi. Agar birinchi ikki uchastkada bitta ishchining oylik ish vaqti jamg’armasi 176 soatdan bo’lsa, uchinchisida belgilangan qisqartirilgan ish kuni bo’yicha-154 soat bo’lsa uchastkalar bo’yicha ishchilar sonini va ularning tsexdagi umumiy sonini aniqlang.
Tsexda 100ta asosiy stanokchi ishchilar bor. Smena davomida ularning har biri kesuvchi asbobni charxlash uchun 35 minut va yarim mahsulotni keltirish uchun
42 minut sarflaydi. Asbob charxlovchi va avtokarlarni haydovchilardan iborat
yordamchi ishchilar brigadasini tashkil qilinsa asosiy ishchilar yordamchi ishlardan ozod bo’ladilar. Ularning har birini smenadagi operativ vaqti 343dan 420 minutgacha ko’payadi.Agar ihtisoslashtirilgan brigada sharoitida bu ishlarning mehnat sig’imi 20% kamaysa yordamchi ishchilar brigadasidagi asbsblarni charhlovchi va avtokarlar haydovchilarining sonini hisoblang.
Smena davomida 200 ta qo’l soati ishlab chiqariladi. Bitta soatni ishlab chiqarish uchun ketadigan norma-soatlar yig’indisi 80 minutni tashkil qiladi. Agar jarayonlarning mehnat sarfi 1:1:3:2:0.5:0.25:0.5 ga tenglashtirilgan bo’lsa ishchilarning smena bo’yicha sonini va ish joylari bo’yicha taqsimlanishini aniqlang. (33 kishi; 4, 4, 12, 8, 2, 1, 2kishi)
Agar besh xil variantda bitta tayyor mahsulotga yig’indisi bo’yicha ketadigan vaqt sarfi quyidagicha berilgan bo’lsa ( 1-jadval), mehnat taqsimotining iqtisodiy chegarasini aniqlang.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |