3.1.Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari. 3.2.Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar.
Tarmoqdagi raqobat kuchlarini tahlil qilishda Porterning “beshta kuch” modeli.
Firmani raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar.
Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari.
Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo’lib, tahlil ikki yo’nalishda olib boriladi:
Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari. Kompaya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.
Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat istiqbollari bo’yicha bir biridan farq qiladi. Masalan Ilmiy-texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo’lishi mumkin Har bir tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar hajmi ham bo’ladi- Bozorlar esa mahalliydan tortib dunyo bozorigachafarqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo’ladi. Talab ham o’sib boruvchi yoki aksincha, kamayib boruvchi bo’ladi.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda alohida usullar qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar raqobat kurashini baholash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi etti omilni belgilash talab etiladi:
Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar.
Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi.
Rakobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar.
Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari.
Raqobat kurashidagi muvaffaqiyat kaliti va muvaffaqiyatsizlik omillari.
Raqobat qaysi yo’nalishda borishini belgilovchi shaxslar.
Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi.
Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muhitiga xos bo’lgan va kompaniyaning strategik yo’nalishi va imkoniyatlarini eng ravshan ifodalovchi jihatlarni aniqlashdan iborat. Bunda asosiy e’tibor strategiyaga oid bir qator muhim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. So’ngra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning xata-harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi.
Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil qilish usullaridan kelgusida ko’pincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil qilishda ham foydalaniladi. Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makromuhitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan foydalaniladi. Vaziyatni tahlil qilishda firmaning eng yaqin atrof-muhiti (makromuhiti) o’rganiladi. 6-chizmadagi yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun strategik tahlilning tuzilmasi keltirilgan. Kompaniyaning strategik tahlilining mantiqiy echimi strategiyani tanlashda muqobil variantlarga baho berishdir. Shunday qilib ushbu tahlil strategik rejani shchakllantirshning dastlabki nuqtasi hisoblanadi.
↓ ↓
Identifikatsiya Kompaniyaning strategik ko’rinishini baholash
Kalit davrlar:
Kompaniya amalda qanday muqobillikka ega? (mavjud asosiy strategiyani yaxshilash, strategiyani tubdan o’zgartirish)
Arzigulik raqobat ustunligiga erishishning eng maqbul yo’li qanday?
↓Strategiyani shakllantirish
Yechim mezonlari
Strategiya vaziyatni qanchalik yaxshi hisobga olinadi? Raqobat ustunligiga erishishga qanchalik yordam beradi? Kompaniya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi?
3.1.-chizma. Vaziyat tahlilining strategik tanlovga.