-F- fikringizni bayon eting
|
|
-S- fikringiz bayoniga sabab
ko‘rsating
|
|
-M- ko‘rsatgan sababingizni
asoslovchi misol keltiring
|
|
-U- fikringizni
umumlashtiring
|
| “Insert” metodi
Metodning maqsadi:
Mazkur metod talabalarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni o‘zlashtirilishini engillashtirish maqsadida qo‘llaniladi, shuningdek, bu metod o‘quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
bosqich. Yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn talabalarga tarqatiladi;
bosqich. talabalar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‘z shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
“V” – tanish ma’lumot.
“ - ” – bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman.
“+” – bu ma’lumot men uchun yangi.
“?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak.
Belgilangan vaqt yakunlangach, talabalar uchun notanish va tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlar tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati to‘liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashg‘ulot yakunlanadi.
KEYS STADI
Tashkilot 8 % yillik ustama xisobidan 100 mln. so’m mijozga ssuda berdi.
Savol: 3 oydan so’ng (foizlardan foizlarni xisobga olmaganda) Tashkilotning daromadi qancha bo’ladi?
Korxona 100 mln. so’mga teng shaxsiy kapitalga ega bo’lib, u yana Tashkilotdan yillik 10 % lik ustama bilan 50 mln. so’m kredit olmoqchi. Rejaga asosan foyda 30 % ni tashkil qiladi.
Savol: Tadbirkorning daromadi qanchaga teng bo’ladi?
Sizning 100 mln. so’mga teng kapitalingiz bor. Siz bu mablag’ni ikki alternativ soxaga qo’yishingiz mumkin, ya’ni kinofilm ishlab chiqarishga va savdoga;
Kinofilm ishlab chiqarishga sarf qilishning muvafaqqiyati extimolligi 0,2 ga, savdoniki 0,7 ga teng;
Kinofilmga sarf qilingan xarajatlarning muvafaqqiyatsizligi extimolligi -0,5 ga, savdoniki 0,3 ga teng;
Muvafaqqiyatga qozonganda kinofilm 90 %, savdo esa 30 % daromad beradi.
Savol: Qaysi soxaga pul qo’yish ko’proq daromad beradi?
Jamg’arma Tashkilot 100 ming so’mdan ortiq pul qo’yilmalari bo’yicha quyidagicha ustama xaq e’lon qildi:
bir yildan kam bo’lmagan muddatga 150 % yillik daromad;
olti oydan kam bo’lmagan muddatga – 130 % yillik daromad;
uch oydan kam bo’lmagan muddatga – 120 % yillik daromad.
Savol: Sizni 100 ming so’mingiz bor, bu pulni qaysi jamg’arma shakliga qo’yish samarali bo’ladi?
Siz 100 mln. so’mni lotoreya o’yinini tashkil qilish va o’tkazishga sarf qilmoqchisiz. Lotoreya shartiga ko’ra katta xajmdagi pul yutuqlari chiqarilgan lotoreya biletlarining bir qismini tashkil etadi. Lotoreya biletlarining soni 10 mln. dona. Bir dona lotoreya biletining narxi 1000 so’m. “Baxtli bilet” yutug’i 1 mln. so’mga teng. Siz 30 % foyda olishni ko’zlayapsiz.
Savol: Bir dona lotoreya bileti sotib olganda, yutish extimolligi qanday bo’ladi?
Maxsulotlarni sotishdan tushgan tushum 10000 pul birligiga teng. Moddiy sarf xarajatlar 5000 pul birligiga teng.
Qo’shimcha xarajatlar – 1000 p.b.
Foydadan soliq stavkasi 32 % ni tashkil qiladi.
Savol: Foyda, foyda solig’i va sof foyda nimaga teng?
Asosiy fondlarning sotuv baxosi 100000 pul birligiga teng. Asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati 1000000 so’m. Asosiy fondlarning bir yillik eskirish chegirmasi 10 % ga teng.
Asosiy fondlardan foydalanish muddati 4 yil. Inflyatsiya indeksi 10.
Savol: Asosiy fondlarni sotishdan tushadigan foyda va asosiy fondlarni qoldiq qiymati qanchaga teng?
Siz Tashkilotdan 10 oy muddatga 1 mln. so’m kredit oldingiz. Oylik krendit stavkasi 30 % ga teng. Foizini xisoblash oddiy usulidan foydalaning.
Savol: Siz kredit uchun qancha foiz ustama xaq to’lashingiz kerak?
Sizga quyidagi bitimni taklif qilishdi:
siz Tashkilotka pul qo’ysangiz bu mablag’ xar oyda ikki barobar oshadi (ya’ni birinchi oy oxiriga kelib u 2 barobar, ikkinchi oy oxiriga kelib 4 barobar va xakozo)
bitimga ko’ra siz xar oy Tashkilotka 2400 p.b. to’lashingiz kerak, ya’ni Tashkilot xar oy oxirida pulingiz 2 barobar o’sganda 2400 p.b. ni ushlab qoladi.
Savol: Bu bitim siz uchun foydalimi?
KEYS STADI
Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi kombinatga, jamoa tomonidan saylangan yosh mutaxassis raxbar bo’ldi. U o’ziga ishongan, mansabparast bo’lib, kombinat ishi ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish niyatida yonib ish boshladi.
Direktor Yaponiyada bo’lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish bo’yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g’oyasi uni juda qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste’mol extiyojiga ega bo’lgan tovar, bozorda yaxshi raketkalar yo’q, xatto sifatsizlari xam kam degan xulosaga kelgan, o’zi xam tennis ishqibozi bo’lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi.
Raketkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qiyin emas, mebel tayyorlovchilar raketkani tayyorlashni tez o’zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni chiqindilardan xam ishlab chiqarsa bo’ladi, deb qaror qildi yosh raxbar.
O’z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo’limi xodimi va buxgalterni yig’ib, o’zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo’ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil qiladi, deb xom cho’t qilindi.
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish o’ylantirib qo’ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko’ra ikki turdagi: qimmat- yuqori sifatli va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan savol ularni qiynab qo’ydi.
Qimmat raketkalar albatta ko’p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy extiyojga ega bo’ladimi? Qimmatlarini ko’p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi sotilmay qolishi mumkin. Arzonidan ko’p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat raketkani xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan birga pulni yo’qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel kombinati raxbari va mutaxassislarini qiynab qo’ydi.
kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab chiqaramiz, tavakkalchilikdan yo’qotishni xam minimallashtiramiz dedi, extiyotkor buxgalter.
Men bu fikrga qo’shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab chiqarish xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb xisoblayman. Shunda yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam tavakkalchilikka asoslangan, lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday yutmaydi, deb o’z fikrini ma’qulladi.
Rejalashtirish bo’limi boshlig’i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni “oltin” o’rtasini qabul qilish, ya’ni ko’p xam emas, kam xam emas darajada ishlab chiqarish kerak dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |