Yuqoridagi xossalardan foydalanib misolni quyidagicha hisoblash mumkin.
Yechim: kasrlarni surat va maxrajini qisqartirib yuborsak, maxrajlari bir xil bo’lib
qolarkan.U holda faqat suratlarini qo’shib qo’yamiz
1
Javob: ;
3
Kasr mavzusini ham tushintirganda hayotga tadbiq etgan holda, qayerlarda
kasrdan foydalansak bo’ladi shularni aytish kerak. Ayniqsa ko’rgazmali rasmlar
orqali chorak qismi, yarmi, nimchoraklarni tushuntirsa o’quvchiga tushunarli
bo’ladi.
6- sinf darsligidan o’quvchilarning yo’l qo’yadigan ba’zi xatolari.
1. Proporsiya yoki nisbat.
5 𝑥
Misol: =
9 4
Bunday misollarni yechishda o’quvchi proporsiya nima qanday xossalari bor,
tenglamada noma’lum had qanday topiladi kabi savollarga javoblarni bilishi kerak.
Proporsiyaning oltin qoidasi: Chetki hadlar ko’paytmasi,o’rta hadlar
ko’paytmasiga teng.