Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti d. Lutfullayeva, M. Saparniyazova


 Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan chiqarilgan ilmiy



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/47
Sana01.01.2022
Hajmi1,72 Mb.
#285382
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
o`zbek tili va adabiyoti bo`yicha magistrlik dissertatsiyasini yozish va himoya qilish tartibi (d. lutfullayeva, m. saparniyozova)

6.3. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan chiqarilgan ilmiy 

xulosalarni umumlashtirishga doir ko‘rsatma!ar.

Ilmiy  xulosa  har  qanday  tadqiqot  ishining  mag'zi  va  uning  eng  zaruriy 

qismidir.  Ilmiy  xulosa tadqiqotchining kuzatgan,  tavsiflagan  hodisasi haqidagi  ilmiy 

qarashalri  majmuidir.  Ilmiy xulosa ixcham,  tushunarli,  aniq, tadqiqotchi  bayon etgan 

tavsiflardan kelib chiqqan holda shakllantirilishi zarur.

0 ‘zbek  tili  yo‘nalishi  bo‘yicha  magistrlik  dissertatsiyasi  mavzusini  tadqiq 

etish  jarayonida  talaba  ko‘tarilgan  nazariy  muammoni  til  materiallari  yordamida 

ilmiy  asoslab  berishi,  xulosalarim  umumlashtirishi,  erishgan  natijalarini  umumiy 

xulosalarda birma-bir bayon etishi lozim bo‘ladi.

Magistrlik  dissertatsiyasida  mavjud  bo‘lgan  har  bir  bob,  band  (paragraf), 

albatta,  o‘z  ilmiy  xulosasi  bilan  yakunlanishi  lozim.  Bandlaming  xulosalari  bo‘lim 

xulosasida,  bo'limlamiki  bob  xulosalarida  va nihoyat,  boblaming  xulosalari  ishning 

umumiy xulosasida yakunlanishi lozim.

Xulosalar mana shu tarzda bosqichma-bosqich biri  ikkinchisini to‘ldirib kelgan 

taqdirdagina  magistrlik  dissertatsiyasida  yaxlitlik  va  izchillik  saqlangan  bo‘ladi. 

Bunday  izchil  ilmiy  xulosalar  tizimiga  ega  bo‘lmagan  magistrlik  dissertatsiyasi 

mukammal  ilmiy  tadqiqot  emas,  balki  tartibsiz hodisalar tavsifidan  iborat  ish  bo‘lib 

qoladi.


Talaba  0 ‘zbek  tili  yo‘nalishi  bo‘yicha yoziladigan  magistrlik  dissertatsiyasi 

mavzusida  ko‘tarilgan  nazariy  muammoni  tadqiq  etishda  mavzuga  aloqador  o‘zbek 

adiblarining  badiiy  asarlaridan,  zarur  o'rinlarda  publitsistik  va  so‘zlashuv  nutqi 

materiallaridan  foydalanib  ish  ko‘radi.  Mavzuni  yoritishda  faktik  materiallar 

vazifasini  o'tovchi  bunday  misollar  magistrlik  dissertatsiyasi  mavzusi  mohiyatiga 

muvofiq  kelishi,  to‘g‘ri  va o'rinli  tanlanishi  lozim.  Zero,  to‘g‘ri  va o‘rinli  tanlangan 

faktik  materiallar  mavzu  yuzasidan  haqqoniy  ilmiy  xulosalar  chiqarishga  yordam 

beradi.



Magistrlik  dissertatsiyasida  ko'tarilgan  nazariy  muammo  yuzasidan  ilmiy 

asoslangan  nazariy  xulosalar  chiqarishda  talaba  tanlagan  tadqiq  usuli  ham  muhim 

ahamiyatga ega.

Zamonaviy  tilshunoslikda  tilga  sistem  yondashuv  asosida  til  materiallrini 

tavsiflash,  chog‘ishtirish-qiyoslash,  zidlash,  bevosita  ishtirokchilarga  ajratish, 

transformasiyalash, modellashtirish kabi tahlil usullaridan foydalanish samarali natija 

bermoqda.

O'zbek  tili yo'nalishi  bo'yicha yoziladigan magistrlik  dissertatsiyasida mavzu 

yechimiga  xizmat  qiluvchi  bu  kabi  tadqiq  usullarining  to'gri  tanlanishi  maqsadga 

muvofiq.  To'gri tanlangan tadqiq usuli  magistrlik  dissertatsiyasida o'ranilayotgan  til 

hodisasining nafaqat bevosita kuzatishda berilgan umumiy jihatini, balki faqat nutqda 

reallashuvchi  yashirin  xususiyatlarini  ham  aniqlashga  imkon  beradi  hamda  mavzu 

bo'yicha asosli va to'gri  ilmiy xulosalar chiqarishga yordam beradi.

Talaba  magistrlik 

dissertatsiyasi 

mavzusiga  oid  nazariy 

xulosalami 

umumlashtirish jarayonida  ko'tarilgan  muammo  yuzasidan  o'z  shaxsiy  qarashlarini 

ham  ifoda etishi  lozim  bo'ladi.  Ba’zan  magistratura talabasining  kuzatishlari  asosida 

chiqargan  shaxsiy  xulosalari  mavjud  ilmiy  manbalardagi  nazariy  xulosalarga  mos 

kelmasligi  mumkin.  Bunday  holatda  talaba  o'z  ilmiy  qarashlarini  to'plagan  faktik 

materiallari  asosida to'g'ri  asoslay  olsa,  magistrlik  dissertatsiyasining  ilmiy-nazariy 

qimmati yanada oshadi.

Talaba  magistrlik  dissertatsiyasi  mavzusida  ko‘tarilgan  muammo  yuzasidan 

to'g'ri nazariy xulosalar chiqarishi uchun mavzuga aloqador barcha ilmiy manbalami 

chuqur o'rganishi,  ulami  qiyosiy  tahlil  qilishi  lozim.  Shundan  so'ng u umumlashma 

xulosalar  chiqarishi  va  to'plagan  faktik  materiallari  asosida  rejadagi  masalalarni 

yoritib berishi lozim bo'ladi.




Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish