2. FALSAFIY MUAMMOLAR BILAN BOGʻLIQ OQIM VA TA’LIMOTLAR . - Falsafa fanining muammolari, o’z xususiyatlariga ko’ra, azaliy va yoki o’tkinchi bo’lishi mumkin. Azaliy muammolar
- insoniyat paydo bo’lgan davrdayoq vujudga kelgan bo’lib, toki odamzod mavjud ekan, yashayveradi. Chunki insoniyat
- taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kun tartibiga qo’yilaveradi. Ularni o’rganish jarayonida ilm fan taraqqiy etib boradi.
- Monizm (yunoncha — monos, ya’ni yakka ma’nosini anglatadi) — olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta
- asosga ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir.
- Dualizm (lotin tilida dua, ya’ni ikki degan ma’noni ifodalaydi) — olamning asosida ikkita asos, ya’ni modda va
- materiya bilan birga ruh va g’oya, ya’ni ideya yotadi deyuvchi qarash.
- Plyuralizm (lotin tilida plyural, ya’ni ko’plik degan ma’noni anglatadi) — olamning asosida ko’p narsa va ideyalar
- yotadi deb e’tirof etadigan ta’limotdir.
- Materializm — olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor
- deb biladigan ta’limot.
Idealizm — olamning asosida ruh yoki g’oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limot. - Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o’zaro aloqadorlik va taraqqiy
- etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, umrning mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog’liq ko’pdan-ko’p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining
- azaliy muammolari sirasiga kiradi.
3. OʻZBEK FALSAFASI, UNING ZAMONAVIY RIVOJLANISH MUAMMOLAR. - Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani shakllantirish uchun imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug’
- ajdodlarimiz tamal toshini qo’ygan o’zbek milliy falsafasini rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari
- mavjud. Bu borada, avvalo, Prezident Islom Karimov asarlarida o’zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib berilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Prezidentimiz falsafa oldidagi bugungi muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo’llariga alohida e’tibor bermoqda.
- Shu bilan birga, bugungi o’zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o’rin tutadi:
- - xalqimizning o’z milliy an’analariga sodiqligi;
- - mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
- - muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
- - mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
- O’zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning echimini topishga bog’liq:
- - birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g’oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko’rsatib berishni taqozo qiladi. O’z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo’q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
- - ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo’lish va ulardan ijodiy foydalanishga to’siq bo’lmoqda;
- - uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g’oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish,
- mafkuraviy bo’shliqni yangi g’oyalar bilan to’ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Eʼtiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |