Geometrik
materiallarni
oʻrgatishda axborot texnologiyalaridan
foydalanish.
Boshlang‗ich matematika fanidan oʻquv dasturida geometrik material katta
oʻrinni oladi. Geometrik materialni oʻrganishning asosiy maqsadi geometrik
figuralar haqida, ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari
orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba‘zi xossalari haqidagi tasavvurlarning
toʻla sistemasini tarkib toptirishdan iborat.
134
Boshlang‗ich
sinflarda
geometrik
materialni
oʻrganish
sistemasi
quyidagilardan iborat:
1. Geometrik figuralardan sanash ob‘ektlari sifatida
foydalaniladigan masalalar. Bu xil masalalarni
еchishda asosan zarur atamalar oʻzlashtiriladi
2. Geometrik kattaliklar (uzunlik, yuz) haqidagi
tasavvurlarni va kesmalarni, figuralar yuzlarini
oʻlchash koʻnikmalarini shakllantirish bilan bog‗liq
masalalar.
3.
Koʻpburchaklarning
perimetrlarini,
toʻg‗ri
toʻrtburchakning yuzini topishga doir masalalar.
4. Parametrlari bilan berilgan figuralarni (toʻg‗ri burchakli uchburchak, tomonlari
berilgan toʻg‗ri toʻrtburchaklar va h. k.) elementar yasashlarga doir masalalar.
5.Geometrik figuralarni katak qog‗ozda, chiziqsiz silliq qog‗ozda chizg‗ich,
goʻniya yordamida (oʻlchamlarni hisobga olmay) elementar yasashga doir
masalalar.
6. Figuralarni sinflarga ajratishga doir masalalar.
7. Figuralarni qismlarga boʻlish (shu jumladan teng qismlarga boʻlish)ga doir
masalalar va boshqa figuralardan figura tuzishga doir masalalar.
8. Harfiy belgilashlardan foydalanib, geometrik chizmalarni
oʻqishning asosiy koʻnikmalarini shakllantirish bilan bog‗liq
masalalar.
9. Predmetlar yoki ular qismlarining geometrik shakllarini aniqlash bilan bog‗liq
masalalar.
135
Geometrik figuralar haqidagi fazoviy tasavvurlar, geometrik figuralarni
chizmachilik va oʻlchash asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz
oʻlchash va yasashlarning amaliy malakalarini (koʻzda chamalash, qoʻlda chizish
va hokazo) tarkib toptiriladi; oʻquvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda
rivojlantiriladi.
Geometrik bilimlar (geometrik figuralarni) ni tasviriy axborotlarsiz ya‘ni,
tasvirlarsiz oʻrgatish mumkin emas. Axborot texnologiyalari yordamida har xil
tabiatli predmetlar va geometrik figuralarning modellari bilan ish koʻrib
oʻquvchilar ularning materialiga, rangiga, holatiga, og‗irligiga va boshqalarga
bog‗liq boʻlmagan umumiy belgilarini (alomatlarini) hamda oʻziga hos boʻlgan
xususiy belgilarini topadilar.
Bunga geometrik namunalarni mujassamlashtirish usulini sistemali ravishda
qoʻllanish bilan erishiladi. Masalan, ekranda toʻg‗ri chiziq vaziyatini oʻzgartirish,
ya‘ni uni gorizontal, vertikal va qiya holda tasvirlash, toʻg‗ri chiziq faqat chizg‗ich
yordamidagina hosil boʻlmay, balki u harakatlanuvchi nuqtaning (qalam uchining)
izi yordamida hosil boʻlishini maxsus videoroliklar asosida oʻrgatish mumkin.
Dastllab figuralar va ularning nomlari bilan dastlabki tanishtirish yakunlanishi
bilan, bu ish atrofdagi moddiy narsalar, figuralarning tayyor modellari va tasvirlari
yordamida bajariladi. Oʻquvchilarda sekin-asta figuralarni oʻrganish sxemasi,
ularning har bir figura xossalarini oʻzlashtirishlarini osonlashtiruvchi analiz va
sintez qilish sxemalari tarkib topadi, ya‘ni geometrik rivojlanishning eng yuqori
bosqichiga oʻtish amalga oshadi.
Atrof-muhitdagi predmetlarda toʻg‗ri chiziq kesmasini koʻrsatishga doir
didaktik oʻyin oʻtkazish mumkin. Slaytda tasvirlar (masalan, shkafning qirralari,
136
pol bilan devor tutashadigan joylar yoki shift bilan devorlar tutashadigan joylar va
hokazolar) namoyish qilinadi. Oʻquvchilar tasvirlarda namoyish etilgan
predmetlardagi toʻg‗ri chiziq kesmasini koʻrsatadilar va tushunchalarini
mustahkamlaydilar.
Elektron koʻrinishdagi modellar koʻpburchaklarning alomatlarini ajratishga
doir ish klassifikatsiyalash ishiga asos boʻladi. Bu ishning mohiyati berilgan
turdagi ob‘ektlarga tegishli boʻlgan va bu ob‘ektlarni boshqa turdagi ob‘ektlardan
farqlantiruvchi muhim alomatlarga koʻra shu ob‘ektlarni gruppalashdan
(ajratishdan) iborat. Bu logik operatsiya yordamida geometrik figuralar haqidagi
bilimlar sistemalashtiriladi, umumlashtirishga doir qobiliyatlar rivojlantiriladi.
Geometrik figuralarning modellari yordamida figuralarni klassifikatsiyalashga
doir har xil mashqlarni bajarish mumkin:
1. Figuralarni rangiga koʻra har xil gruppalarga ajratish.
2. Figuralarni aralashtiring va formalari boʻyicha oʻxshash gruppalarga
ajratirish.
3. Berilgan koʻpburchaklarni rang va boshqa belgilariga koʻra qarab
gruppalash.
Geometrik figuralarning modellari yordamida figuralarni qismlarga ajratish
va qismlardan yangi figuralar tuzishga doir (applikatsiyalar yasashga doir),
naqshlar tuzishga doir masalalar bilan bog‗liq boʻlgan har xil topshiriqlarni
bajarish mumkin. Bunday mashqlar bolalarning geometrik tasavvurlarini boyitadi,
geometrik «sezgirlik»ni, fazoviy tasavvurni rivojlantirishga imkon beradi.
Dasturda koʻrsatilishicha, boshlang‗ich sinflarda geometriya elementlarini
oʻrganish maqsadlariga javob beruvchi ish turlaridan biri tanish geometrik
figuralarni atrof sharoitda va chizmada tanishga doir mashqlardir (xususan, bu
figura murakkabroq konfiguratsiya elementlaridan biri boʻlgan holda ham.)
Bu ish oʻz ichiga murakkab figuralarda (chizmalarda) tanish figuralarni
topish, bir nechta figuradan iborat, figurani, bir nechta figuraning umumiy
qismidan iborat figurani topish yoki umumiy elementga ega figuralarni izlashga
137
doir mashqlarni oladi. Darsliklarda quyidagi xildagi mashqlar sistemasi shu
masalaga boʻysundirilgan.
1. Berilgan figuralar orasidan koʻrsatilgan xossalarga ega boʻlgan figurani
topish. Masalan, rasmga qarab bu figuralar nima deb atalishini ayt. Toʻrtburchaklar
orasidan toʻg‗ri toʻrtburchaklarni top. Toʻrtburchaklar orasidan kvadratni koʻrsat
2. Murakkab chizmadan bir nechta figuradan tashkil topgan figuralarni izlash.
Masalan, chizmada uchburchaklar nechta (rasm)?
3. Bu chizmada (rasm) nechta uchburchak bor? Ularni nomlang va yozing.
Bu xil mashqlarda berilgan murakkab figurani tashkil etuvchi figuralarni izlab
topish, shuningdek bir nechta figurani birlashtirib hosil qilish mumkin boʻlgan
figuralarni izlab topish talab qilinadi.
Koʻrsatilgan, mashqlarni bajarishda oʻquvchilar quyidagilarni oʻrganib
olishlari muhimdir:
1) murakkab figuradan uni tashkil etuvchi qismlarni ajratish va ularning har
biri figura ekanini tushunish;
2) bir nechta figuraning birlashishi yoki
kesishishi natijasida hosil boʻladigan yangi figurani
koʻz oldiga keltirish;
3) ayni bir figuraning oʻzi har xil tushunchalarga kiritilishi mumkinligini va
shu tufayli har xil atalishini tushunish.
138
Ammo bolalarni yuqorida aytilganlarni tushunishlari uchun ularni sekin-asta
tayyorlab borish kerak.
Sinfdan sinfga oʻtilgan sari mashqlar qiyinlasha boradi. Masalan, III sinf
darsligiga chizmadan umumiy elementlarga ega boʻlgan figuralarni topish talab
qilinadigan mashqlar kiritilgan. Shu munosabat bilan oʻqituvchida bu masalalar
bilan ishlashda metodik qiyinchiliklar paydo boʻladi.
Figura (nuqta, kеsma, koʻpburchak) tushunchasi haqida tasavvurni
shakllantirish va ularni chizish, ayrim xossalari bilan tanishtirish mеtodikasi.
Sodda gеomеtrik shakllarni yasash ishlari bilan tanishtirish.
Quyida keltirilgan mashqlar darsliklarda berilgan mashqlarni bajarish uchun
uslubiy tayyorgarlikni ta‘minlaydi. Oʻqituvchi ishini qanday osonlashtirish, shu
bilan birga oʻquvchilarni bu xil mashqlarni ongli bajarishga qanday oʻrgatish
kerak?
Mashqni bajarishga kirishishdan oldin oʻqituvchi uning maqsadini va
mashqlar sistemasidagi oʻrnini bilib oladi, oʻrgatish usullarini belgilaydi, yoʻl
qoʻyilishi mumkin boʻlgan xatolar va kamchiliklarni taxlil qiladi.
Bunda oʻqituvchilar bir yoki bir nechta belgisiga koʻra figuralarni tanlashga
doir mashqlarni bajarishga katta e‘tibor beradilar.
Masalan:
1. Rasmni qarab chiq va ayt:
a) hamma katta figuralarni;
b) hamma shtrixlanmagan toʻrtburchaklarni;
v) shtrixlangan kichik kvadrat chapdan oʻngga
qarab hisoblaganda nechanchi
oʻrinda turibdi? (rasm).
139
2. Figuralarni qara:
a) ulardan har birining hamma nomini ayt (masalan: 1-koʻpburchak,
toʻrtburchak, toʻg‗ri toʻrtburchak; 3-koʻpburchak, kvadrat);
b) hamma toʻrtburchaklarning nomerini yoz;
v) hamma kvadratlarning nomerini yoz;
g) hamma toʻrri toʻrtburchaklarning nomerini yoz.
Oʻquvchilar murakkab chizmalarni qarashda ular tashkil topgan figuralarni
nisbatan oson topadilar.
3. Figuralardan teng-tomonga ega boʻlgan ikkita toʻg‗ri
toʻrtburchak tanla
(oʻquvchilar toʻg‗ri toʻrtburchak va kvadratni tanlashlari mumkin.) Ularning teng
tomonlarini yonma-yon qoʻyib shunday birlashtirki, natijada yangi figura hosil
boʻlsin:
a) Qanday figura hosil qildingiz? (Toʻg‗ri toʻrtburchak)
b) Toʻg‗ri toʻrtburchak qanday figuralardan tuzilgan? (Ikkita toʻg‗ri
toʻrtburchakdan.) Yoki: Siz yangi toʻg‗ri toʻrt-burchak hosil qilish uchun qanday
figuralarni birlashtirdingiz?
v) Hamma toʻg‗ri toʻrtburchaklar nechta? (Uchta toʻg‗ri toʻrchburchak: biz
ikkitasidan uchinchisini tuzdik.)
Bu masalaga еtarlicha e‘tibor berish kerak, Chunki oʻquvchilar ikkita figurani
bir-biri bilan birlashtirib, yangi, berilgan ikkita figuradan tuzilgan uchinchi figurani
hosil qilish mumkinligining mohiyatini konkret misolda oson «ilib» oladilar.
g) Qaysi figuraning qismi toʻg‗ri toʻrtburchak boʻladi?
(Tuzuvchi figuralardan istalgani koʻrsatiladi.)
Shunday qilib, figuralar modellarini bir-biriga, ular umumiy tomonga ega
boʻladigan qilib yaqinlashtirib, yangi figura hosil qilish mumkin, buning uchun
1
3
2
4
5
140
birinchi ikki figura tuzuvchi figura boʻladi. Yangi figura hosil qilish uchun
ikkitagina emas, balki uchta va undan koʻp figuralarni birlashtirish mumkin. Bu xil
ishda murakkab figuralarni chizmalardan qarashgina emas, balki bu figuralar
tasvirlarini yasash yoki didaktik materialdan foydalanib, ularni tuzish ham
muhimdir.
6. Toʻg‗ri toʻrtburchak va istalgan uchburchakni ularning bir tomoni umumiy
boʻladigan qilib yasalgan modellarni namoyish qilish (masalan, rasmga qarang).
a) Biz qanday figurani hosil qildik? (Beshburchak.)
b) Beshburchak tuzilgan figuralarni ayting.
v) Bu figuralarning umumiy tomoni boʻlgan kesmani belgilang.
g) Hosil boʻlgan chizmadan hammasi boʻlib nechta koʻpburchak topish
mumkin?
Oʻquvchilar murakkab figurani shundaygina qaramaydilar, balki uni analiz
qiladilar, tuzuvchi figuralarni topadilar.
Yuqorida tavsiflangan ish turlarioʻquvchilarga boshlang‗ich maktabda
oʻrganiladigan geometrik figuralar analizi va sintezini mohirona oʻtkazishga
yordam beradi.
Bolalar oldin figura elementlarini ajrata olishlari, figurani uning aniqlovchi
xossalari boʻyicha bila olishlari kerakligi tushunarli.
Bolalarni figuralarning burchaklari, tomonlari, uchlari bilan tanishtirish.
Oʻquvchilarni toʻg‗ri burchak bilan tanishtirish maqsadida bunday amaliy ish taklif
qilinadi. Partalarga oldindan chekkalari tekis boʻlmagan har xil rangli qog‗oz
varaqlari yoyib qoʻyiladi.
141
Oʻqituvchi oldin bir
varaq qog‗oz olishni va uni
ikkiga
buklashni
taklif
qiladi, buni qanday qilishni
namoyish qilib koʻrsatadi.
Shundan keyin hosil boʻlgan yarim varaqni yana ikkiga buklashni taklif qiladi.
Toʻg‗ri burchak modeli hosil boʻlganini tushuntiradi.
Toʻg‗ri toʻrtburchak bilan kvadratning muhim xossalarini ajratish, ular
oʻxshashliklari va farqini ta‘kidlash uchun oʻquvchilarni bu figuralar bilan
tanishtirishda maxsus usulda amaliy ish tashkil qilish kerak.
Oʻquvchilar toʻg‗ri burchak bilan tanishadigan darsning bir qismini
keltiramiz:
Monitorda har xil toʻrtburchaklar (toʻg‗ri toʻrtburchaklar) namoyish qilinadi,
bu figuralar orasida kvadratlar, bir va ikki burchagi toʻg‗ri burchak boʻlgan
toʻrtburchaklar ham bor.
Oʻqituvchi suhbat oʻtkazadi:
— Bu figuralar nima deb ataladi? (Toʻrtburchaklar.) Bu figuralarni boshqacha
qanday aytish mumkin? (Koʻpburchaklar.) Toʻg‗ri burchak modeli yordamida bitta
burchagi toʻg‗ri boʻlgan toʻrtburchak toping. Shu toʻrtburchakni koʻrsating.
(Oʻquvchilar koʻrsatishadi.)
Ikkita burchagi toʻg‗ri boʻlgan toʻrtburchak toping va ikkita burchagi toʻg‗ri
boʻlgan toʻrtburchakni koʻrsating.
Uchta burchagi toʻg‗ri boʻlgan toʻrtburchak toping.
Birmuncha vaqt oʻtgandan keyin oʻquvchilar, agar toʻrtburchakning uchta
burchagi toʻg‗ri boʻlsa, uning toʻrtinchi burchagi ham toʻg‗ri boʻlishini
payqaydilar.
Oʻqituvchi hamma burchaklari toʻg‗ri boʻlgan toʻrtburchak toʻg‗ri
toʻrtburchak deyilishini tushuntiradi.
142
Toʻg‗ri toʻrtburchakning muhim va nomuhim xossalarini oʻquvchilar
yaxshilab tushunib olishlari uchun oʻyin xarakteridagi topshiriqlar kiritiladi.
Masalan «Ortiqcha figurani olib qoʻy» deb ataluvchi oʻyin toʻg‗ri toʻrtburchakning
muhim xossalarini ham, nomuhim xossalarini xam ajratish imkonini beradi.
Toʻplamga turli rangli koʻpburchaklar qoʻyiladi ( rasm).
Suhbat oʻtkaziladi, bu suhbatda ushbu savollar qoʻyiladi:
— Bu figuralar nima deb (ataladi? (Koʻpburchaklar.) Bu koʻpburchaklarda
nima umumiy? (Koʻpburchaklarning hammasining toʻg‗ri burchaklari va ularning
toʻrttadan tomoni bor.) Rasmda qaysi figura ortiqcha va boshqa figuralarga
oʻxshamaydi? (4, 5 figura.) Nega? (4, 5 figuralar toʻg‗ri boʻlmagan burchaklarga
ega) Oʻqituvchi shu koʻpburchakni olib qoʻyadi. 1, 2, 3 toʻrtburchaklar nima deb
ataladi? (Toʻg‗ri toʻrtburchaklar.) Bu toʻg‗ri toʻrtburchaklar nimasi bilan farq
qiladi? (Ular har xil rangli, har xil joylashgan, ular tomonlarining uzunliklari har
xil.) Nima uchun 4- figurani toʻg‗ri toʻrtburchak deb boʻlmaydi? (Chunki uning
burchaklari toʻg‗ri burchak emas.)
Bunday topshiriq toʻg‗ri toʻrtburchakning birinchi muhim xossasini, ya‘ni
uning toʻrtburchak boʻlishini tushunishga yordam beradi.
Oʻquvchilar toʻg‗ri toʻrtburchakning ikkinchi muhim xususiyatini yaxshi
tushunib olishlari uchun, chunonchi hamma burchaklari toʻg‗ri boʻlgan
toʻrtburchak nima ekanini yaxshi tushunib olishlari uchun quyidagi oʻyin
oʻtkaziladi.
Ekranda toʻg‗ri toʻrtburchaklar koʻrsatiladi:
— Bu figuralar nima deb ataladi? (Toʻrtburchaklar.) Nega ular shunday deb
ataladi? (Ularning toʻrttadan tomoni bor.) Rasmda tasvirlangan toʻrtburchaklar
orasida qaysi figura ortiqcha? (5-figura.) Qolgan toʻrtburchaklarni qanday atash
2
3
4
5
143
mumkin? (Toʻg‗ri toʻrtburchaklar.) Nega? (Chunki bu toʻrtburchaklarning hamma
burchaklari toʻg‗ri.) Nega 5-nomerli figurani toʻg‗ri toʻrtburchaklar jumlasiga
kiritib boʻlmaydi, axir u ham toʻrtburchak-ku? (Chunki bu toʻrtburchakning
hamma burchagi ham toʻg‗ri emas.)
Oʻqituvchi ta‘kidlaydi: toʻg‗ri toʻrtburchak boʻlishi uchun toʻrtburchak
boʻlishning ozi еtarli emas, buning uchun toʻrtburchakning hamma burchaklari
toʻg‗ri boʻlishi ham kerak.
Shundan keyin oʻqituvchi bolalar e‘tiborini nomuhim xossalarga tortadi.
Toʻg‗ri toʻrtburchaklar har xil rangli boʻlishi, oʻlchamlari bilan farq qiluvchi, har
xil joylashishlari mumkinligi va boshqalar aniqlanadi. Shuningdek, toʻg‗ri
toʻrtburchaklarni koʻpburchaklar deb atalishi mumkinligi ham koʻrsatiladi.
Matematika fani dars ishlanmasidan na‘muna:
Do'stlaringiz bilan baham: |