Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ayupov ravshan hamdamovich



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana15.11.2022
Hajmi0,88 Mb.
#866096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xrpt hgi6i0x9rbui8zrkmrohydkx008z9tvg25b04z8k1suygc9uun4hrd6pd4fbl2hcvjco9a2zskl

 
KIRISH 
Hozirgi shiddatli rivojlanish davrida raqamli texnologiyalar va u 
bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha samarador uskunalar hayotimizga 
tezkorlik bilan kirib kelmoqda. Shuning uchun ham respublikamizning 
iqtisodiy taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida mamlakatimiz 
rahbariyati bu sohaga oid bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Misol 
sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 25 yanvarda 
mamlakat taqdiri uchun ahamiyatli bo‘lgan eng muhim ustivor vazifalar 
haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham mamlakatimizda raqamli 
texnologiyalarning rivojlanishi bo‘yicha quyidagi vazifalarni ko‘rsatib 
o‘tdi: “Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni 
chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, 
raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni 
jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida 
mеn yurtimizda 2020 yilga “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish yili”, dеb nom bеrishni taklif etaman”. Undan tashqari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 
sonli “
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
”gi Farmonini ijro etish 
borasida
1
, shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat 
boshqaruv tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish 
bo‘yicha sharoitlar yaratish, axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida 
Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad 
va vazifalarini belgilab beradigan “
O‘zbekiston Respublikasida raqamli 
iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida
” Qaror qabul qildi, hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 yildagi “
O‘zbekiston 
Respublikasida 
raqamli 
iqtisodni 
rivojlantirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida
”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni



Ushbu qaror bo‘yicha quyidagilar raqamli texnologiyalarni yanada 
rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar deb ko‘rsatilgan: 

Raqamli texnologiylarni yanada rivojlantirish uchun innovatsion 
g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat 
organlari va tadbirkorlik sub’yektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash. 

Kriptoaktivlar bo‘yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari 
sohasida halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama 
rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yuqori 
malakali horijlik mutaxassislarni jalb qilish. 

Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun 
kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart 
kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, 
boshqarish, sug‘urtalash, kraud-funding (jamoaviy moliyalashtirish), 
shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish. 

Blokcheyn 
texnologiyalarni 
ishlab 
chiqarish 
va 
ulardan 
foydalanish sohasida amaliy ish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan malakali 
kadrlarni tayyorlash. 

Horij tajribasini hisobga olgan holda blokcheyn texnologiyalarini 
joriy etish uchun huquqiy baza yaratish
2
.
Yuqori ko‘rsatib o‘tilgan farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli 
bajarilishi uchun raqamli texnologiyalarning ma’no-mohiyati nima va 
uning asosiy tushunchalari nimalardan iboratligi yaxshi bilib olish talab 
qilinadi. Ushbu qiziqarli va jozibali raqamli texnologiyalar sohasiga 
sayohatimizni boshlashdan avval, axborotlashgan jamiyat va u bilan uzviy 
bog‘liq bo‘lgan bir qancha asosiy tushunchalar bilan yaqindan tanishib 
chiqishga harakat qilamiz. Chunki shundagina ushbu monografiyada aks 
ettirilgan masala, muammo va kontseptsiyalarni to‘g‘ri tushunish mumkin 
bo‘ladi. Qisqa va lo‘nda qilib aytganda, 
raqamli texnologiya 
– bu jamiyat 
ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida 
elektron hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy 
etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir. 
Raqamli texnologiya atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun 
2
O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining PQ-3832 03.07.2018dagi“O‘zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori



ishlatiladi. Birinchidan, raqamli texnologiya – bu rivojlanishning 
zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining 
ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli texnologiya – bu 
o‘ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’yekti, axborotlashgan 
jamiyat hisoblanadi. Hozirgi davrda raqamli texnologiyalar nazariyasi o‘z 
rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki inson sivilizatsiyaning 
raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yil avvalgina boshlangan. 
Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko‘p 
qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo‘lgan bilimlarni ishlab 
chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‘lgan jamiyatga 
aytiladi. Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining bu bosqichiga jamiyat 
hayotida axborot, bilim va axborot texnologiyalari ahamiyatining yanada 
oshishi xosdir. Hozirgi davrda barcha rivojlangan mamlakatlarda tezkor 
sur’atlar bilan rivojlanayotgan raqamli texnologiyalarning asosiy turlaridan 
biri – blokcheyn va kriptovalyutalar bilan amalga oshiriladigan turli xildagi 
moliyaviy operatsiyalar bo‘lib, ularda faol va ishning ko‘zini bilgan holda 
ishtirok etish uchun ularning ma’no-mohiyatini bilish juda muhimdir. 
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, blokcheyn va kriptovalyutalar bilan 
ishlashning boshqalaridan asosiy farqi – ularning tuzilmasi tarqoq 
(
markazlashmagan
) holdaligidir. Blokcheyn va kriptovalyutalar tizimida 
biror-bir yagona markaz yoki bank mavjud emas va barcha tarmoq 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish