mutaxassislarini hamda jamoat tashkilotlari, davlat tuzilmalari, farmakologiya
kompaniyalari va fuqarolarning tashabbuskor guruhlari vakillarini birlashtirdi.
Ma‘lumki, bugungi kunda kо‗krak bezi saratoni muammosi juda jiddiy va dolzarb
muammolardan biri bо‗lib, ushbu xastalik О‗zbekiston va bir qator xorij
mamlakatlarining ayollari orasida tarqalish darajasi bо‗yicha ikkinchi о‗rinda
turadi.Anjuman davomida respublikamizda faoliyat kshrsatayotgan va xorijlik
mutaxassislar ushbu xastalikning xavf-xatar omillarini belgilab oldilar. Ular
51
-kashandalik;
-notо‗g‗ri ovqatlanish;
-ekologiya muammolari;
-oral kontratseptivlardan foydalanish;
-ortiqcha vazn kabi sabablar kirdi.
Mazkur muammoni sharhlash va kо‗krak bezi saratoni xastaligini yoritishdan
tashqari forum ishtirokchilari ushbu xastalikka qarshi kurashish va bunday
tashxisga ega ayollar sonini qisqartirish yо‗llarini taklif etishdi:
Mixail Davidov, N.N.Bloxin nomidagi GURONS, direktor, RFA va RTFA
akademigi, RTFA prezidenti, Rossiya, Moskva:
«Millat salomatligini ayollar salomatligisiz tasavvur qilib bо‗lmaydi. Ushbu
muammoga jamoat tashkilotlarini jalb etish kо‗krak bezi saratoni bilan xastalanish
xavfini kamaytirish borasidagi juda aniq va tо‗g‗ri qadamdir. Farmakologiya
kompaniyalarining yangi vositalarini izlash, ma‘rifat-targ‗ibot ishlarining sifatini
oshirish, skrining-markazlarining faoliyatini yо‗lga qо‗yish – bularning barchasi
yaxshi natijalarga olib keladi».
Marko Martussi, Rimda atrof-muhit va sog‗liqni saqlash masalalari bо‗yicha
Butunjahon sog‗liqni saqlash tashkilotining Yevropa markazi, Italiya, Rim:
«Fikrimcha, ―kо‗krak bezi saratoni‖ tashhisiga ega ayollar sonini qisqartirish
masalasi bо‗yicha kо‗rilishi zarur bо‗lgan choralarga quyidagilar kiradi:
- aholining onkologiya masalalaridagi xabardorligini keng darajada oshirish;
- maqsadli auditoriya bilan ishlash;
- erta tashxis qо‗yish;
- sog‗liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni yо‗naltirish».
Roman Barak, tibbiyot markazi, bosh terapevt, Isroil, Xayfa:
«Quyidagi uch qoida onkologik vaziyatni nazorat qilish imkonini beradi:
1. sog‗liqni saqlash tizimining professional savodxonligi
52
2. mamlakatning byudjet zahiralari
3. ushbu xastalikdan xabari bor va profilaktika jarayonidan о‗tishi zarurligini
biladigan ayollar mentalitetidagi rivojlanish.
Shunday qilib, kо‗krak bezi saratoni muammosini hal etish doirasida mutaxassislar
quyidagi umumiy usullarni ilgari surishdi:
- aholi о‘rtasida ma’rifat-targ‘ibot ishlarini olib borish;
Do'stlaringiz bilan baham: