Sut bezlari kistasi
Lokal fibroadenomatozning ko'rinishlaridan biridir. Deyarli barcha kistalar silliq
devorli kamera bo'lib, ichi to'q rangli to'qima suyuqligiga to'lgan, konsistentsiyasi
taranglashgan, teri bilan bog'lanmagan bo'ladi. Kistalar infektsiya bilan
zararlanganda yallig'lanish va yuzadagi teri qizarishi mumkin.
Sut yo'llari papillomasi
Fibroadenomatozning ko'rinishlaridan biridir. Bu kasallik uchun ko'krak uchidan
sariq rangdagi tiniq yoki qonli ajralmalar kelishi xosdir. Davolash jarroxlik yo'li
bilan: papillomali soha kesib olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |