Homilador ayol ko’krak bezi saratoni bilan kasallanishi mumkinmi?
Homiladorlik davrida diagnostika qilinadigan saraton kasalliklari orasida ko’krak
bezi saratoni eng birinchi o’rinni egallaydi.
Bolani emizish kasallikni oldini olishda yordam beradimi?
Ko’krak bezi saratoni oldini olishda ko’krak bilan emizish kafolat bo’la olmaydi,
lekin emizishni kamida 6 oy davomida amalga oshirish tavsiya etiladi.
Ko’krak bezi saratoni tug’ma bo’lishi mumkinmi?
Ko’krak bezi saratoni kasalligining umumiy ulushida 5-10% irsiy bo’lib, bunda
kasallik rivojlanish xavfi oshadi. Kasallikka tug’ma moyillik bo’lishiga jinsiy hujayra
genomidagi mutatsiyalar sabab bo’ladi. Mutatsiya qachon sodir bo’lgani
(homiladorlik davridami, katta yoshdami yoki onadan bolaga o’tgani) haqida aniq
ma’lumot hali mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |