Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika instituti



Download 11,57 Mb.
bet26/30
Sana23.02.2022
Hajmi11,57 Mb.
#124439
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
O'ZBEKISTONDA TABIATNI MUHOFAZA QILISH SUNNATULLAYEV JASURBEK

Zomin xalq tabiiy bog‘i

  • Sangzor daryosining ko‘p yillik o‘rtacha suv harajati sekundiga 4,9 m3/sek. Zomin xalq bog‘ining o‘simlik qoplami xilma-xil. O‘simlik qoplamining quyidagicha uchta balandlik (vertikal) mintaqasi (balandlik poyaslari) 1. O‘simlik qoplami har xil o‘tlar, betaga va bug‘doyiqdan iborat bo‘lgan tog‘ dasht mintaqasi (1300-2300m balandlikda);
  • 2. O‘rmon mintaqasi. Bu mintaqa dengiz sathidan 2000-2100 metrdan boshlanib, 2700-2800 metrgacha davom etadi. Bu yerda har xil o‘tlar va betagadan tashqari, archa o‘sadi. Archa o‘rmonlari - Turkiston archasi (o‘rikarcha), yarim sharsimon archa (sovurarcha) va Zarafshon archasi (qizilarcha) turlaridan iborat. Archa o‘rmonlarining yoshi o‘rtacha 200 yil. O‘rmon mintaqasida archa daraxtlaridan tashqari shilvi (uchqat), na’matak, irg‘iy, zirk va boshqa turli xil butalar o‘sadi;
  • 3. Baland tog‘ (subalp) mintaqasi 2700-2800 metrdan boshlanib, bu yerda har xil tikanli (tog‘li kserofit) o‘simliklaridan tashqari turli-tuman subalp o‘tlari o‘sadi.
  • Zomin xalq bog‘ining hayvonot dunyosi turli-tumandir. Bog‘ hududida va atroflarida sudralib yuruvchi hayvonlarning 6 turi, parandalarning 63 ta va sutemizuvchilarning 18 turi mavjud. Bu yerda sutemizuvchilardan – oq tirnoqli ayiq, to‘ng‘iz, silovsin, bo‘ri, tog‘ echkisi, arhar (tog‘ echkisi), jayron va boshqalar; parandalardan – kaklik, qirg‘iy, burgut, boltayutar, Himolay kurkasi; sudralib yuruvchilardan – qalqon tumshiqilon, giparilonlar va boshqalar yashaydi. Zomin xalq bog‘i tabiiy, ijtimoiy – iqtisodiy va rekreatsion xususiyatlarga ko‘ra, funksional zonalarga ajratilgan yagona rejalashtirilgan tizimdan iborat. Bog‘ hududi quyidagi uchta zonaga bo‘linib, bu funksional zonalar tog‘-o‘rmon mintaqasi, tuproq, suvni saqlash, xo‘jalik va rekreatsion ahamiyatga ega bo‘lgan flora va faunasini saqlash maqsadiga xizmat qiladi.

Zomin xalq tabiiy bog‘i

  • 1) Qo‘riqlanadigan zonaga barcha tabiiy zonalarni o‘z ichiga olgan uchastkalar (O‘rta Osiyo o‘rmonchilik ilmiy tadqiqot institutlarning Kulsoy tayanch punkti) kirgan. Bu zonaga ilmiy xodimlardan boshqa hech kim qo‘yilmaydi. U yerda tabiatni muhofaza qilishning qo‘riqxona rejimi o‘rnatilgan;
  • 2) Rekreatsiya uchun chegaralangan zonada faqat turistik gruppalarga so‘qmoqlar ajratilib, bir kunlik sayohatga borib kelishiga ruxsat etiladi. Bu zona qo‘riqxona uchun bufer vazifasini bajaradi;
  • 3) Intensiv rekreatsiya zonasi bog‘ning asosiy transport magistrali hisoblangan Zomin-Baxmal avtomobil yo‘lining ikki tomonida, dengiz sathidan 2000 metrdan 3000 metrgacha balandlikda joylashgan kompakt hududdir.
  • Bu zona tarkibiga rekreatsiya uchun eng qulay va borish oson bo‘lgan noyob xushmanzara landshaftlar, archazorlar, tabiat yodgorliklari va boshqa tabiiy ob’ektlar kiradi. Bu yerda rekratsiyaning hamma turlari, shuningdek, dam oluvchilarni joylashtirish, ularga madaniy-maishiy, tibbiy, transport xizmati ko‘rsatish boshqa xizmat turlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuni aytish kerakki, Zominsoy va Sangzor daryosi havzalarida joylashgan bu tabiiy bog‘, ayniqsa, uning Supa deb nomlanuvchi hududining landshaft sharoitlari, dengiz sathidan 2200-2400 metr balandligi, tekis relefi, yer usti tuzilishi, fitotsidlarga boy sof havosi, yumshoq iqlimi, chiroyli o‘rmon manzaralari va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari bilan tog‘ sporti markazini yaratish va qishki sportning hamma turlarini rivojlantirish hamda tashkil etish uchun juda qulaydir. Ko‘pgina mutaxassislarning fikricha, iqlim sharoiti, relefi jihatidan bu joy Rossiya, Avstriya, Fransiya, Polsha, Chexiya, Ruminiya, Bolgariyadagi tog‘ sporti markazlaridan ancha yuqori turadi. Hozirgi vaqtda Zomin milliy bog‘ida katta tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Download 11,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish