3. Zamoniy va fazo-zamoniy dissipativ strukturalar.
Benousov - Jabotinskiy reaksiyasi.
Vaqtda (zamonda) tartiblangan dissipativ strukturalarning paydo bo’lishiga olib keladigan, o’zligidan tashkilanish jarayoni ba’zi bir nochiziq kimyoviy reaksiyalarda yuz berib, reaksiya mahsulotlarining hosil bo’lish tezligi reaksiyaga kirishuvchi birikmalar konsentrasiyasiga kvadratni bog’liq bo’ladi. 1951 yil B.P.Benousov limon kisnotasining kaliy bromat (KBr03) va seriy sunfat Ce(SO4)2 aralashmasida amalga oshadigan gomogen davriy kimyoviy oksidlanish reaksiyasini kashf etdi. Reaksiya davomida eritma rangining qizildan ko’k rangga (Ce3+ Ce4+) va aksincha davriy o’zgarishi bilan namoyon bo’ladigan zamoniy struktura paydo bo’ladi. Rang o’zgarishi (anmashinishi) taxminan 4 min. davr bilan tebranib, u reagentlar tamom bo’lmaguncha, ya’ni sistemada termodinamik muvozanat qaror topmaguncha davom etadi.
Umuman, dissipativ strukturalar bu zamonda yoki fazoda yoki ham zamon ham fazoda tashkillangan holatlar bo’lib, ular termodinamik muvozanatga faqat sakrashlar orqali qaytadigan sistemalar sifatida ta’riflanadi. Bu xil fazo o’tishlar natijasida materiyaning o’zligidan tashkillanish jarayoni, xayotning paydo bo’lishi va hayotiy fermalar evolyusiyasiga bevosita daxldordir. Sinergetika mavqyeidan tasodif zaruriyatga faqat qo’shimchagina emas, zaruriyat ham tasodifga qo’shimchadir. Sistemaning bifurkasiya nuqtasidan o’tib (ya’ni yo’lanish "tanlab" olinib), navbatdagi bifurkasiyagacha bo’lgan evolyusiya yo’lanishi, fnuktuasiyalarning tasodiflarning yo’lanishi, korrelyasiyalanishining yakuni hamda bir- birini kuchaytirish natijasi ma’nosida, I.Prigojin, I.Stengers:- " Kuchli muvozanatlanmagannik sharoitida o’zligidan tashkillanish jarayoni, tasodif bilan zaruriyat, hamda fnuktuasiya bilan deterministik qonunlari aro yuzaga keladigan nozik ta’sirnanilarga mos keladi. Bifurkasiya yaqinida fnuktuasiyalar yoki tasodif elementlar asosiy rol o’ynasa, bifurkasiyalar oralig’ida deterministik tomonlar ustunlikka ega bo’ladi". Keyin esa: " Bir jinsnllik beqarornigi- tashkillanish yaratuvchisidir" deb ta’kidlaydi.
Sinov savollari.
Termodinamikaning 1-, 2_ qonunlari, mohiyati.
Termodinamik potensiallar- Genmgons, Gibbs erkin energiyalari. Gibbs erkin energiyasining biokimyoviy jarayonlarda qo’lnaninishi.
Ochiq sistema va uning 2- qonun mavqyeidan tavsiflanishi.
Stasiolar holat barqarorlik kriteriysi, stasionar holat turlari.
Ongazer fenomologik tengnamalari, diagonal koeffisiyentlar tengligi qoidasi va uning ahamiyati.
Statik va dinamik tartiblanganlik, ulararo o’xshashlik va tafovutlari.
Muvozanatdan uzoqdagi sistemalarda tartibanganlikning yuzaga kelishi va bunday holning biologik ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |