Fan bo’yicha talabalarning bilimiga,
ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
Biofizika fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavrlar:
- biologik jarayonlar kinetikasi va termodinamikasi;
- kimyoviy termodinamika asoslari;
- sinergetika kontseptsiyasi;
- biologik jarayonlarni matematik modellash printsiplari;
- ochiq tizimlarning statsionar holati;
- turg’unlik shartlari;
- oddiy fermentativ reaktsiyalar kinetikasi;
- makromolekulalar struktura va funktsiyasi;
- kvant biofizikasi elementlari;
- makromolekulalarda konformatsion o’zgarishlar;
- erkin radikallar;
- molekulalarning qo’zg’algan holati;
- molekulalarda energiyaning migratsiyasi va tashilishi;
- membranaviy potentsial;
- nerv impulsi va retseptorlar;
- biologik oksidlanish va ATF sintezlanish jarayonlari;
- Mitchell kontseptsiyasi;
- mikrosomal oksidlanish;
- ionlantiruvchi nurlar tabiati va xossalari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- termodinamikaning 1-, 2-qonunlarini biologik jarayonlarda tatbiq etilishini;
- Onzager aloqadorligini;
- Prigojin tenglamasini;
- entropiya va entalpiya jarayonlarini;
- ochiq tizimlar fenomenologik tenglamalarini;
- matematik modellashtirish printsiplarini;
- makromolekulalarning fazoviy strukturasi va struktura shakllanishida ishtirok etuvchi bog’lar va ulardagi ta’sirlanuvchi kuchlarni;
- yorug’lik yutilish qonunlarni;
- biologik sistemalarda erkin radikalli jarayonlarni;
- biomembranalar strukturasi va xossalarini;
- biomembranalar orqali moddalarning tashilish tiplarini;
- membrana elektro’tqazuvchanligi, elektro’tqazuvchanlik dispersiyasini;
- tinchlik va harakat potentsialini;
- bioenergetika asoslarini;
- biotizimlarda energiyaning transformatsiyasi va migratsiyasini molekulyar mexanizmlarini;
- muskullar qisqarish biofizikasini;
- sinaps va sinaptik jarayonlarni;
- fotobiologik jarayonlarni;
- hujayrada energiya transformatsiyasining molekulyar mexanizmini;
- energiyaning uzatilishi va migratsiyalanish mexanizmlarini;
- lyuminestsentsiya, fluorestsentsiya va fosforestsentsiyani;
- biolyuminestsentsiya va bioxemiolyuminestsentsiyani;
- bakteriorodopsin - fotoelektrik generatorni;
- ionlantiruvchi nurlarning tirik sistemalarga ta’sirini;
- hujayra o’limi jarayoni tiplari: nekroz va apoptozni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- molekulyar biofizika usullaridan foydalana olish;
- eritmalar tayyorlashdagi masalalarni yecha olish;
-hujayra va to’qimalarni o’rganishda asboblardan foydalanish va preparatlar tayyorlash;
- potentsiometrik usulida ishlay olish;
- fotokalorimetrlarda ishlay olish;
- lipidlarning oksidlanish-qaytarilishidan aniqlay olish;
- spektroskopiya usulida mahsulotlar ta’sirini o’rganish;
- mikroelektrodlar texnikasi usullarini amalda qo’llay olish;
- biologik ob’ektlar, jarayonlar va hodisalarni ko’rsatmalarini olishda, o’rganishda va tashhis qilishda zamonaviy usullardan foydalana olish;
- oliy maktabda o’qitishning texnik vositalaridan foydalanish;
- tajriba natijalarini kompyuterda grafik, gistogramma, ikki va uch o’lchamli tasvirlar ko’rinishida ifodalay olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |