Sinov savollari.
Membrana lipidlari, lipidlarning membranada qo’sh qavat hosil qilib joylashishi, sun’iy membranalar, dinamikasi.
Membrana oqsillari, ularning joylashishi, ularga xarakteristika.
Membrananing fizikaviy xossalari, sirtmoq (kink) gipotezasi.
Hujayra membranasining tanlab o’tkazish xossasi, ahamiyati.
Membrananing agregat holati haqidagi hozirgi zamon tasovvurlari, gipotetik modenlar.
Membranoaktiv moddalar, kanaloformerlar va ionoforlar.
7- mavzu. MODDALARNING BIOMEMBRANALAR ORQALI TASHILISHI
REJA:
Moddalarning membranalar orqali (aktiv) faol va sust tashilishining turlari.
Diffuziya va singdiruvchannik. Oddiy va osonlashgan diffuziya.
Biologik membranalar. Ion kanallarining xossalari.
Tayanch iboralar: Diffuziya, osonlashgan diffuziya, uniport, simport, antiport, faol transport, sust transport, singdiruvchanlik, endo – ekzositoz, harakatchan tashuvchilar va ion kanallari, stereospesifiklik, maxsuslik, to’yinish, raqobatni bosiqtirilish, kuchlanish sensori, elektr yo’l bilan boshqariluvchi, kimyoviy yo’l bilan boshqariladigan kanallar.
1. Moddalarning membranalar orqali (aktiv) faol va sust tashilishining turlari.
Hujayrada kechadigan bir qator jarayonlar (substrat va metabolitlar transporti, ATF sintezi, ion tarkibi hamda suv miqdorining doimiyligi) moddalarning membrana orqali transportiga bevosita bog’liq.
Biologik membranalarda neytral molekulalar ionlar aktiv hamda passiv transportining har xil turlari amalga oshadi. Tashilish turlari, ularning mustaqil yoki mustaqil bo’lmasligiga qarab quyidagilarga ajratinadi:
uniport - bitta moddalilgi mustaqil transporti (Masalan, O2 ning hujayraga kirishi),
simport - ikki xil moddalilg bir yo’nalishidagi birgalikda tashilishi (Masalan, qandlar yoki aminokislotalarning Na+ bilan birgalikda hujayraga kirishi),
antiport - ikki xil moddalilg bog’langan honda qarama- qarshi yo’nalishda membrana orqali tashilishi (Masalan, ATF4- bilan ADF3-ning mitoxondriya ichki membranasi orqali qarama-qarshi yo’lanishdagi antiporti).
Aktiv yoki passiv transport mezoni sifatida kimyoviy yoki elektrokimyoviy potensian yo’nalgannigining o’zgarishi ish beradi. Aktiv transport - energiya sarf etilishi bilan borib, kimyoviy yoki elektrokimeviy potensial ( = 0 yeki > 0 ) gradiyentiga qarshi yo’nalishda amalga oshadi. Uning energiya manbai ATF gidrol izi yoki elektrolning Masalan, mitoxondriyada redoks zanjir bo’ylab tashilishidir.
Passiv transport - moddaning qo’sh qavat orqali kimyoviy (noelektrolitlar) yoki elektrokimyoviy (ionlar) potensian gradiyenti yo’nalishidagi ( < 0), ya’ni potensian kam tomonga yo’nalgan diffuziyasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |