- Aholining hududiy joylashuvi va zichligi. Urbanizatsiya darajasi
Aholi zichliga bo’yicha Andijon viloyati faqat O’zbekistondagina emas balki Markaziy Osiyoda eng zich hudud bo`lib, 1km.kv. ga 647 kishi to’g’ri kelib, O’zbekistonnig o’rtacha zichligiga qaraganda 10 barobar, Navoiy viloyatiga nisbatan 47 marta, Buxoro viloyatiga qaraganda 16 marta zichdir. Respublika bo’yicha 1km.kv ga 63 kishi to’g’ri keladi. Bunday bo’lishiga sabab, Andijon viloyati hududi Respublikada iqtisodiy jixatdan yaxshi o’zlashtirilgan, paxta kompleksi va boshqa qishloq xo’jalik maxsulotlarini ko’plab ishlab chiqadigan hamda sanoati bo’yicha O’zbekistonda yaxshi rivojlangan viloyatlardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |