- Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti
- Giba 202-guruh talabasi Anarboyev Oybekning
- Aholi va Iqtisodiy Geografiya asoslari fanidan
- tayyorlagan taqdimoti.
- Aholining hududiy joylashuvi va zichligi. Urbanizatsiya darajasi
Aholi zichliga bo’yicha Andijon viloyati faqat O’zbekistondagina emas balki Markaziy Osiyoda eng zich hudud bo`lib, 1km.kv. ga 647 kishi to’g’ri kelib, O’zbekistonnig o’rtacha zichligiga qaraganda 10 barobar, Navoiy viloyatiga nisbatan 47 marta, Buxoro viloyatiga qaraganda 16 marta zichdir. Respublika bo’yicha 1km.kv ga 63 kishi to’g’ri keladi. Bunday bo’lishiga sabab, Andijon viloyati hududi Respublikada iqtisodiy jixatdan yaxshi o’zlashtirilgan, paxta kompleksi va boshqa qishloq xo’jalik maxsulotlarini ko’plab ishlab chiqadigan hamda sanoati bo’yicha O’zbekistonda yaxshi rivojlangan viloyatlardan biri hisoblanadi. Lekin iqtisodiy-ijtimoiy va geografik sabablarga ko’ra viloyatni ichki qismida aholi joylashuvi va zichligi bir xilda bo’lmasdan bir qancha tafovutlar mavjud. Ularni xisobga olib, viloyat aholisini joylashuviga va zichligiga ko’ra 5 arealga ajratilgan. I - areal – aholisining zichligi bo’yicha 600 kishidan ortiq bo’lgan tumanlar. Bularga Asaka, Shahrixon, Izboskan, Buloqboshi va Paxtaobod tumanlari kirib, viloyat aholisining 41,2% ni tashki qiladi. Aholisining o’rtacha zichligi 1 km.kv ga 685,3 kishini tashkil qiladi. Bu guruh tumanlar viloyatda eng yaxshi iqtisodiy jihatdan yuqori rivojlangan regionlardir. II - guruh arealga kiruvchilarni aholi zichligi 500 kishidan 600 kishiga bo’lgan tumanlar to’g’ri kelib, bunga Andijon tumani kirib, viloyat aholisining 8,3% ni va aholisining zichligi 1 km.kv ga 596.8 kishi to’g’ri keladi. - Lekin iqtisodiy-ijtimoiy va geografik sabablarga ko’ra viloyatni ichki qismida aholi joylashuvi va zichligi bir xilda bo’lmasdan bir qancha tafovutlar mavjud. Ularni xisobga olib, viloyat aholisini joylashuviga va zichligiga ko’ra 5 arealga ajratilgan. I - areal – aholisining zichligi bo’yicha 600 kishidan ortiq bo’lgan tumanlar. Bularga Asaka, Shahrixon, Izboskan, Buloqboshi va Paxtaobod tumanlari kirib, viloyat aholisining 41,2% ni tashki qiladi. Aholisining o’rtacha zichligi 1 km.kv ga 685,3 kishini tashkil qiladi. Bu guruh tumanlar viloyatda eng yaxshi iqtisodiy jihatdan yuqori rivojlangan regionlardir. II - guruh arealga kiruvchilarni aholi zichligi 500 kishidan 600 kishiga bo’lgan tumanlar to’g’ri kelib, bunga Andijon tumani kirib, viloyat aholisining 8,3% ni va aholisining zichligi 1 km.kv ga 596.8 kishi to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |