O‘sha davrdagi Garbiy Yevropa davlatlarning eng yirigi Franklar davlati edi. Franklar qo‘shni davlatlar bilan olib borgan juda ko‘p urushlarda juda kuchli qo‘shin vujudga keltirgan edilar. Bu qo‘shindan drujnikalardan va dehqonlar lashqaridan iborat edi. Dehqonlar lashkarlarida barcha dehqonlar qatnashar edi, shuning uchun franklar xalqni harbiy jihatdan tayyorlashga katta e’tibor berdilar. Har yili harbiy ko‘riklar tashkil etilib, ularda harbiy manervlar o‘tqazilar edi. Franklar og‘ir qurollar – qilichlar, nayzalar, katta yoylar, palaxmonlar va oyboltalar bilan qurollanar edilar. Bu qurollarni ishlatish juda katta jismoniy kuch, chidamlikni va epchillikni talab qilar edi. Urug‘chiliq tuzumining еmirilishi davridan boshlab xalq hayotida saqlanib kelayotgan jismoniy mashq va o‘yinlar bu fazilatlarning takomillashuviga yordam berar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |