Dastlabki vaqtlarda bu davlatlarda barcha mehnatkashlar harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lgan erkin еr egalaridan iborat edi. Ular qurol yoki harbiy boshliq chaqirig‘i bilan qurollangan holda еtib kelishlari va harbiy yurishlarda qatnashish uchun tayyor bo‘lishlari kerak edi. Lekin harbiy ta’lim yaxshi tashkil etilmagan edi. Aholini harbiy va jismoniy jihatidan tayyorlashning o‘ziga xos xalq shakillarining jadal suratda rivojlanishiga sabab ham ehtimol, uyushgan, harbiy ta’limining yo‘qligi bo‘lsa kerak. Dehqonlar uchun harbiy va jismoniy madaniyat faqat jangovar faoliyat uchungina emas, balki mehnat faoliyati uchun ham zarur edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |