Nizmoniy nomidagi toshkent davlar pedagogika univeriteti


Til – fikr ifodalashning muhim vositasi



Download 49,8 Kb.
bet4/7
Sana02.02.2023
Hajmi49,8 Kb.
#907154
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbek tilshunosligida hosila uslub talqini

1.2 Til – fikr ifodalashning muhim vositasi.

Til qanday paydo bo`lgan, degan savolning javobi qadim zamonlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bu jumboqning yechimi juda murakkab bo`lib, uni inson nutqining paydo bo`lishi masalasi bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Yuqoridagi savol faqat tilshunoslik fanigagina tegishli bo`lib qolmay, bu muammo antropologiya, psixologiya, etnografiya kabi o`nlab fanlarning ham o`rganish obyektidir. Hozirgacha yer yuzida umuman bashariyatga xos bo`lgan tilning qachon, qanday paydo bo`lganligi, dastlabki tillardagi so`zlar, uning leksik, sintaktik, morfologik, semasiologik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va hal etilishi mumkin ham emas. Tilning paydo bo`lishi bilan ayrim aniq tillarning yoki til oilalarining paydo bo`lishi masalalarini aralashtirmaslik lozim. Hozir yer yuzida mavjud bo`lgan millat, elatlarga tegishli jonli tillarning, ba’zi bir o`lik tillarning ham kelib chiqish tarixi o`rganilgan, o`rganilmoqda. Bu u qadar qiyin masala emas. Chunki ba’zi bir muayyan tillar va shi tillarga qardosh bo`lgan tillar turli davrlarda , har xil shart – sharoitlarda, bilvosita va bevosita sabablarga ko`ra paydo bo`lgan.


“Til~nutq~nutq sharoiti” aspektida olib borilgan uzoq yillik tadqiqotlar samarasiga tayangan holda komil ishonch bilan ayta olamizki, tilning paydo bo`lishi ong va jamiyatning paydo bo`lishi bilan, qolaversa, yer yuzida inson zotining paydo bo`lishi bilan uzviy bog`liqdir. Ilmiy gepoteza(taxmin)lar odamning paydo bo`lish evolyutsiyasi va jamiyatning shakllanishini uch bosqichga bo`lib ko`rsatadi:

  1. Yuqori darajada taraqqiy etgan avstralopiteklar davri. Bu bosqichda ilk ibtidoiy odamlar ikki oyoqlab yurishga o`tib, tayoq, tosh,suyak parchalaridan qurol sifatida foydalanganlar. Bu bizdan ikki – uch million yil oldingi davrga to`g`ri keladi.

  2. Paleantroplar bosqichi. Bu davrda paleantroplar, ya’ni eng qadimgi odamlar sun’iy qurollar, turar joy tayyorlaganlar, yirik hayvonlarni jamoa bo`lib ov qilish bilan shugullanganlar. Bu bizdan taxminan bir million yillar oldingi davrga to`g`ri keladi.

  3. Hozirgi zamon kishilari bosqichi. Ilmiy taxminlar bu davr 40-50 ming yillar oldin paydo bo`la boshlaganligini ko`rsatadi. Chamasi, bir million yillar avvalgi eng qadimgi odamlar uzoq va murakkab jarayon davomida insonga xos biologik hamda sotsial xususiyatlarga ega bo`la boshlaydilar. Aniq nutq ularga hayvonot dunyosidan ajralish, jamiyat bo`lib uyushish, uyushgan holatda mehnat qilish hamda tafakkurning rivojlanishiga turtki bo`ladi.

Tilning paydo bo`lishi uchun faqat biologik zaminlargina emas, jamiyatning paydo bo`lishi ham nihoyatda zarur edi. Antropologiya (odam hamda irqning kelib chiqishini o`rganuvchi fan), arxeologiya (tarixiy dalillar va madaniy yodgorliklar asosida odamning o`tmish tarixini o`rganuvchi fan) fanlarning uzoq davrlardan beri olib borayotgan tekshirishlari, ilmiy izlanishlari natijasida kishilik tarixi ikki davrdan iborat degan fikrga kelingan. Bular – tarixgacha bo`lgan davr va tarixiy davr. Tarixgacha kishilarning ibtidoiy jamoa bo`lib yashashi ya’ni kishilik jamiyatining shakllanish, tiklanish, uyushish davridir.
Ibtidoiy kishilar jamoasi sotsial - biologik organizm bo`lgan. Ularda instinktiv mehnat qobiliyati rivojlangan bo`lib, asosan, tabiatdagi tayyor narsalardan foydalanganlar. Instinktiv mehnat ong va tilning paydo bo`lishi uchun shart – sharoit yaratgan. Olimlarning faraz qilishicha, mehnat, ibtidoiy mehnat qurollarini yasash inson tana a’zolarini asta – sekin, juda uzoq muddatli tabiiy jarayonda takomillashtirib, til va tafakkurning rivoj topishida beqiyos rol o`ynagan. Albatta, dastlab paydo bo`lgan til va nutqni bizning tilimizga yoki nutqimizga aslo tenglashtirib bo`lmaydi. Ehtimol, dastlabki tilda har biri alohida narsani, harakatni yoki holatni bildiradigan so`zlar bo`lmagandir; o`sha davrdagi tilga xos so`zlar butun boshli voqea - hodisani ifodalagandir. O`sha davrda insonning tovush chiqaradigan a’zolari hozirgidek takomillashmagani uchun nutqda dastlab paydo bo`lgan so`zlarning talaffuzi aniq bo`lmagan. Demak, mehnat qilish, mehnat qurollarini yasash jarayonida odamlar jamoasi borgan sari uyushib boradi, natijada kishilik jamiyatining ilk ko`rinishlari vujudga keladi. Hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan odamlarda jamoa bo`lib mehnat qilish jarayonida bir – birlariga nimadir deyish ehtiyoji tug`iladi. Ana shu zaruriy ehtiyoj tilning yaralishiga sabab bo`ladi. Til bilan bir paytda tafakkur ham paydo bo`ladi. Demak, uch omil -“mehnat~til~tafakkur” bir – biriga ta’sir etib, ularning rivoj topishiga sabab bo`lgan. Ijtimoiy mehnat natijasida nihoyatda katta (kuchli) zaruriy ehtiyoj talabi bilan til nutq a’zosi sifatida va miyaning asta – sekin takomillasha borishi biologik jihatdan xarakterlansa, til va tafakkurning paydo bo`lishi, tasavvurning, fikrning nutqda voqelana olishi ijtimoiylik, ya’ni kishilik jamiyati bilan uzviy bog`liqdir.
Inson tovush tili tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqdi. Tovush tili esa tafakkursiz mavjud bo`la olmaydi. Ma’lumki, tafakkurda bor narsa tilda aks etadi, tilda bori esa nutqda voqelanadi. Ayni paytda miyada paydo bo`ladigan har qanday oddiy tushuncha ham til orqali nutqqa ko`chmas ekan, ya’ni nutq tovushlari, so`zlar orqali ifodalanmas ekan, bunday tushuncha o`zicha hech kimga, hatto fikr qiluvchining o`ziga ham ma’lum bo`lmaydi. Qisqasi, tilsiz tafakkur, tafakkursiz til mavjud emas.
Ko`rinadiki, tilning paydo bo`lishi, bir tomondan, kishilik tanasining evolyutsiyasi bilan, ikkinchi tomondan, ibtidoiy jamoaning jamiyatga aylanishi bilan bog`liq bo`lgan. Hozirgacha tilning paydo bo`lishi haqida turli nazariyalar yaratilgan Har bir nazariyada bu masalaga turlicha yondashiladi. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishamiz.


Download 49,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish