Olinishi Tarixi. Nitrat kislota VIII asrdan buyon ma`lum. Ming yillardan ko`proq vaqtdan beri uni selitrani temir ko`porosi yoki qo`sh tuzlar- achchiq toshlar bilan aralashtirib qizdirish yo`li bilan olingan. XVIII asirning oxirlarida XX asirning 20-yillarigacha nitrat kislata fakat tabiy selitradan konts.sulfat kislata ta`sir ettirib olingan.
NaNO3+H2SO4=HNO3+NaHSO4
Nitrat kislataning azot oksidlaridan olish mumkinligi ilgari vaqtlardan buyon ma`lum.
Ammo azot oksidini sanoatda olishning tuzukroq usuli uzoq yillar davomida topilmadi.
Azot oksidi olishning birinchi plazma (elektr yoy) usuli iqtisodiy samaradorligi darajasi pastligi uchun xal? xo`jaligi sohasida keng tarqalmadi. Ammo bu usulda tabiatda havodagi elektr razryadi paytida azot va kislaroddan azot oksidlari hosil bo`lib turadi. Masalan chaqmoq chaqqanda 1500kg gacha azot birikma holga o`tadi va u qor va yomg`ir suvlarida erib azot birikmalari shaklida erga tushadi va erni azotga boyitadi.
Ikkinchi usul ammiakni oksidlash usulidir. Bu usul 1839 yilda Kyul'man NH3 platina ishtirokida azot oksidiga aylantirish mumkin ekanligini aniqlagan paytdan boshlab ma`lum. Ammo bu jarayonni sanoatda ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida XX asirning boshlaridagina V.Ostvol'd chuqur o`rgandi. Natijada 1909 yilda Germaniyada Ostvol`d usuli bo`yicha birinchi tajriba zavodi qurildi. Keyinchalik Evropaning ko`pgina mamlakatlarida (Bel`giya,Angiliya)ham yuqoridagidek zavodlar ko`rila boshlandi. Ammo bu zavodlarning mahsuldorligi past edi (masalan, Germaniyadagi zavod yiliga 1800t kuchsiz nitrat kislata ishlab chi?arardi xolos). 1914-16 yillarda injener I.I.Andreev ammiakning oksidlanishga turli faktorlarining ta`sirini o`rganib bu jarayonni ancha takkomillashtirdi.
I.Andreev loyixasi asosida Rossiyada birinchi nitrat ishlab ishlab chiqarish zavodi, 1917 yilda Yuzovka xozirgi Donetskiy shahrida qurildi. Unda ko`mirni kokslashda olinadigan ammiakni ajratib olish va tozalashning yangi usuli qo`llaniladi. Kontakt apparatining keng yuzali konsturuksiyasi va platina - iridiyli kattalizatordan foydalanish yuttirish minoralari qurilishida kislataga chidamli granitdan foydalanish kabi ko`bgina ijobiy yangiliklar qo`llanilishi sababli zavod mahsuldorligini ancha oshirishga erishildi. I.I.Andreevning bu sohadagi ishlari sovet va hatto dunyoda nitrat kislata ishlab chiqarish taraqqiyotiga katta hissa bo`lib qo`shildi.
Sanoatda nitrat kislataning quyidagi turlari ishlab chiqariladi.
1.Kuchsiz yoki suyuq holda;
1-nav -56 %li.
2-nav -47 %li.
3-nav -45 %li.
2.Kontsentrlangan.
1-nav -98 %li.
2-nav -97 %li.
3.Melanj (fransuzcha so`z bo`lib aralashma ma`nosini anglatadi) 89 % nitrat kislata.7,5 % sulfat kislatadan iborat.