Esda tuting! Har qanday iterativ usulda ishlash mumkin bo’lgan masalani rekursiya yordamida ham ishlash mumkin va buning aksi ham to’g’ri.
Shunday ekan, rekursiya bu iterativ usulda yechish imkoni yo’q masalani ishlashda yordam bermaydi, balki shu masalani ishlanish usuli va yoziladigan kodni soddalashtirib berishi mumkin. Iteratsiya haqida ham shu gapni aytish mumkin.
Rekursiv usulni iterativ usuldan kamchiliklari
Rekursiv usul oldingi darsda aytilgan xotira stackidan foydalangani uchun iterativ usuldan ko’ra xotiradan qo’shimcha joy oladi. Ya’ni har bir chaqirilgan funksiya call stackda saqlanishi uchun operativ xotiradan joy kerak bo’ladi. Iterativ usulda esa bunday muammo deyarli yo’q.
Aynan shu call stackga funksiyalar qo’shilishi va ularni qayta chaqirib olish rekursiya ishini iteratsiyaga qaraganda sekinlashtiradi.
va yana boshqa kamchiliklar haqida quyidagi darsimizda gaplashib o’tgandik
Do'stlaringiz bilan baham: |