Нинг ўзгаришига олиб келади/, ћаво оќими йўналишининг таъсири /хона ичидаги микро иќлимнинг ўзгаришига олиб келади/; ќуёш нури энергиясининг таъсири /конструкция материал физик-техник хусусиятларининг ўзгаришига олиб келади


 Yog‘och to‘sinli qavatlararo ora yopmalar



Download 9,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/36
Sana04.04.2022
Hajmi9,74 Mb.
#527950
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
turar joy va jamoat binolarini loyihalash asoslari

2.4.1. Yog‘och to‘sinli qavatlararo ora yopmalar 
 
Yog‘och mahalliy qurilish materiali hisoblangan tumanlarda 
kam 
qavatli bino qurilishida yog‘ochli qavatlararo ora yopmalar ishlatiladi. Ora 
yopmaning bu turi oddiy va arzon hisoblanadi. Bunday ora yopmalarning 
kamchiligi yonuvchanligi, chirishga moyilligi va unchalik mustahkam 
emasligidadir. 
2.33-rasm. Yog‘och to‘sinli qavatlararo ora yopma konstruksiyasi: 
1 – 40x50 mm kesimli yog‘och g‘o‘la; 2 – to‘sin; 3 – parket; 4 – ostki 
pol; 5 – laga; 6 – quruq suvoq; 7– nakat (yonma-yon qoqilgan taxta); 8 – loy 
qatlam; 9 – izolatsiya qumi. 
Yog‘och ora yopmalar ko‘taruvchi yog‘och konsturksiya – to‘sindan, 
to‘sin oralig‘i to‘ldirgichlaridan, pol konstruksiyasidan va ship pardoz qatlamidan 
iborat bo‘ladi. To‘sinlar ko‘pincha kesimi to‘g‘ri burchakli g‘o‘la shaklida 


56 
tayyorlanadi. Ko‘pincha to‘sin qalinligi 180, 150, 180 va 200 mm, eni 75 va 100 
mm ga teng qilib olinadi. Yog‘och to‘sinlar oralig‘i odatda 600 mm dan 1000 mm 
gacha olinadi (2.33-rasm). 
To‘sinlar orasi to‘ldirgichlarining tayanishi uchun to‘sinning yon 
tomonlariga ko‘ndalang kesimi 40x50 mm bo‘lgan yog‘och g‘o‘lalar qoqiladi. 
To‘sin uchlari g‘isht devorlardagi maxsus qoldirilgan tokchalarga 150-180 mm 
uzunlikda ilintiriladi. Bunda to‘sin uchi g‘isht devorlarga tegib turmasligi va 
namligi qurishi uchun 30 mm kenglikga tirqish qoldiriladi. To‘sin uchiga chirishga 
qarshi 3% li natriy ftorid eritmasi shimdiriladi va yon tomoniga issiq bitum 
yordamida 2 qavat tol yelimlanadi. Bikirlik va ustivorlikni oshirish maqsadida 
to‘sin uchlari tashqi ko‘taruvchi devorga ankerlar yordamida mahkamlanadi. 
Bunday po‘lat anker bir uchi bilan to‘singa mahkamlanib, ikkinchi uchi esa 
devorni terishda g‘isht orasida qoldirib yuboriladi (2.34-rasm). 
2.34-rasm. Yog‘och to‘sinlarni g‘ishtin devorga ilintirish. 
1 – to‘sinning chirishga qarshi ishlov berilgan qismi; 
2 – anker; 
3 – loy bilan to‘ldirilgan qismi; 
4 – saqich (bitum) bilan 2 qavat rubroid yopishtirilgan qismi; 
5 –mix; 
6 – ikki qavat tol; 
7 – po‘lat nakladka (50-60mm). 
Ichki devorga ilingan to‘sinlar orasidagi tirqish yong‘inga qarshi va 
tovush o‘tkazmaydigan bo‘lishi uchun qorishma bilan to‘ldiriladi. 
To‘sinlar oralig‘idagi yonma-yon qoqilgan taxta (nakat) ustidan 20-30 
mm qalinlikda qum-tuproq qorishmasi yozib chiqiladi va ustidan tovush 
o‘tkazmaydigan shlak qumi bilan to‘ldiriladi. Chordov va podval usti qavatlar ora 


57 
yopmasi ustidan issiqlik o‘tkazmaydigan shag‘al (keramzit, shlak va b.) to‘kiladi. 
Uning qalinligi teplotexnik hisoblar yordamida aniqlanadi. 
Yog‘och qavatlararo ora yopma ustidan o‘rnatilgan pol konstruksiyasi 
(laga) oraliqlari 600-700 mm bo‘lib, to‘singa ko‘ndalang yotqiziladi va ularga 
randalab tekislangan shpuntli taxtalardan to‘shama mixlar yordamida qotiriladi. 
Agar pol parketli bo‘lsa, u xolda taxta to‘shama randalanmagan 
taxtalardan iborat bo‘ladi. Laga xonaning pol osti qismida havo qatlami hosil qilib, 
u xona burchagida joylashgan ventilatsiya teshigi orqali xona havosi bilan 
qo‘shilib turadi. Ko‘pchilik hollarda qavatlararo yopma qalinligini kamaytirish 
uchun lagalar qo‘yilmasdan, pol to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘taruvchi to‘sinlarga 
qo‘yiladi, ammo bunday hollarda tovush izolatsiyasi yomonlashadi. 
Yog‘och qavatlararo yopmaning ostki satxini, ya’ni xona shipini 
pardozlashda quruq suvoq listlar qoplanadi yoki sirtiga rezgi taxtalar qoqilib, so‘ng 
suvoq qilinadi. Shu maqsadda ko‘pincha oxak-gips qorishmasi ishlatiladi. 

Download 9,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish