UrDU Filologiya fakulteti _____________-guruh talabasi
______________________________________________ning
“OʻZBEK ADABIYOTI TARIXI” fanidan
NAZORAT ISHI VARAGʻI BILET №3
____________ ____________________
(Bahosi) (Tekshirdi: Komissiya)
1. Qori Rahmatilloh Vozehning 145 shoir borasida ma’lumot beruvchi asari qaysi?
2. Boburnomada “ zulm va fisqqa ko‘p mashg’ul edi, chog’ir ichar edi, devon tartib berib edi, vale she’riyati bisyor sust vaa bemaza edi” deb kimga ta’rif berilgan?
3. Taashshuqnomaning qaysi bobida Mirzo Ulug`beknig Faridun, Jamshid, Sulaymon, Kayxusrav kabii podshohlarning jamikii fazilatlarini o`zida mujassam etgan hukmdor el kanini madh qiladi?
4. Moniyning nur odamlariga qadimgi insonlar va "hayot ruhi" ga ishonishga da'vat etganini kim qoralaydi?
5. Rus sharqshunos olimlari Mashrab ijodiga nechanchi asrlardan boshlab qiziqa boshladilar?
6. Sòfi Olloyor 1699-yilda qaysi asarini yozib tugatadi?
7 Kishining kim ko‘ngulda ishqi bo‘lsa,
Ne tong bulbul mengizlik ul zori qilsa,
Falak mehrobi ishq ermish, xush angla,
Oshiqlaming so‘zini ishq birla tingla.
Kishi kim oshiq ermas joni yo‘q, bil,
O‘lugni bormu ter ochunda oqil.
Agar it ko‘nglinga Haq ishqi kirsa,
Kelur ul tilga, ketmaz ursa, sursa.
Ushbu baytlar qaysi dostondan olingan?
8. Uvaysiy asarlari qanday nomlar bilan nomlanadi?
9. Uvaysiyning "Voqeoti Muhammadalixon " dostoni yozilishiga sabab bo‘lgan asosiy holiday?
10. Chig’atoyning aqlli,qobiliyatli,o‘ziga hurmatni talab qiladigan hukmdor bo‘lganligi haqida ma’lumotlar qaysi asarlarda qayd etilgan?
11. Yofas va uning Turkistonda hukmronlik qilgan avlodlari nechanchi bobda tasvirlangan?
12. Xo`jandiy Yaratganda hamddan so`ng kimlarga na’t keltiradi?
13. Gadoiy ijodining asosiy qismini nima tashkil qiladi?
14. Gulxaniyning qanday g’azllarini bilasiz?
15. Fors adabiyotida kim “Zarbulmasal” nomlari ostida asar yaratgan?
16. “Zarbulmasal”ning necha qo‘lyozma va necha bosma nusxalari bor?
17. Navoiy o‘zining qaysi devoni debochasida bir qancha mashhur shoirlar qatotida Lutfiyning ham katta shuhtat qozonganligi, g’azallarining Iroq va Xurosonda keng shuhrat tutganligi haqida ma’lumotlar bergan edi?
18. . “She’r san’ati” asarining muallifi kim edi?
19. Kim eronliklarning yil hisobi qanchalik aniqligini dalillash uchun ilk insonning paydo bo‘lishiga oid afsonalarni keltiradi?
20. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida qaysi hayvonlar qatnashgan?
21. Beruniy qaysi kitobida Xorun ar-Rashid haqidagi hikoyalarni keltiradi?
22. “Varaqlar kitobi” asarining muallifi kim edi?
23. Nechanchi yilda N. S. Likoshin Mashrab haqidagi qissani rus tiliga tarjima qildi?
24. Ibn Sinoning tibbiyotga oid asari XV asrdan beri necha marta chop etilgan?
25. Beruniyning yozishicha, eronliklarning yil hisoblari Qayumarsdan boshlab necha qismga bo‘linadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |