UrDU Filologiya fakulteti _____________-guruh talabasi
______________________________________________ning
“OʻZBEK ADABIYOTI TARIXI” fanidan
NAZORAT ISHI VARAGʻI BILET №11
____________ ____________________
(Bahosi) (Tekshirdi: Komissiya)
1. Boburning masnaviydan iborat ikki asari qaysi?
2 Boburning qaysi tarjima asari hamd va natdan tashqari 4 fasldan iborat?
3. Qaysi asarda hayotga muhabbatni oshiqning ma’shuqaga bo`lgan muhabbati orqali aks ettirish o`ziga xos usullardan biri hisoblanadi?
4. "O‘lim tasviri" she'rida 4 dono tangri kim edilar?
5. Mashrabning tarqoq she'riy merosi nechanchi yillarda filologiya fanlari doktorlari, professorlari A. Hayitmetov va A. Abduģofurov, filologiya fanlari nomzodi Vahob Rahmonov hamda K. Isroilovlar tomonidan umumlashtirilib, asarlar tòplami tarzida 1 necha bor nashr etilgan?
6. "Sabot ul-ojizin" asari òzbek tiliga qanday usulda tarjima qilingan?
7. Uvaysiyning onasining ismi nima?
8. Uvaysiyning nechta dostoni bor va ular qaysilar?
9. “Latofatnoma” asarida kim tengi yo‘q baho, insoniy fazilatlari cheksiz,Yusufmisol husnga ega, nihoyatda nozikfahm qilib ta’riflanadi?
10 .Har bir nomadan so‘ng soqiyga murojaat etib, 3-4 baytdan iborat masnaviy keltiriladi.Ushbu fikrlar qaysi asar haqida?
11. Oltin Òrda xonligining poytaxti Saroyni kim qurgan?
12. Ne bilsun tekma nodon ishqbozi,
Haqiqat bo`lmasa bori majozi. Xo`jandiy qalamiga mansub ushbu misralar qaysi janrga oid?
13. Gadoiyning devon qo`lyozmasi qayerda saqlanadi?
14 Gadoiyning devon qo`lyozmasi hajmi qancha varaq?
15. Uvaysiy she’riyati bir qancha qo‘lyozma manbalar orqali yetib kelgan. Ushbu qo‘lyozma manbalar kimning xotirasidan yozib olingan?
16. Qaysi adabiyotshunos olima Uvaysiy ijodi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yozgan?
17. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida qaysi hayvonlar qatnashgan?
18. “Dilrabo, sensiz tiriklik bir baloi jon emish
Kim aning dardi qoshida yuz o‘lum hayron emish” – ushbu bayt kimning ijodiga mansub?
19. Qaysi tarixchi olim arab, eron, xorazm va boshqa sharq xalqlarining yil hisobini tadqiq etadi?
20.Kim eronliklarning yil hisobi qanchalik aniqligini dalillash uchun ilk insonning paydo bo‘lishiga oid afsonalarni keltiradi?
21.Ibn Sino Xorazm hukmdorlar saroyida qanday nomga musharraf bo‘ladi?
22.Shamsiddin al-Davla vafot etgach Ibn Sino umrining oxirigacha qayerda yashaydi?
23.1960-yilda Andijonda Uvaysiy devonining yana nechta qolyozma nusxasi topilgan?
24. Xo‘jandiyning “Latofatnoma” asarida so‘qir ko‘ngillarning tabibi, shariat bog’ining bulbuli deya kim ta’riflanadi?
25. “Latofatnoma” asari yozilishiga kim sababchi bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |