Jahon xalq ertaklaridan na’munalar.
Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning ko‘pchiligi odamlarni, hayvon-u par- randalarni sevib, erkalab, e’zozlaydigan bo‘ladilar. Zolushkani („Zolushka“) olaylik. Uni o‘gay ona-yu qizlar xush ko‘r- maydilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi ko‘radi. Uning o‘z baxtini topib, osoyishta turmush kechi- rishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinso‘z, kamtarin, odamlarga, jonivor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi, sevganiga turmushga chiqib, baxtli bo‘lishi ertak tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi.
Boshqa ertaklarda bo‘lgani kabi „Qizil Shapkacha“da ham voqea yaxshilik bilan tugashi, bolalarning quvonchiga-quvonch qo‘shadi. Sharl Perro ertakning ta’sirli va jozibali chiqishi uchun tabiiy holda Qizil Shapkachaning ijobiy tomoniga ko‘p sayqal beradi. Bolalar ko‘z o‘ngida u dunyoda tengi yo‘q juda yoqimtoy qizcha sifatida gavlanadi. Bo‘rining yovuzligi, sur- betligi, uning kampir qiyofasiga kirib olganda mana bunday chizib berilishi ertak tinglovchi har bir bolada bo‘riga nisbatan chuqur nafrat hislarini qo‘zg‘aydi:
Voy, buvijon, qo‘llaringiz buncha uzun?
Seni mahkamroq quchoqlash uchun, jonginam!
Buvijon, oyoqlaringiz buncha katta?
Tezroq chopish uchun, jonginam!
Buvijon, quloqlaringiz buncha katta?
Yaxshiroq eshitish uchun, jonginam!
Buvijon, ko‘zlaringiz buncha katta?
Seni yaxshiroq ko‘rish uchun, jonginam!
Buvijon, tishlaringiz buncha katta?
Seni tezroq yeb qo‘yish uchun, jonginam!
Mana necha asrki, ertakchining „Qizil Shapkacha“ asari jahon kezib yuribdi. U kirmagan xonadon, uni tinglamagan bola yo‘q. Ertakning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri quvnoq- likdir. Ha, shunday. Qizchani hamma yaxshi ko‘radi, hamma sevadi. Bundan u mutlaqo taltayib, kiborga berilib ketmaydi. U juda yoqimtoy, oddiy va sodda. Shu oddiy va soddaligi, pismiq va mug‘ombir emasligi unga pand beradi, bo‘riga yem bo‘li- shiga oz qoladi. Sharl Perroning bu ertak orqali kichkintoy- larga aytadigan, quloqlariga quyib qo‘yadigan gaplari ko‘p.
Eng avvalo, barcha bolalarni xuddi Qizil Shapkacha kabi oddiy va quvnoq bo‘lishga chaqiradi va kattalarning har bir top- shirig‘ini so‘zsiz bajarishga da’vat etadi. Ikkinchidan, o‘rtadagi sirni oshkor qilmaslikka, o‘ziga pishiq-puxta bo‘lishga chor- laydi.
Bo‘ri ochko‘z, pismiq va mug‘ombir. Shu sababli qiz- chaning jo‘nligidan foydalanadi. U bir o‘q bilan ikki quyonni urish qabilida ish tutadi. Bo‘ri Qizil Shapkachadan safari haqidagi ma’lumotni osongina bilib olgach, endilikda qizcha- ning o‘ziga qo‘shib, uning buvisini ham yeyish payiga tushadi. Ammo Qizil Shapkachaning baxtiga o‘tinchilar kelib qolishadi. Ularnnig yordami bilan ikki jon omon qoladi.
Ertak tinglovchi har bir bola vaqeani mana shunday ijobiy tugashini xush ko‘radi, o‘sha quvnoq, o‘ktam Qizil Shapkachaning bo‘riga yem bo‘lishini aslo xohlamaydi. Ertakning umrboqiyligi va jahongashtaligi ham ana shunda.
Sharl Perroning „Havorang soqol“, „Bob“, „Eshak teri- si“, „Uyqudagi malika“ kabi ertaklari ham xuddi „Qizil Shapkacha“ kabi bolalar bopdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |