Ninabargli o`rmonlar kichik zonasi. Ninabargli o`rmonlar yana doim yashil yoki tayga o`rmonlari, ham deyiladi. Ninabargli o`rmonlar Garbdan sharqqa tomon cho`zilgan bo`lib, shimoliy kenglikning 57-58° larida joylashgan, u O’rta Sibir va Uzoq Sharq chegarasida ancha katta maydonni tashkil etadi. Bu kichik zona o`zining shimoliy nuktalarida tundra zonasining o`rmontundra kichik zonasi bilan va janubiy nuktalarini aralash o`rmonlar kichik zonasi bnlan chegaralanadi. Ninabargli o`rmonlarning iklimi garbiy va sharkiy chegaralarida ilik, Sharkiy Sibir o`ta kontinental bo`lib, 300-500 mm atrof.ida yog’in yog’adi. Ninabargli o`rmonlar geografik jixatdan ancha keng tarqalgan bo`lib, Yevropada, Shimoliy Osiyoda va Shimoliy Amerikada katta tyerritoriyani egallaydi va shimoliy kenglikning 57-58° larini o`z ichiga oladi. Faqat MDH dagi ninabargli o`rmonlar 9 mln. km2 dan ortiq maydoini yoki dunyo bo`yicha ninabargli o`rmonlar maydonining 70% ini tashkil qiladi. MDH territoriyasidagi o`rmonlarning 73% ini ninabargli o`rmonlar, 20% ini bargli o`rmonlar va 7% ini butazorlar tashkil etadi. Shimoldan janubga tomon umumiy iqlim va tuproq sharoitining o`zgarishini hisobga olgan holda ninabargli o`rmonlar kichik zonasi o`z navbatida yana 4 ta kenja zonalarga: siyrak ninabargli, shimoliy ninabargli, o`rta ninabargli va janubiy ninabargli o`rmonlarga bo`lib o`rganiladi.
Siyrak ninabargli o`rmonlar zonasi ninabargli o`rmon zonasining zich shimoliy nuqtasiga joylashgan bo`lib, o`rmon-tundra kichik zonasi bilan chegaralanadi. Bu kenja zonacha asosan o`rmon tundra-kichik zonachasiga deyarli o`xshash bo`lsa xam, lekin Sibir qarag`ayi (Pinus sibirica) o`sishi va tipik arktik xamda alpik o`simliklarining yo`qligi bilan o`rmon-tundradan farq qiladi.
Ninabargli o`rmon kichik zonasining janubiy chegarasi 4 chi kenja zona, ya'ni janubiy ninabargli o`rmonlar zonachasining chegarasi bilan belgilanadi. Bu kenja zona o`rmon zonasining aralash o`rmonlar deb atalgan kichik zonasiga o`xshab ketadi. Mazkur kenja zonada ba'zi bir keng bargli daraxt turlari daryo bo`ylarida uchraydi. Yuqorida ko`rsatilgan xollar qarag`ay, pixta va Sibir qarag`ayi o`sadigan Yevropa va Garbiy Sibirdagi barcha ninabargli o`rmonlar uchun xaraktyerli bo`lib, Yenisey daryosidan sharkka tomon bu konuniyat buzila boradi. Bunga asos.an relefning sharkka tomon ancha notekislanib borishi, togliktepaliklarning uchrashi sabab bo`ladi. Bu yerlarda endi asosan Sibir va daur tilogochidan tashkil topgan och yashil ninabargli o`rmonlar uchray boshlaydi. Ammo Azov va Byering dengizlariga yaqin’ kelganda to`k yashil ninabargli qarag`ay o`rmonlari kayta tiklana boradi. Shunday kilib, shimoldan sharkka tomon yo`nalganda to`rtta kichik zona ajratilganidek, garbdan sharkka tomon 3 ta kenja zonaga - Garbiy ninabargli, Yevropa va Fapbiy Sibir tayga o`rmonlariga ajratish mumkin, Garbiy ninabargli o`rmonlar Yevropaning shimoligarbida joylashgan bo`lib, Skandinaviya yarim orolidan Onega daryosigacha va Kola yarim orolining kattagina yerini o`z ichiga oladi. Bu yerlarda oddiy qarag`ay, fin qarag`ayi (Picea finnica), qarag`ay (Pinus silvestris, Pjaponica), kayin va togtyerak asosiy o`rmon xosil kiluvchi o`simliklar xisoblanadi. Bu xildagi o`rmonlar ninabargli o`rmonlar deyiladi xolos. Xakikiy tayga o`rmonlari Onega daryosi va ko`lidan boshlanadi. Tayga o`rmonlarini tashkil etuvchi ninabarglilar to`rtlamchi davrda sodir bo`lgan muzlikning .orkaga kaytishi natijasida Sibirning OltoySayan manbaidan tarkala boshlagan. Yevropa va garbiy Sibir tayga o`rmonlari tarqalgan joyda yana o`ziga xos bir necha gruppachalar (Sibir taygasi, janubiy tayga, Yokutiston tilogoch taygasi) paydo bo`lgan. Garbiy Yevropadagi ninabargli o`rmonlarni Yevropa tilogochi (Larix europaea), ok pixta (Abies alba) Pireney o`rmonlarini karagayning (Pinus uncinata) turi va Gretsiyada pixtaning (Abies cephalonica) turi tashkil etadi. Shimoliy Amerika ninabargli o`rmonlari. Ular Labrador yarim oroli va Alyaskaning kattagiia qismini ishgol etib, garbda Tinch okeanigacha, shimoldan janubga.va Markaziy Amerikagacha cho`zilib boradi. Shimoliy chegaralarida tekislikda, janubiy chegaralarida esa tog’liklar uchraydi.
Turlar soni xilma-xil bo`lib, bular orasida endemik turlar xam bor. Shimoliy Amerikaning ninabargli o`rmonlari uchun kuyidagi o`simliklar: ok qarag`ay (Pinus alba), balzam pixtasi (Abies balsamea), Amerika tilogochi (Larix americana) banks, veymut qarag`ayi xamda sariq qarag`ay, chuganning bir necha turi qizil daraxt yoki sekvoya, mamont daraxt (Sequoia Sempervirens, S. gigantea), archa (luniperus), duglas pixtasi (Pseudotsuga dauglasii) kabilar xaraktyerlidir. Pastki yaruslarida juda xilma-xil o`tlar va zamburuglar bilan birga doim yashil magoniya (Mahonia nervosa) va arbutus kabi butasimon daraxtlar uchraydi. Ninabargli o`rmonlar egallagan maydonlarning ko`pchiligi podzol yoki botqoq tuproklardan iborat. Shunday qilib, Shimoliy Amerika va Yevrosiyodagi ninabargli o`rmonlarda qarag`ay, pixta, tilog`och, sekvoya kabi turkumlarning bir necha turlari uchraydi. Shuning uchun xam ular dominant o`simliklar bo`lib xisoblanadi. Ninabarglilar ba'zi xususiyatlariga ko`ra 2 ta gruppaga bo`linadi. Birinchi gruppaga qoraqarag`ay, pixta, Sibir qarag`ayi kabilar kiradi. Qorongi o`rmonlarni xosil qiluvchi ninabarglilar, asosan, MDH ning daryo va tog’ etaklaridagi syernam oziqqa boy gil tuproqlarda o`sib, qorong’i o`rmonzorlarni tashkil qiladi. Ikkinchi gruppaga oddiy qarag`ay (Pinus silvestris) va tilogoch (Larix europaea) kabilar kiradi. Ular odatda unumdorligi past toshli va toshloq tuproqlarda o`sadi, barglari yoruglikni o`zidan tuproq betiga ko`p o`tkazadi. Shuning uchun bunday daraxt turlari yorug’ o`rmonlarni tashkil qiladi. Quruq, tarkibida oziq moddasi kam qumli tuproqlarda o`suvchi ninabargli o`rmonlarning zich pastki qavatida qalin lishaynikzorlarni, o`rtacha nam unumdor tuproqlardagi o`rmonlar ostida yashil moxlar, nixoyat, syernam va oziq moddalarga boy tuproqli o`rmonlarda bir necha xil o`tlar, butalar o`sadi. Botqoq tuproqli o`rmonlar ostida kakku zigiri moxi va torf moxi (sfagnum moxlari) ko`p o`sadi. Ninabargli o`rmonlarda yuksak o`simliklardan tashqari juda ko`p miqdorda zamburug’lar va baktyeriyalar uchraydi. Ular tuproq mikroflorasini tashkil etuvchi asosiy vakillardir. Qorongi o`rmonlarni xosil qiluvchi ninabarglilar, asosan, MDH ning Yevropa qismida va Oltoyda, qisman garbiy Sibirda, Uzoq Sharqda, Kavkaz va O`rta Osiyoning tog’li rayonlarida uchraydi. Shunday qilib, MDH territoriyasidagi qoraqarag`ay o`rmonlarida muayyan bir qoplam xosil qilishi bilan farqlanadigan bir necha o`simlik gruppalari ko`zga tashlanadi. Bu xildagi gruppalarning xar biri assotsiatsiya gruppasi deb yuritiladi. Shunday qilib, qoraqarag`ay o`rmonlarining o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. O’rmonlardagi o`t o`simliklar asosan vegetativ yo`l bilan ko`payadi, gullari oq bo`ladi. Bu esa ularning xasharotlarni o`ziga jalb etishga moslashganligidan darak beradi. Qorongi o`rmonlarda bahorgi efemer o`tlar uchramaydi. Garbiy va Shimoli-Garbiy Yevropada, chunonchi Shimoliy Frantsiya, Belgiya, Gollandiya, Irlandiya, Daniya xamda Germaniya demokratik respublikasi va Gyermaniya Fedyerativ respublikasining shimoliy rayonlari bo`ylab, Boltik dengizi bo`yida, Skandinaviyada maxsus o`simliklar tipini ajratish mumkin. Bu tipni tashkil etuvchi o`simliklarning barglari doimo yashil, ancha dag’al va kichik bo`lib, ko`pincha butasimon va chala butasimon vakillardan iborat. Ular asosan vyereskdoshlar oilasiga kiruvchi o`simliklar bo`lib, barglari odatda mayda va zich joylashgan, ninasimon. Bu xildagi barg tuzilishiga ega bo`lgan o`simliklar odatda vyereshatniklar deb ataladi. Vyereshatniklar odatda salqin va nam okean iqlimi, xamda podzollashgan qumli va torfli tuproqlar mavjud bo`lgan Atlantika okeani bo`yidagi oblastlarda uchraydi. Bu xildagi joylar Yevropada juda ko`p. Vereshatniklar tipidagi bunday gruppa o`simliklar o`rmonlarining qirqilishi va yong’inlar natijasida ochilib (bo`shab) qolgan maydonlarda ikkilamchi o`simliklar sifatida paydo bo`la boshlaydi. Bunday joylarni o`zlashtirish va ularni madaniy ekinlar maydoniga aylantirish ancha kulaydir. Shunday kilib, vyereshatniklar gruppasini tashkil kilishda vyereskdoshlar oilasi vakillaridan tashkari empetradoshlar, mirtadoshlar, dukkakdoshlar kabi oilalarning vakillari xam ishtirok etadi. Bu joylarda eng ko`p uchraydigan o`simLiklardan erika (Erica tetralix), vyeresk, toloknyanka, vodyanika, brusnika, chyernika, golubika va archa (luniperus communis) kabilarni ko`rsatish mumkin. Tuprok betini xilma-xil lishayniklar va moxlar qoplagan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |