Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
Xulosa
XXI asr bo'sag'asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea - qadimiy 0 ‘zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo'ldi. 1991— yil 31-avgust kuni bo'lgan Respubiika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O'zbekistonning davlat mustaqilligi e ’lon qiiindi. 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb belgilandi. Xalqimizning asriy orzu-umidlari ushaldi, muqaddas maqsadi ro'yobga chiqdi, mamlakat ahli siyosiy mutelik va asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil. ozod, suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. O'zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og'ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimizning kevingi yuz yillik tarixi mustaqillik xalqimizga nihovatda qimmatga tushganidan, istiqlol qurbonlar evaziga qo'lga kiritilgandan guvohlik beradi. Endilikda xalqimizning o'z taqdiri o'z qo'lida, xalq o'z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo'lida astoydil mehnat qilmoqda. O'zbekiston fuqarolari, xususan, yoshlar qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda «O'zbekiston tarixi» fanining o'rni, imkoniyatlari katta. Binobarin, Respubiika oliy o'quv yurtlarining bakalavriat bosqichida «O'zbekiston tarixi» fani asosiy fanlar qatorida turadi.
Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart
TARIX — tabiat va jamiyatdagi har qanday o‘zgarish va rivojlanish jarayonini ifodalovchi atama; insoniyat va uning hayoti, avlodlar almashuvi, sivilizatsiyalar, jamiyat va davlatlar shakllanishi, o’tmishi va taraqqiyoti bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganuvchi fan. Prezident I.Karimov tarixning ma'naviyatda tutgan o‘rniga yuksak baho bergan: "Ma'naviyatini tiklashi, tug’ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... Kim bo‘lishidan qat'i nazar, jamiyatning har bir a'zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta'siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. Inson uchun tarixidan judo bo‘lish — hayotdan judo bo‘lish demakdir... Bu g’oyaning zamirida xalqimizning o‘zligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas".Tarix fani — insoniyatning butun o‘tmishi davomida jamiyat hayotida sodir bo’lgan voqea, hodisa va jarayonlarni yaxlit tarzda o’rganadi. Bu fan ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya, iqtisod, psixologiya, san'atshunoslik) tizimining tarkibiy qismiga kiradi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar inson va jamiyat hayotining alohida jihatlarini o‘rgansa, tarixning tadqiqot mavzui — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining o‘tmishi va hozirgi davri xususidagi dalil va ma'lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, to‘plangan bilimlarni ma'lum bir tizimga solish va nazariy jihatdan,umumlashtirishdir. Tarix fani moziyda sodir bo‘lgan voqea, hodisa va jarayonlar o’rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantig‘i va ma'nosini ko’rish imkonini beradi. Qachon, qayerda, qanday sababga ko‘ra qanday voqea-hodisa yuz bergan, oqibati nima bilan yakunlangan, uning bizga, hozirgi zamonga qanday daxli, ahamiyati bor, degan savollarga javob topish orqali biz tarixdan saboq olamiz, uni anglaymiz. Inson, jamiyat va davlatni tanazzulga olib keladigan yo‘llardan esa voz kechamiz. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tabiiy bilim sohalari ham tarix tadqiqotlari natijasiga tayanadi.
Tarixni o'rganish, bilish — bu kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyotning mavjud bosqichdan yangi bosqichga o'tish jarayonini, insonlarning inqirozli, turg'unlik holatiga tushish sabablari va bu holatdan chiqish yo'lidagi tajribalarini, har bir zarrasi qimmatga tushgan o'tmish sabog'ini umumlashtirish, tushunib yet ish, anglab olish dem akdir. Tarix fani tarixiy jara y o n n in g qonuniyatlari va tendensiyalarini tushunib yetishga, hozirgi zamonni to'g'ri anglab olishga, kelajakni asosli ravishda ko'ra bilishga ko'maklashuvchi ilmdir. Tarix ko'p qirrali, keng qamrovli fan bo'lib, uni alohida mamlakatlar va xalqlar tarixi, mintaqalar tarixi. jahon tarixi kabilarga b o ' lib o'rganish ham mumkin.
Xulosa
Shu o'rinda, muhtaram Yurtboshimizning «Haqqoniy tarixni bilmasdan turib, o'zlikni anglash mumkin emas», degan donishmandona so'zlari beixtiyor yodga keladi. Ha, haqqoniy tarix tom ma'noda bilimlar manbai, ma'naviyat negizi, qolaversa, chinakam tarbiya maktabidir. Ne baxtki, milliy mustaqillikka erishganimiz tufayli ona tariximiz to'g'risidagi chin haqiqat yuzaga chiqdi, uning qiyofasini to'sib kelgan g'uborlar, «oq» va «qora» dog'lar butkul supirib tashlandi. Buning orqasida katta tarix yaratgan xalqimizning yuksak dahosi, ne-ne buyuk ajdodlarimizning yorqin siymosi, ularning mangulikka daxldor o'lmas merosi yangidan to'la kuch bilan namoyon bo'ldi.
Xullas. o'z tarixini puxta bilish. undan yaxshi xabardor bo'lish, navqiron avlodimizning Sizdek namoyandalari uchun bamisoli suv bilan havodek zarurdir. Negaki, u Sizni shu muborak Vatanni farzand yanglig' sevish, uning har bir siqim tuprogMni ko‘zga to'tiyo etish, ona yurt xizmatiga kamarbasta bo'lish, uning sarhadlarini har qanday yovuz kuchlardan, g'anim lardan himoyalash, kerak bo ‘lsa, aziz jonni ham fido qilishga chorlaydi. Bunda ulug' ajdodlarimizning ibrati, jasorati Sizga ruhiy madadkor bo'ladi. Bizu siz Vatanimiz tarixini chuqur, asosli o ‘rganish orqaligina milliy istiqloldek bebaho ne'matning qadrini yanada teran tushunamiz. Va, u bizning qoMimizga osonlik bilan kelmaganligiga, unga erishish yo‘li og‘ir, mashaqqatli kechganligiga, bu borada mislsiz qurbonlar berilganligigajonli guvoh bo‘lamiz. Binobarin, istiqlol ne’matini avaylab asrash, uni non kabi, jon kabi ulug‘lash, bugina emas, uni mustahkamlash va kuchaytirish borasida doim o sa’y-harakatda bo'lish har birimizning jonajon ishimiz, fuqarolik burchimiz b o ‘lm og‘i ayni muddaodir. Siz, minnatdor o'g'il-qizlarimiz, buni hamisha yodingizda tutmog'ingiz kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |