Nima uchun odamlar tanasidagi darddan qutilish uchun tabib bergan achchiq dorilarni ichadi-yu, lekin kimdir, senda jaholat kasali bor ekan, bundan qutilish uchun quyidagilarni bajar, desa, bu ko‘rsatmalarga amal qilmaydi? Sababi oddiy, badandagi dard jonga azob beradi, shuning uchun odamlar undan qutilish uchun achchiq dorilarni qabul qiladi, kerak bo‘lsa, jismining tig‘ bilan yorilishiga ham rozi bo‘ladi. Jaholatning esa og‘riqlari sezilmaydi.
Uning ta'siri zimdan bo‘ladi. Odamni ichdan - tanasini emas, ruhiyatini yemiradi, natijada inson hayvoniy istaklar ketidan quvuvchi quruq jussaga aylanadi. Rostdan ham, agar biz faqat yeyish-ichish, shahvoniy nafsimizni qondirish va boshqa shu kabi tanga rohat beruvchi ishlar uchungina yashasak, hayvondan nima farqimiz qoladi?
Endi o‘zingizga bir chetdan nazar soling. Nima uchun yashayapsiz? Bizni boshqa mavjudotlardan farqlaydigan yagona narsa biz har bir xatti-harakatimiz uchun mas'ulmiz, hayotga shunchaki yashash uchun kelmaganmiz, har birimizning o‘z vazifamiz, majburiyatlarimiz bor. To‘g‘ri, moddiy farovonlikni istash va unga ega bo‘lishning yomon joyi yo‘q. Har birimiz farovon va to‘q yashasak, qanday yaxshi. Lekin biz faqatgina yeyish uchun yashamaymiz. Ya'ni, boyligimiz, moddiy imkoniyatlarimiz ezgu orzu-maqsadlarimizni amalga oshirish vositasi bo‘lsin. Mana shu inson bo‘lib yashash maqsadi insonning ma'naviyatini belgilaydi. Demak, inson borki, unda ma'naviyat bo‘lmog‘i kerak.
Ma'naviyat - nisbiy tushuncha. U turli xalqlarda din, mahalliy urf-odat, til, madaniyat ta'siri bilan turlicha ko‘rinishda bo‘ladi. Chunki madaniyat ma'naviyatning ajralmas qismi, u esa rang-barangdir. Lekin butun xalqlar va elatlar uchun umumiy bo‘lgan ma'naviyat mezonlari bor. Ezgulik, insoniylik barcha dinlar va madaniyatlarda birday qadrlanadi. Yangi dunyo insoni qadami yetmagan olis Amazon o‘rmonlarida yashaydigan qabilalarda ham yaxshilik, ezgulik tushunchalari borki, ular ham bizdagi mezonlarning aynisidir.
Ma'naviyat xususiy holda inson va keng ma'noda davlat va jamiyat hayotida beqiyos ahamiyatga ega. Chunki ma'naviyatli inson hayoti ezgulikka boy bo‘ladi va bunday insondan davlat ham faqat naf ko‘radi. O‘zbekiston Milliy Entsiklopediyasida ma'naviyatli inson qiyofasi "Ma'naviyat" so‘zi izohida quyidagicha ta'riflangan: "Ma'naviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli o‘tkazish yo‘lini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolg‘on va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima - bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi" .
Demak, halol-pok bo‘lish, yomonlikdan qochib ezgu amallar qilishga shoshilish inson ma'naviyatini belgilovchi asosiy mezon ekan. Xuddi mana shu mezon tarozisiga o‘zimizni tortib ko‘rsak kimligimiz ma'lum bo‘ladi.
Xalqimiz o‘tmishida ma'naviyati yuksak insonlar ko‘p bo‘lgani va bunday insonlar tomonidan ulkan ma'naviy boyliklar meros ekani sizga yaxshi ma'lum. Diniy-dunyoviy va ilmiy mavzularda yetuk asarlar bitgan bu zotlar ayni paytda shaxsiy hayotlarida ham yuqoridagi mezonga mos edilar.
Bugun-chi? Bugun ilmning ilgari egallash amrimahol bo‘lgan cho‘qqilarni zabt etayotgani da'vo qilinmoqda. Bu gapda haqiqat bor: taraqqiyot hozir inson hayotiga ko‘p farovonlik, yengillik keltirdi. Globallashuv* sabab keng jahon kichik bir qishloqqa aylandi. Iqtisodiy maqsad-manfaatlar dunyoning siyosiy chegara va to‘siqlaridan oshib o‘tib, jahonni bir xil qonunlar asosida ishlaydigan yagona bozorga birlashtirdi. Lekin taraqqiyot, ilm-fan qanchalik rivojlanayotgan bo‘lsa, shu bilan bab-barobar qarama-qarshi tomonga ma'naviy qadriyatlar tanazzulga yuz tutib boryapti. Chunki globallashuv keltirgan moddiy farovonlik, asosan, faqat tanga rohat berishga xizmat qilmoqda. Bugungi taraqqiyot bizga in'om etgan ne'matlar haqida bir o‘ylab ko‘ring. Kompyuter texnologiyalari, mass-mediya, sun'iy yo‘ldosh berayotgan imkoniyatlar, internet va hokazo. Bular mutaxassislar qo‘lida taraqqiyotni yanada jadallashtirishga xizmat qilayotgan bo‘lsa-da, ayni paytda oddiy avom xalq - ular foydalanuvchilarning aksariyatini tashkil qiladi - bu vositalardan faqat ko‘ngilxushlik uchun foydalanyapti.
Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati, u hozirgi sharoitda mafkuraviy ta'sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilmoqda.
Avvalo, iqtisodiy va siyosiy darajada globallashuv ayrim yirik trans va multinatsional korporatsiyalar manfaatigagina xizmat qiluvchi tizimdir. Unda qashshoq davlatlarga beg‘araz yordam berish, biror davlat yoki xalq farovonligi uchun xizmat qilish kabi maqsadlar bo‘lmaydi. Ularga iste'mol qilish quvvatiga ega mijozlar bo‘lsa bas. Agar birov globallashuv yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lsa, undaylar shafqatsizlarcha jazolanadi. Tizim shu darajada yaxshi ishlayaptiki, globallashuv qobig‘ida o‘z manfaatlari uchun ishlovchi davlat va iqtisodiy guruhlar yer yuzasidagi har bir tirik jonni o‘z maslaklariga ishontira oladi. Bugun dunyodagi gegemon davlatlarning xalqaro maydonda «xalqlar ozodligi» uchun olib borayotgan urushlari aslida bir necha bankir, moliya guruhlari va transnatsional korporatsiyalar buyurtmasi bilan olib borilayotgan ishlardir.
Ma'naviy va xususiy darajada globallashuv insonni quruq iste'molchiga aylantiradi: baxt moddiy farovonlik bilan belgilanadi. Yashashdan maqsad maksimal darajada hayotdan lazzatlanishdangina iborat bo‘ladi. Bu yerda ruhiy-ma'naviy qadriyatlarga, ezgulik, savob, birovga beg‘araz yaxshilik qilish kabi oliy tushunchalarga o‘rin yo‘q. «Birovga zararing yetmasa bas, istaganingni qilishing mumkin». Bu aqida qolipsiz demokratiya qobig‘ida yanada chiroyli va adolatli ko‘rinadi. Shu o‘rinda oddiy bir mantiq yuzaga chiqadi. Mana shunday aqida bilan kun kechirayotgan insonlar «tepa»lariga ham o‘zlari kabi odam o‘tirishini istaydi. Bejizga ayrim G‘arb o‘lkalarida saylovda ishtirok etayotgan nomzodlar besoqolbozlikni qonuniylashtirishdek har qanday din va ma'naviyat la'natlagan odatlarni o‘z saylov dasturlarida ko‘tarib chiqayotganlari yo‘q.
Italiyalik bir siyosatchidan, nega siz saylov dasturingizda xorijdan kelib noqonuniy ishlaydigan fohishalar ishini taqiqlash haqida gapirmaysiz, deb so‘rashganda, men millionlab erkak saylovchilarimni boy berishni istamayman, deb javob bergan ekan. Jamiyatning chirigan jasadi ana shunday tarzda tepaga chiqib qoladi. Davlatdagi ma'nan buzuq insonlarning ovozini to‘plash, ularning ko‘nglini xushlash uchun xalq boshida turishdek mas'uliyatli lavozimga da'vogar kishilar buzuq, jirkanch odatlarni qonuniylashtirishgacha yetib borishyapti. Ayni shu misollarda globallashuv va uning bugungi ma'naviyatga ta'siri, umuman, zamonaviy dunyoda inson qanchalar tanazzulga yuz tutib borayotgani yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bugungi tezkor globallashuv jarayonida ma'naviyatni saqlab qolishning yagona chorasi insonning qoniga, joniga ma'naviyatni singdirishdir. Xo‘sh, bu qanday amalga oshiriladi?
Bu muhim vazifaning umumiy yo‘nalishini Yurtboshimiz shunday belgilab bergan: «Ma'lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta'bir joiz bo‘lsa, avvalo, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da'vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham ularga o‘z ta'sirini o‘tkaza olmaydi».
Tarbiyaning eng samarali usullaridan biri o‘rnak bo‘lish orqali ta'lim berishdir. Ya'ni, yoshlarimizga tarbiya beradigan mutaxassislar, ustoz-tarbiyachilar, avvalo, o‘zlari tarbiyalangan bo‘lmoqlari va yoshlarga oliy namuna maktabi vazifasini o‘tamoqlari lozim. Ma'naviyat tarbiyachining yurish-turishida ufurib tursa, u milliy urf-odatlarga sodiqlik, qadriyatlarga hurmat ko‘rsatsa va bunga o‘z hayotida amal qilsa, ko‘zlangan maqsadlarga erishish samaraliroq bo‘ladi.
Bu borada vatanparvarlik, ezgulik, xayr-saxovatni tarannum etuvchi badiiy asarlar, filmlarning ham o‘rni beqiyos. Agar film yoki badiiy asar yuqori sifatli bo‘lsa, uning ijobiy ta'siri boshqa har qanday vositadan kuchli bo‘lishi shubhasiz. Yoshlarni sport ishlariga muntazam jalb etish ham yuqori samara berishi ma'lum. Do‘stlik, vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishda sportdan o‘tadigani yo‘q. Ma'rifiy ishlar bilan birga sport musobaqalarini barobar olib borish yoshlarimizning ham jismonan, ham ma'nan sog‘lom bo‘lishlarini ta'minlaydi. Bu tadbirlarni erta, imkon bo‘lsa, bog‘cha yoshidan boshlash kerak. Chunki bu davrda murg‘ak qalblarga yo‘l topish oson bo‘ladi. Ayni shu davrda ularda ma'naviyat immunitetini shakllantirish mumkin.
Bizning ma'naviyatimiz shunday bir hayot yo‘liki, shaxsni, davlatni va hatto jamiyatni usiz tasavvur etib bo‘lmaydi. U har jabhada hayotimizga singib ketgan. Demak, ma'naviyatni saqlab qolish uchun davlatning aralashuvi jamiyatdagi plyuralizmga zid harakat emas, balki xalqning istayotganini o‘ziga qaytarishdir. Zero, demokratiya, plyuralizm degani bu - birovga zararing tegmasa, istalgan buzuqlikni qilishing mumkin, degani emas.
*Ilmda jahon hamjamiyati integratsiyalashuvini o‘zida ifodalovchi globalizm va globalizatsiya atamalari mavjud. Bu ikki so‘z ma'nolari bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, lekin ular ikki xil fenomenni bildiruvchi alohida atamalardir. Globalizm xalqaro hamjamiyat do‘stligini, bir-biriga bog‘liqligini hamda butunjahon tinchligi yo‘lida yagona ezgu maqsadlar atrofiga birlashishni ifodalasa, globalizatsiya deganda, asosan, moddiy foyda ko‘rish maqsadida yirik transnatsional korporatsiyalarning butun dunyoni iqtisodiy egallashi, yagona tizim va qonunlar asosida yagona bozorni yaratishi va bu bilan ma'naviy-ijtimoiy hayotga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi tushuniladi. Biz bu yerda globallashuv deganda aynan shu globalizatsiyani nazarda tutganmiz.
«Ommaviy madaniyat» G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Uni G‘arbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop-kultura» (ya'ni «ommaviy madaniyat») deb atashadi. Garchi «madaniyat» deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-ma'nosiga, maqsad-niyatiga ko‘ra «ommaviy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir.
Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda «antikultura» («g‘ayrimadaniyat») degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun «Pop (ommaviy) madaniyat» tushunchasi, nochorlikdan qo‘llanilmoqda. Chunki, «ommaviy madaniyat», aslida madaniyatsizlik, ya'ni ma'naviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. «Ommaviy madaniyat» shu boisdan, eng avvalo, yuksak iste'dod va o‘lmas ma'naviy-axloqiy g‘oyalar bayroqdori bo‘lgan mumtoz madaniyatga, san'atga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib, uni inkor etib kelyapti. G‘arb dunyosining o‘zidagi faylasuflar, sotsiolog olimlar, «Bizga «To‘qqizinchi simfoniya» (Betxoven) kerak emas!» yoki «Mona Liza»ni loyga qorishtiramiz!» kabi jaholatparastlikka asoslangan xitoblar «ommaviy madaniyat» tarafdorlari va muxlislarining dasturiy qarashlari negizini tashkil etadi, deb yozadilar.
Taassufli jihati shundaki, gohida g‘oyatda iste'dodli insonlar ham «ommaviy madaniyat» targ‘ibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining «Mona Liza» («Jakonda») asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga mo‘ylov chizgan va «Mo‘ylovli Jakonda» asarini yaratgan. Tadqiqotchilarning fikricha, mana shunday «achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi» - «ommaviy madaniyat» faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir. «Ommaviy madaniyat» namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni «isyon ifodasi» deb bilishadi. «Nimaga qarshi isyon» degan savol tug‘iladi. Agar «pop-madaniyat» dunyoga «ehson» etayotgan «pop-art» («tasviriy san'at» desa ham bo‘ladi), «pop-muzika», «pop-adabiyot» natijalariga qarab hukm yuritadigan bo‘lsak, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, ma'naviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi... Ular uchun ezgulikning o‘zi yo‘q. Jumladan, san'at - alohida iste'dodlar tomonidan yaratiladigan ma'naviy boylik, mo‘'jiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari «pop-madaniyat» tarafdorlarining o‘ta darajada g‘ashini keltiradi. Ularcha, hamma san'atkor bo‘lishi mumkin. Hamma narsa san'at atalishi mumkin. «Pop-art» - ommaviy san'at shu xulosa manbaida vujudga kelgan.
Chunonchi, «ommaviy madaniyat» namoyandalaridan biri Karl Manning fikricha, atrof-borliqda, maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish cho‘tkalari, mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan bo‘laklari, turli suratlar, jurnal-gazeta qiyqimlari ham) hayot bag‘ridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy chiqindilar baayni arxeologik qazilmalar chog‘ida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori atiqalarday o‘zgacha ahamiyat kasb etib, «san'at, madaniyat namunalari» qatoridan o‘rin olar emish.
«Pop-art»chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni e'zozlashadi; ma'naviy dunyoni emas, maishiy-iste'molchilik his-tuyg‘ularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning ma'naviy pozitsiyasi - ma'naviyatni o‘ldirish va «narsalarga qullik»ni rag‘batlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, «ommaviy madaniyat» maktabidan o‘tgan avlod uchun hayotning ma'nosi - avtomobil, televizor, muzlatkichga ega bo‘lish. Agar televizor ikkita bo‘lsa, ularga shuncha yaxshi.
«Ommaviy madaniyat»da «Pop (ommaviy)-muzika» alohida o‘rin tutadi. «Pop-muzika»ni «Yangi rok» belgilaydi. «Yangi rok», ta'bir joiz bo‘lsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Ya'ni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yo‘naltirilgan. «Ommaviy madaniyat»dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda, polifonizm - musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yo‘qqa chiqarmoqda.
Umuman aytganda, «pop-muzika» ijrochiligi ko‘ngilochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqslar, ko‘pincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib yetadigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi. 1970 yilda Kaliforniyaning Altamonte shahrida bo‘lgan musiqa festivalida o‘zini «pop-muzika» qiroli hisoblaydigan «Rolling Stounz» («Aylanayotgan tosh») guruhi kontserti ana shunday ur-yiqitlar bilan tugab, politsiya bu mojaro oqibatlari bilan uzoq muddat shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelgan edi. «Pop-muzika» namoyandalari o‘z «ommaviy»liklarini ta'kidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham - odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuyg‘ularini rad etib - asosan ko‘cha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar. Va o‘zlarining kulguli darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar. Afsuslanarli tomoni shundaki, bunday holatlarni «pop-muzika»chilar san'atdagi demokratizmning, xalqchillikning tantanasi, deb bilishadi.
Aslida, ularning sahnada o‘zlarini bezorilarday tutishi san'atni va san'atkorlikni yerga uradi. Bu esa hayron qolarli emas: chunki asl san'atni yerga urish - «Ommaviy madaniyat»ning dasturiy, ya'ni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan vazifalaridan biridir.
«Pop-muzika» namoyandalari ijro etadigan qo‘shiq matnlari esa, avvalo, she'riyatning oddiy talablariga javob bermaydi yoki ular ko‘proq ko‘chada mavjud behayo, jargon iboralarga - qadriyatlarni, insoniy ezguliklarni kinoya, mazax qiladigan so‘zlarga asoslangan. Xullas, erkinlik, demokratiya «namunalari» deb tavsiya etilayotgan «pop-muzika» matnlari bilan haqiqiy she'riyat hamda asl xalqchil did, sog‘lom ruhiyat, ma'naviyat o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor.
«Ommaviy madaniyat» ko‘pdan-ko‘p shakllarda o‘zini namoyon etadi. Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega bo‘lmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish), komiks (tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa - rasm mahsulotlari), starizm (sub'ektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish), xeppining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan «keskin» tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjag‘ini chiqarish yoxud o‘t qo‘yish orqali vahshiyona, ommaviy «ko‘ngil ochish»lar uyushtirish) «ommaviy madaniyat»ning ayrim ko‘rinishlaridir.
Albatta, xalqimiz, jumladan, yosh avlod g‘arb fan-texnikasi, madaniyati, adabiyotu san'atining ilg‘or jihatlarini inkor etmaydi. Biroq g‘arbdagi taraqqiyparvar ziyolilarning o‘zi «g‘arbning muammosi» sifatida baholayotgan «ommaviy madaniyat»ning ma'naviy-axloqiy tubanliklarini yoshlarimiz qancha tez anglasa, shuncha yaxshi.
To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va mayllarga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi davlatimiz qonunlarining talablari qat'iy bajarilishi kerak. Ya'ni «reklama»chilar va jurnalistlar davlatimiz, jamiyatimiz xavfsizligiga (jumladan, xalqni, yoshlarni ma'naviy aynitishga olib keladigan holatlarga) yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Afsuski, bunday holatlar yuz berayapti.
Qolaversa, dunyoqarash tarbiyasi imkoniyatlarini rivojlantirishimiz lozim. Masalan, «Ogohlik» iborasining ma'nolarini bugungi zamon sharoitidan kelib chiqib, ancha keng miqyosda tushunishimizga to‘g‘ri keladi. Ya'ni bugungi ogohlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlar dilini, ruhiyatini, aql-idroki va umuman ma'naviyatini diniy-aqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda, jahonda yuz berayotgan siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va estetik manfaatlar yo‘nalishidagi oshkora va xufya kurashlarning keng miqyosdagi xatarli jihatlaridan, jumladan, «ommaviy madaniyat»ning yemiruvchi ta'siridan muhofaza qilishni ham o‘z ichiga oladi. Iloji bo‘lsa, mamlakatimiz ta'lim tizimining - maktablardan tortib to oliy ta'lim muassasalarigacha bo‘lgan barcha bosqichlari o‘quv dasturlariga ana shunday keng, yuksak malakali, ilg‘or zamonaviy, ma'no-mazmunli, maxsus «Ogohlik» darslarini kiritish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘ylab ko‘riladigan muhim va jiddiy masaladir.
Prezidentimiz Islom Karimovning yaqinda nashrdan chiqqan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi mamlakatimiz jamoatchiligi, keng kitobxonlar o‘rtasida katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni va u bilan bog‘liq hayotiy masalalar har tomonlama keng tahlil etib berilgan ushbu asar o‘rtaga qo‘yilgan mavzularning dolzarbligi, nazariy va amaliy tomondan g‘oyatda muhim konseptual fikr va xulosalarga boyligi, mushohada qamrovi bilan ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga tortmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida 9 iyul kuni ushbu kitobni o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi va mazkur akademiya tomonidan tashkil etilgan tadbirda taniqli olimlar, faylasuf va siyosatshunoslar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bevosita muloqot va samimiy fikr almashish ruhida o‘tgan anjumanda bugungi shiddatli globallashuv davrida bu kitob beqiyos ahamiyatga ega ekani, uning sahifalarida milliy o‘zligimizni asrash, qo‘hna qadriyat va an’analarimizni, xalqimiz, ayniqsa, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizning qalbi va ongini turli zararli ta’sirlardan saqlash, ma’naviyat sohasidagi turli tahdidlarga har tomonlama tayyor turish kabi nihoyatda o‘tkir masalalarning mohiyati chuqur ochib berilgani ta’kidlandi. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonida bu kitobdan kelib chiqadigan maqsad va vazifalar belgilab olindi. Joylarda ushbu asarni o‘rganish va targ‘ib etish bo‘yicha amaliy ishlar rejasi, zarur uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bugun biz tarixiy bir davrda — xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch-oso-yishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va sh koniyatlariga tayanib, demokratik davlat va f^qarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan nati-jalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoq-damiz.
Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, aza-liy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga ol"an holda, mana shunday olijanob intilish-lar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davo-mida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon haetni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani — bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mus-ta^illik berganini bugun hammamiz chuqur ang-laymiz.
Ana shu haqiqatni xalqimiz har tomonlama
to’tri tushunib, tanlagan taraqqiyot yo’limizni ongli ravishda qabul qilgani va qo’llab-quvvat-
layotgani oldimizga qo’ygan maqsadlarga erishishning asosiy manbai va garovi ekanini hayotning o’zi tasdiqlamoqda
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’l-masligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar eta-yotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masa-lasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligi-mizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zibo’larchilikka tash-lab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimiz-dan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’li-dan chetga chiqib qolishimiz mumkin.
El-yurtimiz o’zining ko’p asrlik tarixi davo-mida bunday mash’um xatarlarni necha bor ko’rgan, ularning jabrini tortgan. SHunday asoratlar tu-fayli tilimiz, dinimiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barcha-miz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o’tmish, bo-sib o’tgan mashaqqatli yo’limiz barchamizga saboq bo’lishi, bugungi voqelikni teran taxdil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo’lib yashashga da’vat etishi lozim. O’z tarixini bil-maydigan, kechagi kunini unutgan millatning ke-lajagi yo’q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko’p bora o’z isbotini topgan.
Ma’lumki, biz boshimizdan kechirgan sobiq
mustabid tuzum davrida milliy ma’naviyatni
rivojlantirishga mutlaqo yo’l qo’yilmagan. Aksincha, xalqimizning tabiati, yashash tarziga yot bo’lgan kommunistik mafkurani har qanday yo’llar va zo’ravonlik bilan joriy etishga hara-kat qilingan. SHuning uchun ham istiklolning dastlabki kunlaridanoq bu sohadagi ahvolni tubdan o’zgartirish yurtimizda eng dolzarb va hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi.
SHu o’rinda biz bu o’ta muhim masalaga qanday e’tibor berganimiz va uni bosqichma-bosqich hal qilib kelayotganimiz haqida to’xtalib o’tish joiz, deb o’ylayman. Jumladan, 1994 yili 22 sentyabr-da parlament minbaridan yaqin tariximizda boshimizdan kechirgan voqealar, ya’ni, milla-timizning qadr-qimmati, sha’ni va nomusi poy-mol qilingani, ko’hna tariximiz va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani haqida quyidagi dard-li-iztirobli fikrlar bildirilgan va ba’zi bir g’oyat qiyin, ammo tabiiy savollar o’rtaga tash-langan edi:
«— O’zingiz o’ylab ko’ringlar, aziz do’stlar, mustabid tuzum, mustamlakachilik davrida biz kim edik?
Taqdirimiz, erkimiz kimlarning qo’lida edi?
Ka’ba deb qaerga sig’inar edik? Har tong
«Assalom!..» degan madhiya ohanglari ostida kimlarga qulluq qilib uyg’onardik?
Tilimiz, dinimiz qay ahvolda edi? Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin
Naqshbandlarning muqaddas xoklariga e’tiborbormidi? Amir Temur, Bobur Mirzo va boshqa ulug’ bobokalonlarimizning buyuk nomlari qaysi tuproqlarda qorishib yotgan edi?
- Milliy g’ururimiz, insonlik sha’nimiz, urf-odatlarimiz qanday tushunchalarga almash-tirilgan edi?
Xo’sh, o’zimiz-chi? O’zimiz o’zligimizni bilarmidik? Qanday mo’’tabar zamin, ulug’ ajdod-
larimizning o’lmas meroslari bilan oziqlangan elning farzandlari ekanimizni anglarmidik?
Aytinglar, o’sha kezlari O’zbekistonni dunyoda birov bilarmidi? Birov biz bilan hisobla-
sharmidi?
Yurtimiz qanday va qancha beqiyos boyliklar xazinasi ekanidan qay birimiz xabardor edik?
Go’yo milliy iftixor bo’lmish paxta, haqiqatda milliy g’urur o’rniga bo’yinturuq bo’lib,
xalqimizni yalangoyoq qilishdan, boshimizga azob-uqubat, ta’na-malomatdan boshqa nima kel-
tirardi?»
Darhaqiqat, yaqin tarixda xalqimiz o’z boshi-dan kechirgan bunday azob-uqubatlarni, taqdi-rimiz jar yoqasida turgan mash’um kunlarni unu-tishga bizning aslo haqqimiz yo’q.
O’tgan davr mobaynida eski tuzumdan og’ir meros bo’lib qolgan ana shunday illatlarga, el-yur-
timizga nisbatan kamsitish va milliy manfaatlarimizni mensimaslik holatlariga barham be-
rish, ko’hna qadriyatlarimiz, dinu diyonatimizni tiklash, hayotimizda tarixiy adolatni qarortoptirish, yangi jamiyat qurish yo’lida xalqimiz-ning ma’naviy yuksalishini o’z oldimizga qo’ygan olijanob maqsadlarga yetishda hal qiluvchi mezon deb qarash va shu asosda ish olib borish biz uchun doimo ustuvor vazifa bo’lib kelganini va bugun ham e’tiborimiz markazida turganini ta’kidlash lozim.
SHuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, ezgu fazilat va intilishlar xalqimizning qon-qoni va suyak-suyagiga singib ketgan. Uning tabia-tiga xos bo’lgan yuksak ma’naviyat necha asrlarki bizni ne-ne balo-qazolardan, to’fon va bo’ron-lardan sog’-omon asrab kelmoqtsa. Har qanday bos-qin va istilolarga qaramasdan, har qanday og’ir va murakkab sharoitda ham ota-bobolarimiz o’zli-gini yo’qotmasdan, ma’naviy hayot mezonlari, odob-axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashagani bugun ham barchamizga ibrat bo’lib, kuch-quvvat bag’ishlab kelmoqda.
Ma’lumki, har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o’z-o’zidan, bo’sh joyda shakllanib qolmaydi. Ular-ning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo’li-shini hammamiz yaxshi bilamiz.
Masalan, SHarq olamida, jumladan, o’zimiz-ning O’rta Osiyo sharoitida jamoa bo’lib yashash tuyg’usi g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi va odam-larni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-biri-ni qo’llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin tugdiradi. SHu ma’noda, xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan bo’lsak, boshqalarga hech o’xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan, nafaqat o’zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo’ladigan bir qator o’ziga xos xususiyat-larni ko’ramiz.
Misol uchun, tilimizdagi mexr-oqibat, mexr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan boyitadigan va to’ldiradigan iboralarni olaylik. Qanchalik g’alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilishning o’zi mushkul bir mu-ammo.
SHuni aytish lozimki, bu tushunchalar kim-dir shunchaki o’ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan so’zlar emas. Bunday tushunchalar asr-lar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongu shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir.
Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan
mehr-oqibat tushunchasini oladigan bo’lsak,
uning juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko’rish mumkin. Bu avvalo in-
sonning inson bilan, qo’shnining qo’shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan,
eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg’un bo’lib yashashini, yetim-esir, beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga saxovat ko’rsatish, sidqidildan, beg’araz yordam berishni anglatadi va bunday xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor eta olmaydi.
SHarq xalqlari va yurtimiz ahliga mansub shunday belgi-alomatlar haqida gapirganda, ularning tarixiy-ijtimoiy zaminiga alohida e’tibor qaratish lozim, deb o’ylayman. Tarixdan ma’lumki, O’rta Osiyo hududida aholi azaldan vo-diylarda, katta suv manbalari — daryo va anhor-lar bo’yida yashab keladi. Atrofi cho’l va sahrolar bilan o’ralgan, tabiati, iqlimi g’oyat murakkab bo’lgan mintaqa sharoitining o’zi ana shu elat va millatlarning ming yillar davomida bir-bi-riga moslashib, yaqin yelkadosh bo’lib, bir-bi-rining og’irini yengil qilib yashashini taqozo etib keladi.
CHindan ham, bu zaminda istiqomat qiladigan odamlarning tarqoq bo’lib yashashga imkoni
yo’q, tabiatning o’zi, hayotning o’zi ularni shu ruhda tarbiyalagan. Turmush va tafakkur tarzi-
mizning ajralmas qismiga aylanib ketgan mana shunday azaliy tushunchalar mintaqamizda yashab o’tgan ulug’ allomalar, mutafakkir zotlarning qoldirgan bebaho merosida ham o’zining yorqin ifodasini topgan. Misol uchun, Alisher Navoiy
bobomiz bo’ladimi, Rudakiy, Abay, Maxtumquli yoki To’qtag’ul kabi ulug’ zotlar bo’ladimi, ularning barchasi o’z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig’idagi xalqlarni, balki butun bashariyat
farzandlarini doimo mehr-oqibatli, do’st-birodar bo’lib yashashga da’vat etgani bejiz emas, albatta.
Ota-bobolarimiz necha asrlar mobaynida shu bepoyon mintaqada qanday hamjihat bo’lib, qan-day qadriyatlar asosida yashab kelgan bo’lsa, bu-gun ham, ta’bir joiz bo’lsa, tarix va hayot gardi-shi, tabiatning o’zi bizni — butun O’rta Osiyo xalqlarini aynan ana shunday do’stlik va ham-korlik ruhida hayot kechirishga da’vat etmoqda.
Bir so’z bilan aytganda, tarixiy voqelikka mana shunday qarash, jamuljam bo’lib yashash tuyg’usi biz uchun hayot falsafasiga, yana ham aniqrog’i, hayot qoidasiga aylanib ketgan. Za-monaviy tilda aytadigan bo’lsak, bu milliy mentalitetimizning asosini tashkil etadigan, bizni boshqalardan ajratib turadigan shunday bir xususiyatki, uni sezmaslik, anglamaslik, ko’rmaslik umuman mumkin emas.
G’arb olamida esa odamlarning hayot tarzida jamoaviylikdan ko’ra individualizm, shaxsiy manfaat tamoyillari ustunlik qilishini kuza-tish mumkin. Bu ham muayyan, ob’ektiv ijtimo-iy-tarixiy omillar tufayli shakllangan voqe-lik bo’lib, uni ham inkor etib bo’lmaydi.
Albatta, O’rta Osiyo muhitida jamoa, mahalla bo’lib, bir-biriga mehr-oqibatli bo’lib yashay-
digan insonlar, davr qanchalik o’zgarmasin, tarix sinovidan o’tgan o’z qadriyatlariga sodiq bo’lib
yashashni ma’qul ko’rar ekan, buni zamonaviy fikrlaydigan, dunyoga teran nazar tashlaydigan odam to’g’ri tushunishi, tan olishi va uni hurmat bilan qabul qilishi lozim.
Ming afsuski, mana shunday tarixiy haqi-qatni anglamaydigan yoki anglashni istamaydigan chet eldagi ba’zi siyosatchi va arboblar nafaqat siyosat yoki iqtisodiyot, balki ma’naviyat bobida ham bizga aqp o’rgatishga, azaliy hayot tarzimiz, ruhiy dunyomizga yot bo’lgan qarashlarni majbu-ran joriy etishga urinmoqda.
Bunday kuchlarning g’arazli munosabati av-valo boy va qadimiy ma’naviyatimizga qarshi qaratilgani, ular xalqimizni ana shu bebaho boylikdan judo qilish uchun har xil usul va vositalar bilan zo’r berib urinayotgani bar-chamizni tashvishlantirmasdan qolmaydi, al-batta.
Nega deganda, insoniyatning ko’p ming yil-lik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyo-dagi zo’ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o’ziga tobe qilib, bo’isundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo’lsa, avvalam-bor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boy-ligi bo’lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tas-dig’ini uzoq va yaqin tarixdagi ko’p-ko’p misol-larda yaqqol ko’rish mumkin. CHunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o’sib kelayotgan farzandla-rining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o’z-o’zidan mamlakat xavf-sizligini, uning milliy manfaatlarini, sog’-lom avlod kelajagini ta’minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.
Kezi kelganda ilgari aytgan bir fikrimni takrorlamoqchiman: bu dunyoda tabiatda ham, ja-miyatda ham bo’shliq bo’lmaydi. Qaerdadir bo’shliq paydo bo’ldimi, hech shubhasiz, uni albatta kim-dir to’ldirishga harakat qiladi.
Hozirgi kunda kim ko’p — ana shunday ma’na-viy bo’shliqni to’ldirishga urinadigan, shuning hisobidan o’zining g’arazli maqsadlarini amal-ga oshirishni o’ylab yurganlar ko’p. Ming afsus-ki, bu kuchlarning asl qiyofasi, maqsad-mudda-olari va imkoniyatlarini to’la va aniq-ravshan tasavvur qilish oson emas. Nega deganda, ular ko’pincha turli niqoblar, jozibali shior va g’oyalar pardasi ostida ish ko’radi. Bunday kuch-larning ixtiyorida juda katta moddiy, moliya-viy resurslar va imkoniyatlar mavjud bo’lib, ularning puxta o’ylangan, uzoq va davomli yovuz maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta ma’na-
viy yo’qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush
tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf os-tida qolayotganini kuzatish mumkin.
Eng yomoni, bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni o’zi tug’ilib o’sgan yurti va xal-qidan tonishga, vatanparvarlik tuyg’ularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd bo’l-gan shaxsga aylantirishga qaratilganida namoyon bo’lmoqtsa.
SHuning uchun ham — bu SHarq yoki G’arb mam-lakatlari bo’ladimi, olis Afrika yoki Osiyo qit’asi bo’ladimi — jahonning qaysi burchagida bo’lmasin, ma’naviyatga qarshi qandaydir tahdid paydo bo’ladigan bo’lsa, o’zining bugungi kuni va ertangi istiqbolini o’ylab yashaydigan har bir ongli inson, har bir xalq tashvishga tushishi tabiiy, albatta. Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq haqida fikr yuritish masalani o’ta tor tushunish bo’lur edi. Ya’ni, bu o’rinda so’z faqat bizning ma’naviyatimizga qarshi qaratil-gan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujum-lardan asrash xususidagina borayotgani yo’q. Mu-him ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamla-katlari va xalklari hayotiga daxldor masala si-fatida o’rganish, taxdil qilish va baholash maq-sadga muvofiqtsir.
Ma’naviy tahtsid deganda, avvalo, tili, di-ni, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odam-ning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga
qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan maf-kuraviy, g’oyaviy va informatsion xurujlarni na-zarda tutish lozim, deb o’ylayman.
Agarki masalaga amaliy ko’z bilan qaraydi-gan bo’lsak, ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan har qanday xuruj — bu millatimizni millat qiladigan, asrlar, ming yillar davomida aj-dodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlarga, milliy g’urur, mil-liy iftixor tuyg’usiga, bizni doimiy ravishda tadrijiy taraqqiyotga chorlaydigan, shu yo’ldagi barcha asorat va illatlardan xalos bo’lib, ozod va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsadlari-mizga katta zarba beradigan mudhish xavf-xatar-larni anglatadi.
Lo’nda qilib aytadigan bo’lsak, bunday mafku-raviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimiz-ga bolta urishini, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko’zlashini, o’ylay-manki, yurtimizda yashaydigan sog’lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi.
Bunday tajovuzkorona harakatlar bizlar
uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni avvalo beg’ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir. Bunday holatlarga duch kelganda, umrida mamlakatimizga qadam qo’ymagan, O’zbekistonni
hatto xaritadan ham ko’rsatib berolmaydigan, lekin o’zini mutlaq haqiqatning yagona ifodachi ;i deb hisoblaydigan kimsalarning yengil-elpi fikrlarini eshitganda, ularga qarata be-ix' iyor, e, baraka topkur, oldin yurtimizga bir kelib ko’ring, tariximiz, ma’naviyatimiz, hayot ta; zimiz bilan tanishib, undan keyin gapiring, de(> aytgingiz keladi.
Haqiqat va xolislikdan yiroq bo’lgan, fa-qa" g’arazli siyosiy manfaatlarni ko’zlaydi-ga bunday qarashlar hech kimga naf keltirmay-di va hech kimning obro’siga obro’ qo’shmaydi, al-bag ta.
Agarki biz bunday xatarlarga qarshi o’z vaq-tq! ;a qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bor-masak, turli zararli oqimlar bizning yurtamizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlari-mizni o’z girdobiga tortib ketishini, oqibatda ulsrning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini o’ylamaydigan, faqat bir kun-li : hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qi shn emas. Mana shu achchiq haqiqatni yurti-mizdagi har bir inson, har qaysi ota-ona, eng mu^imi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab oli-shr ni istardim.
Takror aytishga to’g’ri keladi — ota-onalar, usoz-murabbiylar bu masalada hushyorlikni yo’qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo bepar-vo bo’lmasligimiz zarur.
Uylaymanki, tarixda ko’p-ko’p sinov va ma-
shakdatlarni ko’rgan, aziz farzandining baxti va kelajagini o’z hayotining ma’no-mazmuni deb biladigan xalqimiz bunday xatarlarning mash’um oqibatlarini yaxshi anglaydi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini anglashi, er-kin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlati-mizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin.
Nafaqat davlat rahbari, avvalambor, buyuk tarix, madaniyat va ma’naviyat egasi bo’lgan xal-qimizning bir farzandi sifatida, ana shu be-baho boylikni asrab-avaylash, uni har xil osh-kora va pinhona hujumlardan himoya qilish haqvda qayg’uradigan bir inson sifatida yuqori-da zikr etilgan o’ta muhim va o’ta nozik bu masala-lar meni ham ko’pdan buyon o’ylantirib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |