Reja:
1.Voltmetr nima?
2.Ampermetr nima?
3.Invertorlarning ishlash jarayoni.
Voltmetr — elektr zanjiridagi kuchlanishni oʻlchaydigan asbob. Kuchlanishni volt yoki millivoltlarda koʻrsatadi. Asbob shkalasi voltlarda, millivoltlar va mikrovoltlarda koʻrsatadigan darajalarga boʻlingan. Shuning uchun voltmetrning bir yoki koʻp diapazonli ampermetr, ommetr va baʼzi boshqa kattaliklarni oʻlchashga moslashtirilgan qurilmalar bilan birga yasalgan universal va raqamli xillari bor. Ular magnitoelektrik, elektromagnit, issiqlik, elektrostatik, elektrodinamik, lampali, yarimoʻtkazgichli va mikrosxemali boʻladi. Oʻzgaruvchan tok elektron voltmetrlari diodli toʻgʻrilagichlar, kuchaytirgich va oʻlchash mexanizmidan tashkil topgan. Oʻzgaruvchan tok voltmetrlarining asosiy qismlari: toʻgʻrilagich (T), oʻzgaruvchan tok kuchaytirgichi (K), oʻzgarmas tok kuchaytirgichi (OʻTK) va oʻlchash mexanizmi (OʻM)dan iborat. Oʻlchash mexanizmlari koʻpchilik hollarda raqamli qilib yasaladi.
Toʻgʻrilagichlarda yuqori chastotali diodlardan foydalanilganda elektron voltmetrlar 20—30 Gs dan 100—300 MGs gacha chegarada aniq ishlaydi. Oʻzgarmas tok elektron voltmetrining asosiy qismini modulyator (M), kuchaytirgich (K), toʻgʻrilagich (T) hamda oʻlchash mexanizmi tashkil etadi. Universal elektron voltmetrlar ham shunday tuzilgan. Yuqorida koʻrsatilgan sxemalarda asosan zamonaviy yarimoʻtkazgichli elementlar (diodlar, tranzistorlar va turli integral mikrosxemalar) ishlatiladi. Raqamli voltmetrlarning turli xillari, masalan, F 219, F229, V7-38 rusumlilari kundalik turmushda va i.ch.da ishlatiladi.
Ampermetr (amper va ...metr) — oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok kuchini oʻlchaydigan asbob; elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi. Shkalasi asbobning oʻlchash chegarasiga muvofiq mikroamperlarda, milliamperlarda, kiloamperlarda darajalarga boʻlinadi. Oʻlchash chegarasini oshirish uchun shuntlab yoki transformator orqali ulanadi. Tok ta’sirida asbob mili buriladi; milning burilish burchagi tok kuchiga mutanosib boʻladi. Ishlash tarziga qarab, ampermetrlar magnitoelektrik, elektro-magnit, elektrodinamik, ferrodinamik, induksion, issiqlik, termoelektrik, toʻgʻrilagichli tizimdagi ampermetrlarga boʻlinadi.
Invertor (lotincha: inverto — agʻdaraman, oʻzgartiraman) — 1) elektrotexnikada — oʻzgarmas elektr tokini bir yoki koʻp fazali oʻzgaruvchan tokka oʻzgartiruvchi boshqariladigan elektr ventilli qurilma. Bogʻlik, (mustaqilmas) va mustaqil xillari bor. Bogʻliq I.da tok chastotasi elektr tarmogʻining tok chastotasi bilan aniqlanadi; musta-qil I.da tok chastotasi I. bilan nagruzkaning elektr zanjirlarini boshqarish rejimlari va parametrlariga boglits buladi (rasm). I. yuqori voltli oʻzgarmas tok elektr uzatish liniyalarida, induksion pechlarda, elektr bilan tortish qurilmalari va b.da qoʻllaniladi; 2)radiotexnikada — radioqurilma kirishidagi elektr signalining amplitudasi, qutbliligi va fazasi chiqishidagi shu parametrlarga Karaganda teskari oʻzgaradigan elektr zanjiri yoki elektron qurilma; 3) qisoblash texnikasida — elementar mantiqiy operatsiya — "yoʻq"ni aniqlaydigan elektron qurilma. Potensial va impulsli xillari bor. Potensial I. qurilma kirishida kuchlanish sathi yuqori boʻlganda chiqishida past boʻlishini taʼminlaydi va aksincha. Impulsli I. impulsli signallarni oʻzgartirib beradi. Analog hisoblash mashinalarida I. kirish signali qutbliligini teskari qutblikka oʻzgartirib beradi.[1]
Chastotani o'zgartiruvchi bu elektr energiyasini boshqarish moslamasi bo'lib, u yarimo'tkazgichli qurilmalarning quvvat chastotasini quvvat manbai boshqa chastotaga aylantirish uchun o'chirilgan harakatlarini ishlatadi.
Mavzu:34.Iste`mol qilinayotgan quvvatni nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |