NIKOTIN ALKALOIDINING TAHLILI
1. Alkaloidlarni umumiy cho‘ktiruvchi rеaktivlar bilan rеaksiyasi. Alkaloidlarni
umumiy cho‘ktiruvchi rеaktivlar bilan cho‘kma hosil qiladi.
2. Dragеndorf rеaktivi bilan rеaksiyasi. Buyum oynachasiga 1-2 tomchi i
xloroformli eritmadan tomiziladi va xloroform uchirilgach, qoldiqqa bir tomchi 0,1
M xlorid kislotasi va Dragеndorf rеaktividan bir tomchi tomiziladi. Aralashma 15-20
daqiqa ho‘l kamеrada saqlangach, mikroskop ostida tеkshirilsa, o‘ziga hos, qizil-
qo‘ng‘ir rangli “X” yoki “K” harflari shaklidagi mikrokristallarni ko‘rish mumkin.
Mikrokristallar shaklini ish daftariga chizib oling. Rеaksiyani sud kimyoviy
ahamiyatini izohlang.
3. Rеynеkе tuzi bilan olib boriladigan rеaksiyasi. Buyum oynasida 1-2 tomchi
xloroformli eritma uchirilgach qoldiqqa, bir tomchi 0,1M xlorid kislotasi va bir
tomchi yangi tayyorlangan 1 % Rеynеkе tuzi eritmasidan tomiziladi va 15-20
daqiqa ho‘l kamеrada saqlangach, mikroskopda tеkshirilsa, och pushti rangli, prizma
shaklidagi mikrokristallar hosil bo‘ladi. Mikrokristallar shaklini ish daftariga chizib
oling. Rеaksiya mahsulotini sud kimyoviy ahamiyatini izohlang.
4. Formaldеgid va konsеntrlangan HNO bilan rеaksiyasi. Buyum oynachasida
1-2 tomchi ishqoriy ajralma olinib, organik erituvchi uchirilib, qoldiq ustiga 2 tomchi
4% formaldеgid eritmasi qo‘shib qizdiriladi, so‘ng 1 tomchi konsеntrlangan HNO3 qo‘shilsa, qizil pushti rangli mahsulot hosil bo‘ladi. Rеaksiyani sud kimyoviy ahamiyatini izohlang.
5. p - dimеtilaminobеnzaldеgid bilan rеaksiyasi. Buyum oynachasiga 1 tomchi
konsеntrlangan sulfat kislotasi tomizib, unga p-dimеtilaminobеnzaldеgidning kichik
bo‘lagi qo‘shiladi, yoniga tеkshiriluvchi eritma tomiziladi va chinni tayoqcha bilan
aralashtirilganda, tomchilar birlashgan еrda qo‘ng‘ir pushti rangli birikma hosil
bo‘lishi kuzatiladi. Rеaksiyani sud kimyoviy ahamiyatini izohlang.
6. Nikotinni UB-nurlarini yutish spеktrlari bo‘yicha aniqlash. Nikotinni 0,1 M
sulfat kislotasidagi eritmasi UB nurlarida nur yutish maksimumi 260 nm ni tashkil
etadi.
7.Farmakologik tеkshiruv. Nikotin eritmasi baqa tеrisiga tomizilsa, ma’lum vaqt
o‘tgach o‘ziga xos tirishish holati yuzaga kеladi. Rеaksiyani sud kimyoviy
ahamiyatini izohlang.
8. Yupqa qatlam xromatografiyasi usulda aniqlash. Qo‘zg‘aluvchi faza gеksan-
atsеton (4:1), tasdiqlovchi rеagant - kislotali sharoitdagi yodplatinat rеaktivi
purkalganda Rf=0,4 ga tеng, ko‘k rangli dog‘ hosil bo‘ladi.
9. UB spеktri bo‘yicha aniqlash. 0,1n H 2 SO4 dagi eritmasi ( max -260 nm to‘lqin 50
uzunligida maksimal nur yutish ko‘rsatgichiga ega.
Tarkibi:
faol modda: nikotin kislotasi – 10 mg yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
nikotin kislotasi
Preparatning savdo nomi:
Nikotin kislotasi
Farmakalogik guruhi:
Vitamin
Dori shakli:
1% li inyektsiya uchun eritma
Ta'rifi
tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitamin
ATX kodi
S10AD02
Farmakokinetikasi
Nikotin kislotasini parenteral yuborilganda tez so‘riladi.
Organizmning a’zo va to‘qimalari bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi.
Asosan metil guruhini qo‘shilish yo‘li bilan va kam darajada kon’yugatsiya yo‘li bilan faolsizlanadi.
Qisman jigarda biotransformatsiyaga uchrab, N-metilnikotinamid, metilpiridon karboksamid, glyukuronid va glitsin bilan kompleks hosil qiladi.
Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 45 minutga teng.
Asosan buyrak orqali o‘zgarmagan holda va metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Buyrak klirensi qon plazmasidagi nikotin kislotasining miqdoriga bog‘liq va plazmada uning kontsentratsiyasi yuqori bo‘lganida pasayishi mumkin.
Qo'llanilishi
Pellagrani (RR avitaminoz) ni davolash va oldini olish: Kompleks davolash tarkibida: qo‘l-oyoqlarning qon tomirlari kasalliklarida (obliteratsiyalovchi endarteriit, Reyno kasalligi), yuz nervini nevritida, ishemik insultda qo‘llaniladi.
Qo'llash usuli va do'zalari
Nikotin kislotasini kattalarga teri ostiga, mushak ichiga yoki asta-sekin vena ichiga yuboriladi.
Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun bir martalik doza 0,9% li natriy xloridi eritmasining 10 ml da suyultiriladi, kamida 5 minut davomida (2 mg nikotin kislotasi 1 minutdan kam bo‘lmagan vaqtda) yuboriladi.
Vena ichiga tomchilab yuborilganda preparatning bir martalik dozasi 0,9% li natriy xloridi eritmasining 100-200 ml da suyultiriladi, yuborish tezligi minutiga 30-40 tomchini tashkil etadi.
Preparatni teri ostiga va mushak ichiga yuborilishi og‘riqlidir.
Pellagrada vena ichiga va mushak ichiga 1% li 1 ml eritma kuniga 1-2 marta 10-15 kun davomida yuboriladi.
Ishemik insultda vena ichiga (asta-sekin) 1% li 1 ml eritma yuboriladi.
Boshqa kasalliklarda teri ostiga va mushak ichiga 10 mg (1 ml) dan kuniga 1 marta 10-15 kun davomida buyuriladi.
Infuzion eritmalarga qo‘shilganda: 10 mg (1 ml) nikotin kislotasi 100-200 ml infuzion eritmada yuboriladi.
Katta dozalarda vena ichiga yuborilganda: bir martalik doza – 100 mg (10 ml), sutkalik doza – 300 mg (30 ml) ni tashkil etadi.
Nojo'ya ta'sirlar
yuz va tananing yuqori qismini sanchish va achishish bilan kechuvchi giperemiyasi (yuqori sezuvchanligi bo‘lgan shaxslarda)eshakemi, qichishish hissi, toshmalarbosh aylanishi, boshga qon oqib kelish hissi, bosh og‘rig‘iortostatik gipotenziya (vena ichiga tez yuborilganda va yuqori sezuvchanlikda) Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llaganda terini qurishi, eksfoliativ dermatitanoreksiya, qusish, diareyajigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan jigar distrofiyasi, sariqlikaritmiyalarparesteziyalargiperurikemiyagiperpigmentatsiya, giperkeratozglyukozaga tolerantlikni kamayishigiperglikemiyaaspartataminotransferaza, laktatadegidrogenaza, ishqoriy fosfataza faolligini tranzitor oshishime’da-ichak yo‘llari shilliq qavatini ta’sirlanishi Vena ichiga tez yuborilganda kollapsteri ostiga va mushak ichiga inyektsiya qilingan joylarda og‘riq.
Qo'llash mumkin bo`lmagan holatlar
nikotin kislotasiga yuqori sezuvchanlikarterial gipertenziya va aterosklerozning og‘ir shakllari (vena ichiga inyektsiya uchun)me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi (xuruj davrida)jigar faoliyatini yaqqol buzilishlariyaqinda o‘tkazilgan miokard infarktidekompensatsiyalangan qandli diabetpodagra va giperurekemiyahomiladorlik va laktatsiya davri18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Peroral homilaga qarshi vositalar va izoniazid triptofanni nikotin kislotasiga aylanishini pasaytiradi, shunday qilib, nikotin kislotasiga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.
Nikotin kislotasi barbituratlar, tuberkulyozga qarshi vositalar, sulfanilamidlarning samaradorligi va zaharliligini pasaytiradi.
Sulfanilmochevina preparatlari bilan birga qo‘llanganda qonda glyukoza miqdorini oshiradi.
Shuningdek, nikotin kislotasi neomitsinning toksikligini pasaytiradi va u tomondan induktsiya qilingan xolesterin va yuqori zichlikdagi lipoproteidlarning kontsentratsiyasini kamaytiradi.
Antibiotiklar nikotin kislotasi tomonidan chaqirilgan terini qizarishini kuchaytirishi mumkin.
Atsetilsalitsil kislotasi nikotin kislotasining ta’siri ostida paydo bo‘ladigan terini qizarish samarasini kamaytiradi.
Tsiprofibratni nikotin kislotasi bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Lovastatin, pravastatin nojo‘ya reaktsiyalarini rivojlanishi xavfini oshishini nazarda tutib, nikotin kislotasi bilan majmuada qo‘llanishi tavsiya qilinmaydi.
Gipotenziv vositalar (gipotenziv ta’siri kuchayishi mumkin), antikoagulyantlar, atsetilsalitsil kislotasi bilan (gemorragiyalarni rivojlanish xavfini nazarda tutib) birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat fibrinolitik vositalar, spazmolitiklar va yurak glikozidlarining ta’sirini, alkogolning jigarga zaharli ta’sirini potentsiya qiladi.
Tiamin xloridining eritmasi bilan aralashtirish mumkin emas (tiaminni parchalanishi yuz beradi).
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Uzoq vaqt qo‘llash jigarning yog‘li distrofiyasiga olib kelishi mumkinligi tufayli, uning oldini olish uchun bemorlarning parheziga metioninga boy mahsulotlar kiritiladi yoki metionin, lipoat kislotasi buyuriladi.
Davolash jarayonida jigar faoliyatini nazorat qilish kerak.
Preparatga yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lganida (qon tomirlarni kengaytiruvchi vositalar sifatida qo‘llangan hollardan tashqari) nikotinamidga almashtirish mumkin.
Preparat giperatsid gastritda, me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida (xuruj davridan tashqari) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Preparatni qo‘llash qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda insulinga ehtiyojni oshishiga olib kelishi mumkin.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda dislipidemiyani muvofiqlashtirish uchun qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Glyukozaga tolerantlikni pasayishi tufayli, shuningdek davolashni uzoq muddatga cho‘zilishi mumkinligi sababli, qon zardobdagi glyukoza, siydik kislotasining darajasini monitoringini muntazam o‘tkazish kerak.
Glaukomada, qon ketishda, arterial gipotenziyada ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Transportni vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasi ta’sirining o‘ziga xosligi Dori preparatining nojo‘ya ta’sirlarini hisobga olib, avtotransportni va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlarni kuchayishi – arterial gipotenziya, bosh og‘rig‘i, xushdan ketishi mumkin, bosh aylanishi, boshga qon oqib kelishini his qilish.
Davolash: preparatni bekor qilish, dezintoksikatsion davolash, simptomatik davolash.
Spetsifik antidoti yo‘q.
Dorixonadan berilish tartibi
Retsept bo‘yicha
Chiqarilish shakli
1,0 ml dan preparat shisha neytral ampulalarda.
10 ampuladan polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramga joylanadi.
Yaroqlik muddati
undefined
Do'stlaringiz bilan baham: |