Mavzuga oid tayanch tushunchalar: oila, nikoh, fuqarolik jamiyati, axloqiy madaniyat, muomala odobi.
Insonning hayoti va turmushida, ayniqsa, yosh avlodning kamo topishida, axloqiy voyaga yetishida oilaning o’rni beqiyosdir. Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek: "Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf - odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, xis etadi". Yutrboshimiz yana uqtirganidek: "Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo’ylik, or - nomus, sharmu - xayo', mehru - oqibat kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan". Shunday ekan, oila va nikoh nima, ularning mohiyati, maqsadi va ahamiyatini bilish har bir fuqaro, har bir bo’lajak mutaxassis, yosh avloddan tortib keksa kishilargacha bilishi zarur va muhimdir.
Xo’sh, oila va nikoh nima? Oila so’zinivg lug’aviy ma’nosi haqida har xil nuqtai nazarlar bor. Masalan, Rimliklarda "oila" so’zi (familia) dastlabki mulk egasiga bo’ysunadigan shaxslar (bu shaxslar mulkining bir qismi hisoblangan; mulk egasining o’z bolalari, xotini, asir, sotib olingan yoki meros bo’lib o’tgan qullar ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. "Ota" so’zi ham dastlab hozirgi ma’nodaga otani emas, balki o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan so’zni anglatgan. "Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir manbaada quyidagicha izohlanadi: "Oila asli arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil” so’zidan chiqqanligi "Farxangi zaboni tojikiyda qayd etilgan. "O’zbek tilining izohli lug’ati" da ham bu so’zning arabchaligi ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola - chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon" ma’nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so’zdagi ma’no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarli ifodalanmagan.
Oila er - xotindan tashqari erning ota - onasi, ya’ni qaynota va qaynonalar, farzandlar, uka va singillardan iborat ko’p bo’g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi o’z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er - xotin muhabbati sinovdan o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir - birlarini chuqurroq tushuna boradi, bir - birlarini qadrlashni o’rniga qo’yadigan bo’ladi, bir - birlariga kechirimli bo’lishadi, er - otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu - xavas ko’radi. Shu manoda oila inson hayotiga to’kislik bahsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oila ana shu asoslarga tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti bo’ldi. Demak, oila-jamiyatning asosiy bo’g’ini, yacheykasi bo’lib, unda er - xotinlik, ota - onalik, farzandlarning va tug’ishganlarning o’zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maqsadlari, manfaatlari va huquqlari bilan bog’liq munosabatlar mujassamlashgandir. Kishilar uchun muqaddas dargox bo’lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi. Bu jarayonda eng avvalo ikkala jins o’rtasidagi kelishuv, ya’ni nikoh asosiy rol o’ynaydi. Chunki oila taqdiri rasmiy - nikohiy tus olishidan boshlanadi, shundagina er - xotin oldida, xotin er oldida, ular ota - ona sifatida farzandlaru qavm - qarindoshlar, mahalla - ko’y, qisqasi jamiyat oldida, o’z navbatida farzandlar ham o’z ota - onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli ekanliklarini his etib yashaydilar.
Xo’sh, nikoh nima? Nikoh ham arabcha so’z bo’lib, "O’zbek tilining izohli lug’ati"da: Er - xotinlikni shariat yo’li bilan rasmiylashtirish marosimi va shu marosimda domulla tomonidan o’qiladigan shartnoma ma’nosiga ega ekanligi qayd etilgan". Boshqa lug’atlarda ham nikoh "Er - xotinlikning yuridik (huquqiy) ravishda rasmiylashtirilgan oilaviy ittifoqi, "nikoh ahdi", "er-xotinlik, uylanish" ma’nolarida ishlatilgan.1 Nikoh to’g’risida ham turli ta’riflar bor. Shundan eng ma’quli quyidagi ta’rifdir: "Nikoh ikki jinsdagi shaxslarning oilaviy munosabatlarda ishtirok etish uchun o’zaro ahdlashuvidir".2 Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) bo’limida to`ziladi va rasmiylashtiriladi. Demak, nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, erkak bilan ayolning bir - biriga va bolalariga, ya’ni bir oilaga mansub kishilarning bir - birlari oldida va jamiyat oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini belgilaydigan oilaviy ittifoqidir. Demak, oila nikoh asosida vujudga keladi. Lekin oila va nikoh aynan bir tushunchalar emas. Oila - nikoh va qon-qardoshlik bilan bog’langan kishilarning tarixan shakllangan ittifoqidir, eng avvalo, er va xotin, ota - onalar bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlardir. Nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, bir oilaga mansub kishilarning, eng avvalo, er va xotinning va farzandlarning bir -birlari oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini ifodalaydi.
Oila - jamiyat taraqqiyotiga faol ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy hodisadir. Uning eng muhim sotsial vazifalari qatoriga inson zotini davom ettirish, oila a’zolarining turmush maishatini, bo’sh vaqtini qondirishni uyushtirish kabilar kiradi. "Oila haqida gapirar ekanmiz, — deb ta’kidlagan edi Prezidentimiz I. A. Karimov, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf - odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadagan tarbiya o’chog’i ekanini tan olishimiz darkor". Xullas, oila - jamiyatning eng kichik yacheykasi va asosiy bo’g’inidir. Unda kishilik urug’ini davom ettirish va uni tarbiyalash vazifalari amalga oshiriladi.
Ota-ona o’z bolasiga qaramasa, tashlab ketsa, jinoyat yo’liga o’tib burchlarini bajarmasa ular otalik, onalik huquqlaridan mahrum etilishi mumkin hamda ular keyinchalik farzandlaridan nafaqa olish huquqlaridan ham mahrum bo’ladilar. O’z navbatida, farzandlar ham ota - onalarining oldida o’z burchlarini bajarishlari shart bo’lib, bularga mehnat qobiliyatini yo’qotganda, kasal bo’lganda, boquvchisiz qolgan ota - onalarga g’amxo’rlik qilish va hokazolar kiradi.
Oilaviy munosabatlar axloqiy asoslarga ham ega. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: "Oila muqararligini ta’minlovchi birinchi omil — Ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehr - muruvvati, sadoqoti va vafodorligidir". Oilaning eng muhim axloqiy asoslariga sevgi - muhabbat, vafodorlik, mehr - oqibatlilik, izzat - hurmatli bo’lish kabilar kiradi. Oilaning asosiy bosh axloqiy asosini ikki jinsga mansub kishilarning erkak va ayolning sevgi va muhabbati, bir - birini anglagan holda birgalikda yashash va ko’payish istagining jamiyatni to’ldirish, ya’ni inson zotini ko’paytirish, o’z avlod ajdodini davomiyligini saqlash, eng muhimi, ularni iqtisodiy va ma’naviy - axloqiy jihatdan mukammallashtirish yo’lida birgalikda qiladigan hatti - harakatlarining jami tashkil etadi. Oilaviy axloq asosini ikki jins o’rtasidagi sevgi - muhabbat tashkil qiladi.
Ilmiy tadqiqotlarda sevgi - muhabbatning to’la ma’nodagi ta’riflari yo’q. Falsafiy qomusda: Sevgi - shaxsning boshqa shaxsga beg’araz va beqiyos intilishida namoyon bo’luvchi hissiyotdir, deb ta’riflanadi1. Etikaga oid qo’llanmalar va lug’atlarda berilgan ta’riflarga ko’ra, sevgi - muhabbat kishilarning o’zaro manfaatdorliga va mayliga asoslangan hissiyoti, ikki jinsdagi yoshning bir -biriga moyil bo’lishi, bir - birini bir qarashning o’zida tushuna bilishi, bir-biriga hamisha yon bosishlari, bir - birlarini butun umr bo’yi ardoqlashlaridir2
Ilmiy tadqiqotlarda sevgi - muhabbatning to’la ma’nodagi ta’riflari yo’q. Falsafiy qomusda: Sevgi - shaxsning boshqa shaxsga beg’araz va beqiyos intilishida namoyon bo’luvchi hissiyotdir, deb ta’riflanadi1. Etikaga oid qo’llanmalar va lug’atlarda berilgan ta’riflarga ko’ra, sevgi - muhabbat kishilarning o’zaro manfaatdorliga va mayliga asoslangan hissiyoti, ikki jinsdagi yoshning bir -biriga moyil bo’lishi, bir - birini bir qarashning o’zida tushuna bilishi, bir-biriga hamisha yon bosishlari, bir - birlarini butun umr bo’yi ardoqlashlaridir2.
Ilmiy tadqiqotlarda sevgi - muhabbatning to’la ma’nodagi ta’riflari yo’q. Falsafiy qomusda: Sevgi - shaxsning boshqa shaxsga beg’araz va beqiyos intilishida namoyon bo’luvchi hissiyotdir, deb ta’riflanadi1. Etikaga oid qo’llanmalar va lug’atlarda berilgan ta’riflarga ko’ra, sevgi - muhabbat kishilarning o’zaro manfaatdorliga va mayliga asoslangan hissiyoti, ikki jinsdagi yoshning bir -biriga moyil bo’lishi, bir - birini bir qarashning o’zida tushuna bilishi, bir-biriga hamisha yon bosishlari, bir - birlarini butun umr bo’yi ardoqlashlaridir2.
1
Fuqarolik jamiyati deganda - mamlakatning har bir fuqarosiga iqtisodiy va siyosiy turmushini o’z ixtiyori asosida qurishga to’la erkinlikni kafolatlovchi ma'lum ijtimoiy tizim nazarda tutiladi.
Fuqarolik jamiyatida davlat faoliyati yuzasidan fuqarolarning nazorati o’rnatiladi, davlatning ko’pgina funksiyalari fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlariga o’tadi.
Fuqarolik jamiyati insoniyat sivilizasiyasining mahsuli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |