Fosfatlash - qora va rangli metallar sirtida fosfat qoplamalar olish usulidir. Bu usul metallarning fosfat kislota va uning tuzlari eritmalari bilan ta’sirlashib, metallar sirtida suvda erimaydigan fosfat tuzlaridan iborat qoplamalar hosil qilishga asoslangan. Fosfat qoplamalar olish uchun ishlatialdigan moddalar anod ingibatorlari qatoriga kiradi. Fosfat qoplamalarning elektroizolyatsion xossalari yaxshi bo‘lganligi sababli ulardan elektromashinalar qismlarini tayyorlashda elektrotexnik va boshqa po‘latlar sirtida elektroizolyatsion qavat hosil qilishda foydalaniladi. Har qanday o‘lcham va shakldagi buyumlarni fosfatlash mumkin, bunda harorat darajasi turlicha bo‘lgan fosfatlovchi eritmalar ishlatiladi. Fosfatlash uchun ketgan vaqt va qisqa bo‘ladi. Metall buyumlarni bo‘yashdan oldin fosfatlash bo‘yoqlarning po‘lat bilan mustahkam birikishini hamda sirtning turli nuqsonlarida karrozion yemirilishlarning kam bo‘lishini ta’minlaydi. Reaksiya: 3Fe+2H3PO4=Fe3(PO4)2+3H2 Elektrod potensiali -0,41 V dan kichik bo‘lgan metallarning tuzlari eritmasidan elektr toki o‘tkazilganda, katodda Me ionlari emas, balki suv molekulalari qaytarilishi kerak.
Sulfidlash — 1) rangli metallurgiyaaat texnologik usul; rudalardan metallarni ajratib olishni osonlashtirish uchun ularni sulfid shakliga oʻtkazish. Sulfidlovchilar sifatida gips (CaSO42HO) va pirit (FeS2) ishlatiladi. Ular shixta massasining 5—7 foizini tashkil qiladi. S. nikel i. ch.da keng tarqalgan. Nikel rudasi (rudada 1% Ni, 0,025% So boʻladi) keraksiz jinslardan ajratilib, boy (22% Ni) shteynlar hosil qilinadi. S.dan qoʻrgʻoshinni misdan xomaki tozalashda, rudalarni boyitishda ham foydalaniladi; 2) poʻlat detallar sirtining yeyilishga chidamliligini oshirish uchun sirtni oltingugurt bilan toʻyintirish.
Lok-bo’yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar. Lok-bo’yoq qoplamalar matallarni korroziyalanishdan saqlabgina qolmasdan yog’ochni chirish va namiqishdan asraydi, ularning tashqi ko’rinishini ko’rkamlashtiradi. Avtomobillarni, qishlok xo’jalik mashinalari va turli texnologik uskunalarning 85 foizdan ortiq qismi lok va bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Bundan tashqari, bo’yalgan buyumlar elektr izolyatsiyalash va issiqdan saqlash xossalarga ega bo’ladi. Hosil qilingan qatlamlar ularga qo’yilgan talablarga javob berishi va uzoq muddat ishlashi uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim: -bo’yaladigan sirt bilan mustahkam bog’lanishi, ya’ni yuqori adgeziya xususiyatiga ega bo’lishi lozim; -etarli darajada Yuqori mustahkamlik, qattiqlik va zarur elastiklikka ega bo’lishi. Elastikligi yetishmagan hollarda mexanik yoki harorat ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish natijasida qoplamda yoriq va darzlar vujudga keladi; -imkoniyat darajasida nam, Suyuqlik va gaz bug’lari, quyosh nurini kam o’tkazishi va ular ta’sirida o’z xususiyatlarini yo’qotmasligi. Qoplamning suv va uning bug’i, havo va quyosh nuri ta’siriga chidamliligi atmosfera ta’siriga chidamliligi deyiladi; -qoplamga shikast yetkazilganda uni avtokorxona sharoitida oson tiklanishi; -ommaviy tarzda foydalanish mumkinligi va arzon bo’lishi. Hozirgi paytda mavjud bo’lgan lok-bo’yoq materiallari yuqorida sanab o’tilgan talablarning barchasiga to’la javob bermaydi. Shu va boshqa sabablarga ko’ra ko’pchilik hollarda qoplam ko’p qatlamli qilib tayyorlanadi. Qoplamni hosil qilgan har bir qatlam bir yoki bir nechta talabga javob berishi lozim.